Crafty

Crafty

Author: Yein
Makkora

#1

Tun.Qorongʻu boʻlishiga qaramay Toʻlin oy shulasi butun shaxarni oʻz nuri bilan yoritmoqda. Odatda bunday vaqtda Seul shaxri juda goʻzal koʻrinadi . Ammo har yeri ham odamlar bilan gavjum boʻlavermaydi.

Ana shunday odamlar qatnovi kam boʻlgan tashlandiq koʻchalarning biridan oʻtib borar ekanman oyoqlarimni tobora qisib borayotkan tufliyimni yechib qoʻlimga ildimda , oyoqyalang maroq ila bogʻ ichidagi yoʻlaklardan yura boshladim.

*Deyarli barcha bunday qorongʻu va biroz qoʻrqinchli yoʻlaklar boʻylab sayr qilishdan hayiqishadi.Sababi Seulda istiqomat qiluvchi barcha uyi yoʻq daydilar aynan mana shunday joylardan qoʻnim topishkan. 

- Incheon Korporatsiyasini qoʻlga kiritganimdan Hyunjinning xabari bormikin?Agar bu xabar qulogʻiga yetib borgan boʻlsa , allaqachon izimga tushkan boʻlishi kerak ! - qadamlarimni sanagan boʻlib yoʻlak oʻrtasida toʻxtab qoldim.

- Birma-bir yoʻqotganlarimizni koʻpi bilan qaytarib olaman. Bizga nisbatan qilgan qilmishlari uchun hali ancha vaqt davomida tovon toʻlashadi ! - qoʻlimga ilgan tufliyimni kaftim bilan qisim ushladim. Jaxldan yumilgan koʻzlarim mashinaning yorqin chiroqlariga boqishi bilan qamashib atrofni deyarli koʻrmay qoldi.

| Axx...Jin ursin * Bunchalik tez topib oladi deb oʻylamagandim.. 

- Oh? Kimlarni koʻrayapman ? Xaroba koʻchalarning , tashlandiq yoʻlaklarini oyoq yalang sayr etayotkan Kim Seul ? Nahotki shu qadar nochor holatga kelib qolgan boʻlsang ?

*Qarshimda toʻxtagan mashina ichidan tushishga ham eringan yigit mashina oynasini yarim tushirganicha doimgidek koʻzlarimga boqishga hayiqqandek nigohini har yerga oʻynatib gap boshladi.

- Menimcha hali boʻlgan voqealardan xabaring yoʻq shekilli ? Oʻrningda boʻlganimda biroz oʻylabroq gapirgan boʻlardim. - kichik qadamlarim bilan mashinaga biroz yaqinlashib oyna pastligi barobarida egildim.

- Nimani nazarda tutayapsan ? - jiddiy soʻzlarimni eshitib sergak tortgan Hyunjinning yuziga xavotir oʻrmaladi.

- Mister Sovuq ! Ikki qulogʻing bilan menidiqqat boʻlib eshit ! Bugun senga yagona daromad keltirayotkan Incheon Korporatsiyasi mening nomimga oʻtdi. Sen kasotga uchrading !! - oʻzimni kulgudan bazor tiyib lablarimni tishladim.

Qilayotkan harakatimdan jigʻibiyron boʻlgan Hyunjin sapchib mashinadan oʻdagʻaylaganicha tushib qarshimga chiqdi.

Hyunjin

- Bu yana qanday choʻpchak ? Nimalar deyapsan ? Korporatsiyam oʻzidan oʻzi senga oʻtib qolishi mumkin emas !! - Hyunjin meni mashinaga tirab olganicha deyarli peshonamga peshonasini tirab soʻzlarini davom ettirdi.

- Balkim hammasi ichkilik tufaylidir. Boʻlmasa oʻz xohishing bilan menga kompaniyani qoʻsh qoʻllab topshirishing juda gʻalati boʻlgan boʻlardi. - qoʻlimni gʻazabidan salkam quturishga ulgurgan Hyunjinning yoqasidan oʻtkazib oldim.

- Seni oʻldiraman hatto oʻligingni ham topa olishmaydi . Menga ishon , hayotingni jaxannamga aylantiraman . Hech kim seni meni qoʻlimdan qutqara olmaydi. - Hyunjinning tartibsiz olayotkan nafasi yuzimga urilar ekan uni qanchalik talvasaga solib qoʻyganimni xis qildim.

