Criminalist Min

Criminalist Min

_𝐌𝐢𝐚 𝐒𝐨𝐮𝐥​_

New #fanfic by #Mia

#Criminalist_Min


#Min_Yoongi #Han_Yeona

5-qism


𝐂𝐫𝐢𝐦𝐢𝐧𝐚𝐥𝐢𝐬𝐭 𝐌𝐢𝐧⛓


-hey qizaloq sen judayam se*y koʻrinyabsan!) Men u tomga qaradim. Uni oldida yana 1-2 yigitlar bor edi -nima jaxling chiqdimi? Xafa boʻlsang oʻzim seni hursand qilaman) u menga yaqinlasha boshladi va sochlarimga qoʻlini olib bordi. Meni gʻazabim maksimum darajaga yetgandi. Men uni qoʻlini qayirib, beliga oyogʻim bilan tepdim. U bir zumda yerda gʻujanak boʻlib yotib qoldi

Pov Av.

Yeona yigitga qattiq zarba bergach, yigitning sheriklari ham yaqinlashib Yeonaga hujum qila boshlashdi.

3-4 kishi Yeonaga qattiq zarba berardi. Yeonani yuzlari tilingan, lablarining orasidan bir zumda qon oqayotgandi. Yeona yerga choʻkdi. Yigitlar uni ikki yelkasidan kuch bilan ushlab turishdi va Yeonaga bemaʼni gaplar gapirgan yigit oʻrnidan turdi. U Yeonani oldiga kelib, sochlaridan tortib oʻziga qaratdi

-qanday jurʼat etding?) U Yeonaga tarsaki tushirish uchun qoʻlini koʻtardi, ammo birdan u yerga Min yetib keldi. Yigitlar darrov Yeonani qoʻyib yuborishdi

-bu yerda nima boʻlyapti?) Min yigitlarga oʻtkir nigoh bilan qaradi

-janob Min biz haligi...) Yeonaga tarsaki tushirmoqchi boʻlgan yigit oʻzini oqlashga urinmoqchi boʻldi. Ammo Min uni gapirtirishga qoʻymadi

-jim boʻl! Hoziroq meni xonamga

Yigit indamay xonadan chiqib ketdi

-qolganlar ham tarqaling. Sizlarga tekin tomosha boʻlgan bu holatni badali borligini ham unutmang

Barcha tarqalgach, Min Yeonani koʻtarib bir xonaga olib kirdi va uni ustiga chelakda suv sepdi

Tanasiga tekkan muzdek suv Yeonani yaralarini chidab boʻlmas darajada achitdi.

-birinchi kundan oʻlishni xohlayabsanmi?) Yeona oʻrnidan turib ketgach, Min unga oʻdagʻayladi

-men bu yerdan ketaman

-sen tanlab boʻlding. Ortga yoʻl yoʻq. Bundan koʻra bellashuv haqida oʻyla. Tayyorlan. Yutqazsang tirik qolmaysan) Min shunday deb xonadan chiqib ketdi

Yeona oʻrnidan turdi. Xona juda kochkina. 1 kishilik yotoq hamda kichkina javon, burchakda kichikroq eshik bor edi. U yerdan yuvinish xonasiga kirilardi. Yuvinish xonasi judayam kichkina edi. Yeona yuvinish xonasidagi oyna tepasidagi kichik javonni ochdi. U yerdan dori qutisini oldi va yaralariga malham qoʻyib bogʻladi. Soʻng uyidan olib kelgan narsalarini olib, joylay boshladi. Oilasi bilan tushgan rasmni olib, yotoq oldidagi stolga qoʻydi.

-sizlarni sogʻinyabman... Dada sizningcha bu toʻgʻrimi? Shu yerdaligim toʻgʻrimi?) Yeona birdan yegʻlab yubordi -qiynalyabman...juda qattiq qiynalyabman. Sizlarsiz yolgʻizman... Sogʻindim) Yeona rasmni olib, quchoqlagancha yotoqqa yotdi. Yosh toʻla koʻzlari bilan uyquga ketdi

Erta tongdan Yeona uygʻonib ishlarni boshladi. Kechgacha ishlarini yakunlab, yuvunib qayta katta xonaga bordi. Barcha tarqalgan xonada hech kim yoʻq edi. Yeona bir qarab turdi-da keyin shugʻullanishni boshladi.

