Criminalist Min

Criminalist Min

_𝐌𝐢𝐚 𝐒𝐨𝐮𝐥​_

New #fanfic by #Mia

#Criminalist_Min


#Min_Yoongi #Han_Yeona

6-qism


𝐂𝐫𝐢𝐦𝐢𝐧𝐚𝐥𝐢𝐬𝐭 𝐌𝐢𝐧⛓


Yeona xonasidan chiqib katta zalga kirdi. U yer juda shovqin edi. U doimgidek oʻz joyiga bordi va boks qopiga zarba bera boshladi

-qizaloq meni hayron qoldirding)birdan Yeonani oldiga boyagi yigit keldi -yutganingni bizga bayram qilib bermaysanmi?

-...) Yeona indamadi. Yaralari sababli his qilayotgan ogʻriqlar uni yetarlicha gʻazablantirardi. Yana bu yigitni gaplariga gʻazablanib uni nimadir qilib qoʻyishidan qoʻrqib indamadi

-xexe) yigit telbalardek kuldi va Yeonani yoniga kelib quloqlariga shivirladi -hali buning uchun javob berasan, qizaloq. Men bilan oʻynashdingmi bilginki men oxirgacha oʻyindaman) yigit oxirgi gapini gapirgach bir koʻzini qisib Yeonani oldidan oʻtib ketdi

Yeona biroz jim turdi va shugʻullanishni xohlamay xonasiga qaytdi. Soʻng biroz oʻziga kelish uchun yuvinish xonasiga kirdi. Oynadan oʻzini koʻrarkan oʻziga oʻzi achinardi. U koʻz yoshlarini tiyolmadi. Yeona koʻksida qandaydir tugunni his qilar, bundan boʻgʻilib borayotganga oʻxshardi. Oradan 1 soat oʻtdi. Yeona yuvinish xonasidan chiqdi va stol ustida shisha idishda turgan suvni ichdi.

Yeona yotoqqa oʻtirdi va oilasi tushgan rasmga qaradi. Birdan boshi aylana boshladi. Xona eshigi ochilib ichkariga boyagi yigit kirib keldi

-salom qizaloq

-ket) Yeona oʻziga kelolmay zoʻrgʻa gapirdi

-ketolmayman, azizam) yigit Yeonani oldiga oʻtirdi yunga yaqinlasha boshladi

-ket deyabman senga) Yeona yotoqdan turib yigitdan uzoqlashdi va devor tomonga yura boshladi. Yigit ham oʻrnidan turib Yeonaga yainlasha boshladi. Yeona oyoqda zoʻrgʻa turar, hatto harakatlanolmasdi

-nima qoʻshding?) Yeona shisha idishdagi suvga qaradi

-senga yoqdimi...tunimiz qaynoq boʻlishini xohladim) u Yeonani qoʻlidan ushladi

-jin ursin* yoʻqol) Yeona uni itardi. Ammo Yeonaning yengil itarishdan u santimetr uzoqlashdi xolos. Yigir yana tajavuzkor harakatlana boshladi. Yeona "Yordam bering" deb baqirar, bor kuchi bilan undan qutilishga harakat qilardi. Yeona bor kuchi bilan stol ustidagi stakanni olishga harakat qildi ammo qoʻli yetganda stakan yerga tushib chil-chil sindi

-jim tursangchi) Yigit uni yuziga tarsaki tushirdi. Yeona yerga yiqildi. Yeona yerda yotgan stakan siniqlaridan birini oldi va yigitning boʻyniga tiradi

-hoziroq ket) Yeona oyoqda zoʻrgʻa turardi. Yigit boʻsh kelmay, Yeonani qoʻlini qayirib shishani Yeonani beliga sanchdi. Yeona ogʻriqdan ikki bukilib, yerga yeqildi

-yetarlicha saboq berdim menimcha. Bundan buyon menga qarshi chiqishga urunma) yigit Yeonani turgazdi. Yeona bor kuchi bilan belidagi shishani sugʻurib oldi. Shishani qattiq ushlagancha uni yigitni yuzida kezdirdi. Yigitni yuzi yertilib qonay boshladi. Qoʻqqisdan boʻlgan hodisadan yigit dovdirab qoldi. Yuzini ushlagancha xonadan yugurib chiqib ketdi

Yeona qoʻlini yaralangan beliga bosdi. Yara chuqurligi sabab qona toʻxtamay oqardi. Yeona chidolmay hushini yoʻqotdi

Han Yeona

Pov Min 🍃

Yeonaga tatu chizgach Jiminga qoʻngʻiroq qildim. U mening doʻstim desam ham boʻladi. Undan boshqa yaqin insonim yoʻq. U meni qutqarib qolgan...

Flashback 🕊️

5 yil avval Chan oilasi qarorgohi

Men otamning oʻlimiga sabab uning dushmanlaridan biri ekanligini bilardim. Shu sababli dushmanlarining barchasini oʻldirishga qaror qildim. Men juda yosh edim. Intiqom olovida oʻzimni tutolmay eng kuchli dushmani Chon ning uyiga na bir odam va na bir qurol bilan bordim. Yuzimga niqob taqdim xolos.