- Qoʻlingdan haliyam nimadir kelishiga ishonayapsanmi ? Yana takrorlayman yagona ha ,yagona daromad manbayingga aylangan kompaniyangdan ayrilding Mister Sovuq ! Qanday qilib meni yoʻq qilmoqchisan ? - ikki qoʻlim barobarida Hyunjinning koʻksidan itarib mashinaga mixlab qoʻydim. Qilgan harakatimdan oʻngʻaysizlanib qolgan Hyunjin tilini yutib yuborgandek jim turardi.

- Buni hali vaqt koʻrsatadi. Qilgan ishlaringdan soʻng oyoqlarim ostida yalinsang ham senga shavqat qilmayman. Chumolidek ezgʻilab tashlayman qayta oyoqqa tura olmaysan.

- Shu vaqtgacha faqatgina doʻq poʻpsalaringni eshitdim ammo soʻzlaring doim soʻzligicha qoladi. Amalda hech nima qila olmasliging koʻrinishingdan ham malum. - sumkamni ochib koʻzoynagimni oldimu Hyunjinning holatiga nomutanosib koʻzoynak tagidan koʻz qisib qoʻydim.

Seul

- Seni !!!

- Tshshsh ! Ovozingni balandlatma ! Kim bilan gaplashayotkaningni esingdan chiqarib qoʻydimg chamasi ? Kichik boladek qarshimda xarxasha qilgandan koʻra kelajagingni oʻyla ! - barmogʻimni Hyunjinning lablariga botirib oʻtkir nigoh bilan uning koʻzlariga boqdim va ilk bor unda menga nisbatan qoʻrquvni xis qildim.

- Qanchalar achinarli holatdasan ? - qoʻlomni biroz tushurib Hyunjinning yelkasini qoqqanimcha koʻz qirimda unga qaradim.

- Fu*k vaqti kelganda manashu gaplaringga javob berasan taviya ! - Hyunjin meni chetga surib ustini qoqishni boshladi.

- Sen avval urinib koʻr ! Uddalay olsang oʻzim sen uchun qarsak chalib beraman. Endi esa koʻzimdan daf boʻl. Seni ortiq koʻrishga toqatim yetmaydi. - qoʻlimdan tushib ketgan tufliyimni qoʻlimga olib qarshimdagi yigitdan jirkangandek yuzimni burishtirdim.

- Tiling juda uzun boʻlib ketibdi Kim xonim . Bir necha yillar oldin..

- Mashinnagga oʻtir va joʻna ? Eshitdingmi ?

_Hyunjin koʻrsatgich barmogʻini oʻqtalgancha menga yaqinlashar ekan shu soʻzlarimni oʻzi uning toʻxtashiga yetdi.

Mashinaga jaxl bilan oʻtirgan Hyunjin mashinani yurgizib eng yuqori tezlikda boshqarganicha koʻzdan gʻoyib boʻldi.

Hyunjinning ketishi bilanoq tiqilib qolgan nafasimni chiqarib yubordim.

- Huuh..uddalading Seul ! Bu hali boshlanishi ! - yuragimni bir qoʻlim bilan ushlaganimcha haliyam bosilmayotkan xovurimni bosishga urindim.


Hyunjin bilan boʻlgan ajoyib suxbatimizdan soʻng ketayotkan yoʻlimni piyoda davom ettirdim.

Havo biroz sovuq. Yoz fasli boʻlgani bilan kechki salqin tushib qolgan. Ustimdagi yuqa matoli kiyimim esa sovuqni toʻgʻri tanamga yetkazib bermoqda. Tanamga urilayotkan salqin shamol yeli tasirida titrayapman. Bu ham yetmagandek oyoqyalang koʻchalarni sayr qilayapman.

- Bundan yetti yil muqaddam bizning oilamiz mulkini quzgʻundek kemirgan Hyunjin endi sening oilangni kemirish navbati meniki ! - boyagina boʻlib oʻtkan voqealar hayolimdan oʻtib lablarim orasida odam eshitar eshitmas vishshillab qoʻydim.

Uyim yoniga yetkanimda sumkam ichida telefonimning ovozsiz vizzilashini sezib darxol telefon qoʻngʻirogʻiga javob berdim.

- Eshitaman ? Felicia yarim tunda..

- Seul ? Onamizning axvoli ogʻirlashayapti hoziroq shifoxonaga yetib keling ! - Felicianing soʻnggan ovozi hammasiga yakun yasadi.

Chegarasiz xavotir ichida bor kuchim bilan yugurib katta yoʻlga chiqdim.

- Mashinamning ustaxonada ekanligi pand berayapti.Toʻxtayqolsangchi ? - katta yoʻlda mashina ushlash uchun tinmay harakat qilmayin hech bir mashina toʻxtashni hayoliga ham keltirmasdi.

