Criminalist Min

Criminalist Min

_𝐌𝐢𝐚 𝐒𝐨𝐮𝐥​_

New #fanfic by #Mia

#Criminalist_Min


#Min_Yoongi #Han_Yeona

19-qism


𝐂𝐫𝐢𝐦𝐢𝐧𝐚𝐥𝐢𝐬𝐭 𝐌𝐢𝐧⛓


Yeona kechgacha politsiyada qolib, bo'layotgan voqealarni tahlil qildi. U Mango haqida ham unutmadi. Juda uzoq izlanishlardan soʻng Mango ni yashirin omborini topdi. Uni topish oson boʻlmadi, albatta ammo Yeona soatlab kompyuterdan bir-nimalarni qidirdi va bu qandaydir maʼnoda unga yordam berdi. U omborga hoziroq borishni rejalashtirib, tayyorlandi. Eng soʻnggi ish bu boshliq Kim dan ruhsat soʻrash edi

-yoʻq... aslo. Han SoHe bu juda hatarli. Qolaversa hamkasbingiz sogʻayishini kuting, yolgʻiz oʻzingiz borolmaysiz

-menga hechkim kerak emas. Agar bu gal ham uni qoʻldan chiqqazsak, uni keyingi berkangan joyini topish uchun kunlar ketadi

-gap bitta. Men ruhsat bermayman!

-...) Yeona jaxl qilgancha boshliqni xonasidan chiqdi.

Pov Yeona 🍃

Men janob Kim ni aytganiga kirib, qoʻl qovushtirib oʻtirolmasdim. Axir u bir kunda 50dan ortiq odamlarga zarar berdi... 1kunda... Yana 1 kunda qancha odamlarni yoʻqotamiz. Bu biz bilganimiz, bilmaganimiz qancha?

Men ishxonadan chiqib mashinaga oʻtirdim.

-menga baribir. Janob Kim ni deb... Yoʻq) men oʻzimga oʻzim gapirib, mashina ruliga boshimni qoʻygancha uzoq oʻylandim. Soʻngi qaror va ichimda "buni uddalaysan" degan kuchli ishonch ovozi chiqdi

Men mashinani orqa oʻrindigʻiga berkatgan (Min sovgʻa qilgan) pichoqni oldim. Yuzimga qora niqob taqdim va sochlarimni yegʻib oldim. -MIN ni taktikasini hozir sinab koʻramiz. Qanchalik yaxshi ekan) men bor tezlikda mashina haydagancha topgan omborimga bordim. Mashinani omborni orqa tomonidagi daraxtlar ortiga qoʻydim va soatimga qaradim. Tungi 2²⁸. Men quyosh chiqquncha bu yerdagi muommolarni hal qilishim kerak

Hech qancha vaqt oʻtmay mashinadan tushdim. Atrofga qaradim... Atrofda tinchlik hukm surar, baʼzi baʼzida chigirtkalar chirillashi eshitilardi. Men oomborga yaqinlashdim va chirigan yogʻoch eshigini kichik tirqishdan ichkariga qaradim

-hammasi joyida...Men barchasini aʼlo darajada uddalayabman janob) men orqa eshikdan qarayotganim uchun bu yerda qoʻriqchilar koʻrinmasdi. Ombor eshigidan 5 metrcha uzoqlikda Mango ning qiqirlab kulayotgan ovozi eshitildi. U kim bilandir gaplashardi. Ammo men u kimligini koʻrolmadim, hatto ovozini ham aniq eshitolmadim..

Ular suhbat qurishardi. Bu ichkariga kirish uchun qulay vaqt tugʻdirgandi

Men qoʻlimga toshlar oldim va tomga chiqa olishim haqida oʻyladim. Omborxona devori boʻyiga unchalik uzun emasdi, qolaversa tom qismi ham tekkis edi. Men u yerga soniyalar ichida koʻtarila olardim

-hozir yoki hech qachon) men oʻzimga oʻzim shivirlab, qoʻlimdagi toshlardan birini ichkariga otdim va ular buni sezishgan yoki yoʻqligini kutdim. Toshni otishim bilan Mango kulishdan toʻxtadi. Demak ular eshitdi. Meni keyingi qilgan ishim tomga chiqish va yuqoridan omborning old eshigiga qarash boʻldi. U yerda temir eshik qoʻyilgandi va qoʻriqchilardan 2tasi ovozni eshitib, omborni orqa tomoniga ketgandi. Men fursatni boy bermay, yuzimdagi niqobni yuqoriroqqa koʻrarib, pastga sakradim

-oh salom yigitlar) men eshik oldida qolgan 2ta dev kabi tanaga ega baquvvat yigitlarga qarab gapirdim. Ular men tomonga yugurishdi va menga birin ketin tashlana boshlashdi

-sizlardi shunaqa salomlashishadimi? Oh men bilmagandim) men ularni zarbalaridan qocharkanman ularni biroz jahlini chiqarishga urindim. Axir jaxl chiqqanda inson oʻzini unutadi

-meni tutolmayabsizmi? Oh bu qanaqasi 1 odamga 2ta odamni kuchi yetmasa...)birdan orqa eshikdan qolgan 2ta barzangi ham yetib keldi -uzur adashibman 4ta) ularni battar gʻazablantirganimni sezdim va qochishdan toʻxtab zarba berishga oʻtdim

-keling haqiqiy urush qilamiz) men shunday deb yigitlarni oldiga yaqinlashdim va etilib oyogʻimga qistirib olgan pichoqni chiqardim. Birini oyogʻini, ikkinchisini yuziga, uchinchisini boʻyniga vaoxirgisini koʻksiga pichoq bilan biroz tirnadim.