-nihoyat shugʻullanishga qaror qilibsanda?) Xonaga Min kirib keldi. Yeona uni koʻrib toʻxtadi

-bellashuvga 3 kun qoldi. Ulgurmaysanmi deb qoʻrqaman) Min kostyumini yechib Yeonani oldiga keldi va gapini davom ettirdi -ozgʻin va nimjon qoʻllar shuncha erkakka bas kelishi judayam kulguli) Min kula boshladi

-buni hali koʻramiz) Yeona Min ha musht tushirmoqchi boʻldi ammo Min unga qarshi musht tushirdi va Yeona yerga yeqildi

-juda ham nimjonsan qizaloq) Yeona oʻrnidan turib, yana Min ha hujum qildi. Ammo hujumlari samarasiz edi

Shu tariqa oradan 3 kun oʻtdi. Min Yeonaga juda koʻp narsalarni oʻrgatdi.

Yakshanba oqshomi. Bellashuv vaqtida...

Yeonani ahvoli tanib boʻlmas darajada edi. U naq 50ga yaqin erkak bilan urushdi. Bellashuvda hech qanday qoidalar yoʻq. Barcha bir-biriga raqib. Yutgan odam Min ga xizmat qiladi. Yaʼni hayotini shugʻullanish bilan emas haqiqiy ish bilan oʻtkazadi


Oxirgi odam. Yeona urishishi kerak boʻlgan faqat bir odam qolgandi... Bu oʻsha yigit. Yeona birinchi kun kelganda urishgan

Yigit

-seni bugun aniq o'ldiraman shibal*) yigit shunday deb Yeonani ura boshladi. Birin ketin kelgan kuchli zarbalar Yeonani gangiratib qoʻygqndi. Min ularni qoʻlida muz soilngan viski bilan kuzatib oʻtirardi.

Yigit bir necha bor Yeonani qattiq itardi va Yeona atrofga oʻralgan setkaga tanasi bilan urildi. Shilingan badan va koʻkarib, shishgan yuz Yeonani yanada achinarli koʻrsatardi.

-qizaloq men bilan toʻqnashib juda katta xato qilding) Yigit yerda yotgan Yeonaga oxirgo bor zarba berishga va undan butunlay qutulishga tayyor edi. Ammo Yeona taslim boʻlmay, bor kuchini toʻplab Yigitga qattiq zarba berdi. Qattiq zarbadan yigit hushini yoʻqotib, yerga yeqildi. Atrofdagi shovqin tugab barcha hayron qarab qoldi. Shunda Min oʻrnidan turib Yeonani oldiga bordi va uni bir qoʻlini ushlab yuqoriga koʻtardi. Bu Yeona yutganini anglatardi.

Yeona ortiq bardosh berolmay kuchsiz Min ning bagʻriga quladi.

Pov Min 🍃

Men Yeonani xonasiga olib kirdim. Dori qutidan kerakli dorilarni olib, ularni Yeonaning yaralariga surta boshladim. Malham surarkanman u jim yotardi. Menimcha u qattiq charchab uxlab qolgandi.

Yeonani yuzidagi va qoʻllaridagi yaralarga malham surtgach uni boʻynida ham yaralar va koʻkarishlar borligini koʻrdim. Men uni yana qayerida yaralar borligini koʻrish uchun ustidagi fudbolkasini yertdim. Uning tanasi tasavvur qilib boʻlmas darajada koʻkargan va shilingan edi. Hatto oʻng yelkasining yuqorirogʻida katta chandiq bor edi. Menimcha bu kuyish asoratida qolgan chandiq. Men uni tanasiga malham surdim. Uni yuzi burisha boshladi. Men uni uygʻanoyotganini sezib, ishimni tezroq yakunladim va uni oldidan ketmoqchi boʻldim. Ammo qandaydir illiqlikni barmoqlarim orasida sezib joyimda qotdim. Bu holatim huddi muzning erishi kabi yoqimli va issiq edi. Men ortga burildim. U ustida kiymi yoʻqligini koʻrib, darrov choyshabni ustiga yopdi va qoʻlini barmoqlarimni orasidan oldi