- *Shit ?? - oʻylab ham oʻtirmay oʻzimni katta yoʻlning qatnov qismiga otdim.

Koʻzimni yumganimcha hech narsaga qaramay joyimdan siljimadim. Quloqlarim ostida mashina signaligining banand ovozda yangrashi va chiyqillagan tovush.

- Esingni yedingmi ? Telba ?? - mashinadan tushkan yigitning yuziga ham qaramasdan mashinaga joylashdim.

Seul

- Hoy senga aytayapman ? Mashinamdan tush ? - mashina eshigini ochib menga oʻdagʻaylagan yigitga gʻazab bilan tikildim..

- Markaziy shifoxonaga hayda . Kech qolishim mumkin. Bu hayot mamot masalasi. Yetib borganimizdan soʻng qancha hoxlasang shuncha beraman ?

- Boshidan shunday deyish kerak edi ? Men ham insonman ! - mashina oʻrindigʻiga tezlik bilan joylashgan yigit darxol mashinani yurgiza boshladi.

Mashina eng yuqori tezlikda harakatlansa ham men uchun har bir daqiqa har bir soniya shu qadar tezlikda oʻtayotkandek edi.Ulgurmay qolishimdan qoʻrqib ketayapman !

- Oʻlib qolmasligingiz kerak Oyi ? Endigina oyoqqa turganimda bunday qila olmaysiz ? - koʻzlarim birdam yoshlanib yuzimni yuva boshladi.

Holatimga nazar tashlagan yigit chuqur xoʻrsinib mashinani yana ham tezroq haydashga kirishdi.

Mashina shaxarning markaziy shifoxonasi yonida toʻxtar ekan mashinadan otilib chiqib oʻzimni qabulxonaga urdim.

- Kim Songmin ? Hech nima boʻlmadi deb ayting iltimos ! - vajoxatimdan choʻchib tushgan xamshira tezlikda qaydnomalarni varoqlay boshladi.

- Kim Songmin ? 253- xonadagi bemor. Bir oz vaqt oldin yurak hurujini boshdan oʻtkazdi hozir axvoli biroz oʻnglangan jonlantirish boʻlimida saqlanyapti. - xamshira bor malumotlarini men bilan boʻlishgach eshitgan xabarimdan na xursand boʻlishni va na xafa boʻlishni bilmasdan yer choʻkkalab oʻtirib qoldim.

- Hammasi joyda ekanmi ? Hech nima qilmabdimi ? - ortimdan kirgan yigitga endigina koʻz tashladim va uning kelishkan qomati va qora qaxvadek oʻziga jalb qiluvchi koʻzlariga boqdim.

Soobin

- Na yaxshi va na yomon ? - yuzimni yerga qaratib nafasimni ichimga yutdim yoʻqsa yigʻlab yuborishim aniq edi.

- Bundan afsustaman ! Biror yordam bera olamanmi ? - haliyam boshimda turgan yigit men kabi choʻkkallab qarshimga oʻtirdi.

- Yoʻq ! Endi hech kimdan yordam soʻramayman. Hattoki u dunyodagi eng yaxshi inson boʻlsa ham. - taklifini rad etkanimdan ranjigan yigit choʻntagini kovlab bir qogʻoz chiqarib qoʻlimga tutdi.

- Fikringdan qaytib qolsang menga qoʻngʻiroq qil !

- Yaxshi !

Qoʻlimga tashrifnomani qattiq siqimlab ushlab yigitning ortidan qarab qoldim.

- Choi Soobin ? Koʻzlarimga ishonmayman ? Choi Hesanning oʻgʻli Choi Soobin boʻlishi mumkinmi ? - qoʻlimdagi tashrif qogʻozni qayta qayta oʻqib hayratimni yashira olmadim.

- Kelajakda men uchun oʻlja vazifasini bajarasan Janob Choi Soobin ? Sening oilangdan ham yetarlicha zarar koʻrganim hali hamon yodimda. - tashrifnomani sumkamning kichik joyiga solib oʻrnimdan turdim.

Oʻrnimdan turishim bilan bagʻrimga otilgan Felicia hiqqillab yigʻlay boshladi.

- Felicia ? Hammasi yaxshi boʻladi men bormanku ? Mana koʻrasan hali yoʻqotkanlarimizni qaytarib olganimizda onamiz bizning oldimizda tirgak boʻladi . - singlimni tinchlantirish uchun unga tasalli beruvchi soʻzlarni gapirdim.

- Qasosni unuting Seul . Axir hech kimdan kam emasmizku tinch yashashda davom etaveraylik.. - Felicia koʻz yoshlarini tartibsiz artib ikki qoʻlimdan barobar ushladi.