Tun vaqti boʻlgani uchun qoʻriqchilar uxlab qolgandi. Men bundan foydalanib, ichkariga bemalol kirib oldim. Meni hayolimda faqat Chon edi: "Uni oʻldiraman va bu yerdan ketaman"

Men yuqori qavatga chiqib Chon ning xonasini topdim. Eshikni biroz ochdim va eshik tiriqishidan bu Chon ning xonasiligiga aniqlik kiritidim. Xona katta va keng boʻlib, qora mebellar bilan jihozlangandi. Chon yuvinish xonasida boʻlsa kerak yotoqda koʻrinmasdi. Men eshikni kattaroq ochib, ichkariga kirdim. Tahmin qilganimdek yuvinish xonasidan suvning ovozi eshitilardi

Men uning ish stoli oldiga keldim. Noutbukdan kerakli maʼlumotlarni tezkorlik bilan fleshkaga koʻchirdim. Men stoldagi tortmalarni ochib kordim. Birinchi tortmada qora rangdagi qurol bor edi. Men uni oldim va ikkinchi tortmadan otam haqida maʼlumot toʻplangan fayl topdim. Bundan tashqari juda koʻp men tanigan mafialar va boshqa kimlardir haqidagi maʼlumotlar bor edi. Birdan yuvinish xonasining eshigi ochildi. Men tezda stol ortiga yashirindim. Chon kiyingan holda sochlarini sochiq bilan quritayotgandi. Meni bu yerda qiladigan yagona ishim faqat uni oʻldirish edi. Men koʻzlarimni yumib, koʻzlarim oldiga otamning qiyofasini keltirdim. Soʻng bor kuchimni toʻplab yashiringan joyimdan chiqdim va Chonni ortidan uni boshiga qurolni tiradim

-baqirib chaqirsang shu onda oʻlasan

-kimsan?

-sen kutgan odam emasligim aniq

-kimga ishlaysan? Nima kerak senga?

-sen

-kim yubordi?

-koʻp gapiryabsan...) Men qurolni oʻqladim. Tabiiyki u qattiq jazavaga tushib qoldi

-toʻxta toʻxta toʻxta... mendan nima istaysan? Qancha bersang toʻlayman

-men soliqdan emasman Chon. Menga pullaring kerak emas. Endi hammasini tugataylik. Nargi dunyoda koʻrishguncha Chon

-kimsan?) Uni oxirgi soʻzlari shu boʻldi. Men uni boshiga oʻq uzdim. U yotoqqa quladi. Men qurolni olib oyna tomonga bordim. Ammo pastdan oʻq ovozini eshitib qoʻriqchilar toʻplangandi. Men oynadan tusholmasdim. Shu sababli men xonadan chiqdim. Boshqa xonadan Chon ning oila aʼzolari chiqa boshladi. Men ularga qurol oʻqtaldim. Ular jimib qolishdi. Ogʻzilarini yopgancha yegʻlashardi. Men pastga tushdim va oshxonaga kirdim. U yerdan Jiminni topdim. Uning yuzlari va tanasi yarlarga toʻla edi. U men bilan ketishini aytdi va ikkimiz ham uyning orqa eshigidan qochdik. Ammo uydan chiqishimiz bilan ortimizdan Chon ning odamlari quvlay boshladi. Biz uzoq vaqt yugurdik. Yashirinish uchun hech qanday joy topolmadik. Chon ning odamlari esa bizni quvishdan toʻxtamadi. Birdan Chon ning odamlaridan biri bizga oʻq uzdi. Jimin huddi qalqondek menga tegmaslik uchun yelkamga yelkasini qoʻydi. Oʻq unga tegdi. Men qattiq qoʻrqib ketdim. Uni yelkamda koʻtargancha ichkariroqqa yurdim. U yerda katta karobka va boshqa chiqindilar bor edi. Biz u yerga yashirindik. Chon ning odamlari bizni payqamay ketib qolishdi. Ular uzoqlashgach men Jiminga qaradim. Uning peshonasidan suv oqar, tartibsiz nafas olardi.

-ahvoling yaxshimi?) Men uning yelkasiga qoʻlimni qoʻydim. Uning yelkasidan qon oqardi. Men fudbolkamni bir chekkasini yertib, uning yarasiga bosdim -yura olasanmi?) Uni zudlik bilan shifoxonaga olib borishim kerak edi. Uni koʻtarib olib borolmasdim. U "xa" degandek boshini chayqadi. Men uning bir qoʻlini yelkamdan oʻtqazib, mashinalar oʻtuvchi katta trassa yoʻligacha olib bordim

Flashback end 🦢

Shunday qilib u bilan tanishdim. U yolgʻizligini ota-onasi yongʻindan vafot etganini aytdi va men unga men bilan yashashini taklif qildim. U rozi boʻldi va Min guruh aʼzosi shu bilan birga mening eng yaqin doʻstim boʻldi. U menga hech qachon pand bermagan. Amerikaga ham maxsus ish boʻyicha joʻnatgandim.