-bu shart emas edi) Yeona boshini devor tomonga burib olib

-sen endi menga ishlaysan. Kelajakda seni juda qattiq qiyinchiliklar kutyabdi. Sen bunga tayyor boʻlishing kerak. Nimjon va kasal boʻlishing axlatdan boshqa narsaga yaramasligingni anglatadi

-men bugun gʻolib boʻldim, shundaymi?

-xa

-demak men senga xizmat qilaman)men xa degandek bosh chayqadim

-unda men bilan biroz oʻzing va hayoting haqida gapirib ber. Men kim bilan ishlayotganimni bilishim kerak

-men Min man. Sen juda yaxshi taniydiga Min.

-yoʻq men seni yaxshi tanimayman. Isming nima?

-ismim... Min Yoongi

-men senga qanday ishonishim mumkin?

-men birinchi va oxirgi bor ismimni aytishim

-balki toʻqib aytayotgandirsan?

-ishonish ishonmaslik bu seni xohishing... Baribir meni Min deb chaqirasan

-bu buyruqmi?

-xa

-yaxshi... Bu yer qanday joy? Yani yigitlarni nima uchun tayyorlaysan?... Men anchadan beri bu savolni bermoqchi edim. Ammo fursat boʻlmagandi

Men xoʻrsingancha uni oldiga stul qoʻyib oʻtirdim

-meni 16 yoshligimda otamni otib oʻldirishgan. Koʻz oʻngimda uni oʻldirishgan. Onam esa otamni oʻlimidan 1 yil avval bizdan vos kechgan. Shunday qilib men yetimga aylangandim. Men otamni oʻldirgan insonni yuzini koʻrmaganman. Ammo uni topish uchun 12 yil umrimni sarfladim. Hali hamon uni qidiryabman. Ammo uni na kimligini va na u qandayligini bilaman. Balki u allaqachon oʻlib ketgandir... Otam bu joylarni egasi boʻlgan. Uni odamlari oʻz xojayiniga xiyonat qildi... Shu tariqa men bu yerga xoʻjayin boʻldim. Eng dardli va intiqomga boy odamlarni shu yerga toʻpladim. Ular bilan birga mashq qildim. Yelkama-yelka jang qildim. Ular hech qachon meni tashlab ketishmadi. Doim aytganimni soʻssiz bajo qilishdi. Oʻldir desam oʻldirishdi oʻl desam oʻzlarini qurbon qilishdi. Ilon tatuirovkasi Min ga yaʼni ular menga tegishli ekanliklarini bildiradi... Endi senga ham buni chizdirish kerak

-toʻxta agar seni aytganingni qilishgan boʻlsa ularga meni otamni oʻldirishni sen buyurdingmi? Nega?

-yoʻq yoʻq... Bu yerdan xaydalganlar boʻlgan. Bu yerni qoidalaridan chiqqan odam oʻyindan ham chiqadi... Qolaversa otang janob Han men uchun aziz

-meni otam?

-xa u dadamni eng yaqin doʻsti boʻlgan ekan. U meni boqib oldi va shu kungacha eng kuchli boʻlishimda unging xissasi katta

-ammo otam politsiyachi edi... U qanday qilib qotilga yordam beradi?

-men qotil emas edim. Axir hech kim qotil boʻlib tugʻilmaydi. Men otam intiqomi yoʻlida bu holga keldim

-dadam oʻlganlarida seni jamoing yaʼni bu yer bormidi?