-oh uzur men tirnaldi deb oʻylabman, aslida sovgʻa qilingan pichoq ancha oʻtkir ekan) ular battar qutura boshlashdi. Shunda men orqa eshikdan yugurib ketayotganda Mango ni va oldida 2 odamni koʻrdim

-uh judayam zeriktirib yubordingiz) men shunday deb yigitlarning biridan kamariga qistirilgan qurolni olib ularga tezlik bilan oʻq uza boshladim

-bilasizmi siz juda ham oʻzingizga ishonib yubordingiz. Qurol borligida undan foydalanish kerak. Axir uni suviner uchun olib yurmayabsiz-ku) men oʻq uzarkan shularni gapirdim. Oʻqlar tugagach, yigitlar toʻrt tomonda yerga yeqilgancha yotishganini koʻrdim.

Han Yeona
Han Yeona

Men kech qolishim mumkinligini tushunib ombor eshigi tomonga yugurdim. Qizigʻi ular hali ham bu yerni tark etmagandilar

-bu mashinami yo zanglagan temir aravami?) Mashinadan Mango ning asabiy baqirayotgani eshitildi. Men ular tomon qurol oʻqtaldim va mashinani balonlariga oʻq uzdim. Soʻng mashinaga yaqin kelib, mashinani haydovchi oʻrindigʻidagi oynaga tirsagim bilan zarba berdim. Oyna chil chil sindi va men singan oynalar tomondan ularga egildim va qurol oʻqtaldim. Ammo qurolda 1 dona ham oʻq qolmagandi

-janoblar balki mashanadan tusharsiz? Sizni bir mehmon qilaman degandim) mashina oʻrindigʻida bir niqobli odam oʻtirardi. Men unga eʼtibor bermay orqa oʻrindiqda oʻtirgan bir kishi va Mango ga qaradm

Birdan mashinani orqa eshigi ochilib Mango yugurib qocha boshladi

-jin ursin*) men ham ortidan yugurib ketdim. U aniq mango edi. Men boʻyniga chizilgan tatoolardan tanidim. Ammo birdan orqadan mashina yurayotgan ovozi eshitildi -jin ursin* bittasi deyarli qochib ketdi. Aysh) men yanada tezroq yugurdim va Mango ham yetishimga 1 qadam qolganida yerga kuchli bosim bilan uni ustiga sakradim va boʻyniga pichoq tirashga muvaffaq boʻldim

-qimirlasang oʻlasan Mango...) u gapimdan soʻng qattiq kula boshladi

Men uni boshqarmaga olib bordim. Men xursand edim chunki uzoq kutgan maqsadimga erishgandim. Birinchi koʻrishuvdan menga dushman boʻlgan Yujin bugun meni qoʻlimda. Xohlasam u kabi shavqatsizlarcha otib oʻldirsam boʻladi. Ammo men u kabi emasman. U juda uzoq muddatli kaloniyaga mahkum.

Ammo u hibsga olinganidan hursandek hadeb kulaverardi. Menimcha u oʻta ketgan jinni yoki u nimanidir rejalashtirgan

***

-janob men uni tutdim. Mango nihoyat bizni qoʻlimizda) Yeona hursand boʻlgancha boshliq xonasiga kirdi. Ammo boshliq Kim gʻazablangan ahvoldagi yuz qiyofasida edi

-janob...

-HAN SOHE MEN SIZGA NIMA DEDIM?

-ammo Janob Kim

-RUHSATSIZ ISH QILISHGA SIZNI QANDAY HAQINGIZ BOR! SIZ MENGA QARSHI CHIQDINGIZ SIZ QONUNGA QARSHI CHIQDINGIZ...

-janob men shunchaki....

-SIZ KOREYAGA QARSHI CHIQDINGIZ. Qonunlarimizga rioya qilmadingiz

-ammo men uni tutdim. Ashaddiy jinoyatchi qoʻlimizda axir

-hoziroq xonamdan chiqing...sizni koʻrishni ham xohlamayman

-janob iltimos meni eshiting...

-yoʻq ortiq sizni eshitmayman. Ortiq siz bu ishlarga burun suqmaysiz. Siz endi oddiy politsiyachisiz. Sizga iqtisodiy qonun-qoida muhofaza boshqarmasiga oʻtqazamiz. U yerda boʻlib qilgan ishlaringizni oʻylab, afsuslanganingizdan soʻng qaytishingiz mumkin

-yo xudoyim. JANOB KIM MEN MANGONI QOʻLGA OLDIM. SIZNI RAHMATINGIZ SHUMI? NAHOT KOREA UCHUN XAVF XATAR JINOYATDAN MUHIM BOʻLSA. MEN OʻZIMGA JAVOB BERAMAN. SIZ HAM OʻZINGIZGA JAVOB BERING JANOB KIM. MEN SIZGA MEN TOʻGʻRILIGIMNI ISBOTLAYMAN. KERAK BOʻLSA HOZIRNI OʻZIDA. Axir bekorga oʻqimadim Amerikada) Yeona shunday deb jaxl qilgancha Namjoonni xonasidan chiqib ketdi

Namjoon sovuq terga botdi va oq koʻylagining chap qoʻl qismida qon dogʻi paydo boʻla boshladi. Namjoon yengini koʻtarib, kesilgan joydan oqayotgan qonni toʻxtatish uchun oq mato bosdi. Soʻng bint bilan yarani bogʻladi

Kim Namjoon


Written by miathvsoul

For Universe fanfics babies 💗

Report Page