Min Yoongi

Min ayraportga keldi. Jimin chamadonini sudragancha ichkaridan chiqdi

-oh hello Mr. Park) Min Jimin bilan koʻrisharkan kesatiqli gapirdi. Jimin bundan kulib yubordi

-salom Yoongi

-hoʻsh Amerika qizlari qanday ekan?) Min Jimin hamma narsadan koʻra koʻproq qizlarni yoqtirishini bilardi.

-oddiy

-qoʻysangchi, qanaqasiga oddiy boʻlishi mumkin

-qoʻygin bu haqda gaplashmaylik. Men juda charchadim

-nima boʻldi? U yerda kimnidir sevib qoldingmi?

-hey... Yoʻq albatta. Qanaqa sevgi

-boʻldi boʻldi qizishma. Men shunchaki hazillashdim

-jin ursin*) Jimin asabiy boshini ushladi

-kim u? Yoki bu ish bilan bogʻliqmi?

-Jacksonni singlisi

-nima?) Min mashinani birdaniga toʻxtatganidan "qiyq" etgan chiyillagan ovoz eshitildi -Jacksonni singlisi bor ekanmi?

-xa

-hoʻsh nima boʻldi. Ishni bajardingmi? Jacksonni oʻldirdingmi?

-...yoʻq

-Jimin axir...) Min gapirmay jimib qoldi -Mayli muhimi senga hech nima qilmabdi

-bundan koʻra oʻlganim yaxshi edi

-nima boʻyabti Jimin bafurja tushuntir

-meni uning singlisi bilan toʻyim boʻlyapti

-nima?

-men Jacksonga yaqinroq boʻlish uchun uning singlisi bilan gaplashayotgandim. Ammo birdan uni akasi bundan habar topdi va bizga rozilik berdi

-qanday qilib.. shunchaki rozilik berdimi?

-xa shunchaki rozilik berdi

-aysh shibal*

-...iltimos uyga boraylik

-men avval ishxonaga borishim kerak. Yigitlardan habar olmasam boʻlmaydi

-mayli qayerga boʻlsa ham hayda

Jimin va Min mashinani katta bino oldida toʻxtatishdi va ichkariga kirishdi. Hamma joy tinch edi

-menimcha barcha uxlagan. Ketsak boʻladi) Min shunday deb ortga burildi. Ammo Jimin toʻxtab bir nuqtaga qarab turardi

-nima boʻldi?) Min ham oʻsha tomonga qaradi. Yeonaning xonasini eshigi ochiq va xona chirogʻi yoniq edi -u hali ham uxlamaganmi?) Min shunday deb xona oldiga bordi. Eshikdan kirarkan yerda Yeona qonga belanib yotganini koʻrdi -JIMIN) Min Jiminni chaqirdi. Jimin Yeonani oldiga bordi va barmogʻini uning yurak pulsini tekshirish uchun boʻyniga qoʻydi

-u tirik) Jimin Min ga qaradi. Min gʻazablanayotgani uning qizargan yuzidan maʼlum edi

-uni shifoxonaga olib bor

-senchi?

-aytganimni qil) Min xonadan chiqdi. Jimin esa Yeonani koʻtargancha pastga tushdi. Uni mashinaga yotqizib shifoxonaga ketdi

Min qurolini oʻqlab, boks qopining zanjiriga otdi. Zanchir uzulib, yerga boks qopi qattiq tushdi. Oʻq ovozi va shovqindan barcha xonalardan chiqdi. Yigirlar Min ni koʻrib sergak tortdi

-kim Yeonani yaraladi?) Min ning savolidan barcha bir-biriga qarab gaplasha boshlashdi -jim boʻling! Kim qildi deyabman? Agar oʻzim topsam tirik qolmaydi

-...janob men Yujinni Yeonani xonasidan chiqayotganini koʻrgandim) yigitlardan biri

Min Yujinni oldiga kelib, qahrli koʻzlari bilan unga qaradi va qurolni oʻqlab iyagiga tiradi

-janob janob meni kechiring... Men aybdorman. Faqat oʻldirmang. Iltimos janob) Yigit Min ga yolvora boshladi. Min qurolni tushirdi

-yoʻqol

-ni..nima?

-yoʻqol. Sen guruhdan chetlatilding) Min ning gapidan soʻng barcha qoʻrqib ketdi

-ammo janob iltimos... Bunday qilmang. Yolvoraman

-hali ham gapiryabsanmi? Tirik qolishni istasang bu yerdan ket) Min shunday deb uni itarib yubordi.

Yigit noiloj oʻrnidan turib, binodan chiqib ketdi

Park Jimin


Report Page