-xa... Menga uni rivojlantirishimda janob Han yordam bergandi. Biz yigitlarni politsiyachi qilmoqchi edik. Hatto men ham politsiyachi boʻlmoqchi edim

-ammo nega qotil boʻlding?

-...bugungiga yetar Yeona. Ertaga soat 10 larda xonamda kutaman. Tatuirovka chizamiz. Qayeringga chizishni yaxshilab oʻyla... Hayrli tun

-Min... Menga soʻz ber

-nimaga?

-otamning... oilamning qotilini topishga yordam berasan. Soʻz bera olasanmi? Ont ich iltimos

-yaxshi...

-oʻzing bilan ont ich

-hoʻp hoʻp. Agar yordam bermasam oʻzimni oʻldiraman. Xoʻsh boʻladimi?

-xa rahmat

-ammo sen ham vazifangni unutma. Sen menga ishkaysan. Faqat menga

Men ortiq suhbatlashishni istamadim va xonadan chiqib ketdim

Han Yeona

Pov Yeona 🍃

Men erta tongdan turib, nonushta qildim soʻng katta xonaga chiqdim. U yerda hamma menga gʻalati qarardi. Menga ular kechagi boʻlgan ishdan hali ham hayron koʻrinardilar

Men indamay ishlarimni qildim va soat 10 boʻlganida Min ning xonasi tomonga qaradim. Men u yerga borishim kerak edi. Men eshik oldida uzoq oʻylanmay to'g'ridan-to'g'ri ichkariga kirdim

-senga xonani taqillatib kirish kerakligini aytishmaganmi?) Min katta stolning yuqorisidagi qora kursida hujjatlarni tekshirgancha oʻtirardi

-kechirasan kech qoldimmi debman

-yaxshi bu yerga kel) Min oʻrnidan turib, divan oldiga kelishimni soʻradi. Men aytganidek qildim

-xoʻsh Yeona xonim. Tatuirovkani qayerga chizdiradigan boʻldingiz?

-tatuni sen chizasanmi?

-xa

-yaxshi...mayli. men yelkamga qildirmoqchiman. Agar kasbimga qaytsam tatuimdan tanib qolishadimi deb qoʻrqaman

-bilasanmi, ular yelkangni tez koʻrib olishadi men yaxshiroq variantni tavasiya qilaman

-qanday?

-tatuirovkani seni bu yeringga chizamiz) u meni koʻksimga barmogʻini niqtadi

-nima?

-hech nima divanga yot!)men noiloj uni aytganini qildim

U nimadirlarni oldimga olib kelib choʻkkaladi

-oldin ham kimgadir tatuirovka chizganmisan

-yoʻq sen birinchisisan

-yoʻq men yqxshisi chizdirmayman) men oʻrnimdan turdim ammo Min meni qoʻlidan oʻziga tortdi. Men kuchsiz uni tizzalarini orasiga oʻtirib qoldim. Biz juda yaqin turardik. Uni koʻzlariga qararkanman ichimda nimadir yonayotgandi goʻyo. Men tezda uni tizzasidan turdim

-qaysarlik qilmay joyingga yot)men negadir joyimga yotdim. U kiymimni yechdi va men yana qarshilik qildim. Bu safar u menga oʻtkir nigoh bilan qaradi. Uni kichik va mushukchaning koʻzlariga oʻxshash koʻzlarida gʻazabni koʻrish meni gangiratib qoʻygandi. Men butkul Min ha taslim boʻlgandim

U indamay oʻz ishini bajardi. Tatuirovka chizishni yakunlagach men tezda oʻrnimdan turdim va fudbolkamni tezda kiyib xonadan chiqdim. Tashqaridan men qayergadir shoshayotganga oʻxshardim

Men xonamga yetib kelgach, toʻgʻri yuvinish xonasidagi oyna oldiga bordim. Koʻksimdagi tatuirovkaga qaradim. Aslida tatuirovkalarni unchalik yoqtirmasam ham bu tatuirovka menga chindan ham yoqib qolgandi

Yeonaning tatuirovkasi
Min va boshqa yigitlarning tatuirovkasi


Report Page