Felicia

- Boshlangan oʻyinni faqat tugatish qoldi. Menga ishon ! Ular bizga hech nima qila olishmaydi .

- Seul ? Onamizning operatsiyasi uchun juda katta miqdorda pul soʻrashayapti. Shu hafta oxirigacha toʻlovni qilmasak onamiz... - Felicia soʻzlarida hiqqillab bazor soʻzlarini yetkazib berardi.

- Endi oldingidek oylik maoshga qarab yashamaymiz jinnivoy. Axir kattagina kompaniya egasiman. Ertagayoq oʻsha toʻlovni bajaraman . Xavotir olma . - singlimning nam yanogʻidan chimchilab kursiga oʻtqizdim. Oʻzim esa Jonlantirish boʻlimi eshiklari yonida u yoqda bu yoqqa yurgancha shifokorning chiqishini kuta boshladim.

Seul

Vaqt : Tonggi soat 7:15 lar atrofi

Kattagina Parklar oilasi uchun tayyorlangan nonushtaga kelib oʻtirgan Jiminning yuzi burishdi.

- Kecha soat nechchida uyga qaytding ?- Jiminni koʻrishi bilan jigʻibiyron boʻlgan Janob Park soʻz boshladi.

- Menimcha hozirgina kirib keldim.- Jimin xotirjamlikni buzmagan holda nonushta qilishni boshladi.

- Meni ermak qilayapsanmi ? Ertaga toʻying ekanligini yodingdami ?

- Har kuni buni eslatishingiz shart emas. Qolaversa oʻzim istamagan holda uylanishga majburlayapsizlar. Qaysi zamonda yashayapmiz . Bazida oʻylab qolaman.

- Hayoting davomida qidirsang ham oʻzingga Aeindek munosib qizni topa olmaysan . Bunga kafolat beraman.

- Shunday deb oʻylasizmi ? Men undan yaxshisini bir kunda yoʻq.. bir soatda ham topa olaman. - Jimin lab chetida jilmayib.

- Yaxshi kelishdik. Bugun tun kech soat toʻqqizga qadar mening koʻnglimdagidaqa aytganingdek Aeindanda latofatli va albatta moliyaviy taraflama taminlangan qiz boʻlsa oʻshanga uylanishing mumkin. - Janob Parkning lablarini ham keng tabassum egalladi.

- Keyin afsuslanmayasizmi ? Jiddiymisiz ? - otasining gapidan ajablanib qolgan Jimin .

- Aytgan talablarimga sen topkan qiz chindan mos kelsa. Senga faqatgina baxt tilayman.

- Unda meni soat kechki toʻqqizda kuting qadrli dadajonim. Balkim ertaroq kelarman. - Jimin taomlanib boʻlgach ustki kiyimni qoʻliga ilib xonadan chiqib ketdi.

Jimin

- Seningcha men tariflagan qizni topish shunchalik osonmi ? Aeinga uylanishga majbursan.. bundan boshqa ilojing ham yoʻq - Janob Park bamaylixotir nonushta qilishda davom etdi.


Kompaniyalar oʻrtasida oʻtkazilayotkan tadbirga kechikib kelgan Jimin zalda oʻtirgan deyarli barchaning diqqatini tortdi.

- Kechikish mening odatim.. Davom etishingiz mumkin . - oʻrniga joylashgan Jimin koʻzini har yoqqa tikib dadasi tariflagandek qizni koʻzlari bilan qidirishga tushib ketdi.

- Jimin Oppa ? Siz ham shu yerdamisiz ? - Jiminning yonidagi kursiga kelib oʻtirgan Aein yigitga suykalganicha erkalandi.

- Yo hudoyim ? Ortimdan kuzatib yuribsanmi ? Bu yerda boʻlishim tabiiy ! Axir eng katta investitsiyali kompaniya egasiman ? Qiziq bu yerda sen nima qilayapsan aslida ? - jaxlini bosib tura olmagan Jimin qoʻliga yopishgan qizni salkam itarib yubordi.

- Amakim shu yerga kelishimni tayinladilar. Menda ayb yoʻq Jimin...

*Doimgidek ortimdan ish qilayapsizmi ? Axx dada bu safar ham rejangizni chippakka chiqaraman.

- Biron nima qilib qoʻymasimdan yaxshisi mendan uzoq tur. Bilasan jaxlim chiqsa nimalarga qodir boʻlishimni ?? - Jiminning allaqachon boʻynida paydo boʻlgan tomir chiziqlari uning qanday gʻazab otiga minganini koʻrsatib turardi.Buni koʻrgan Aein oʻzini chetga oldi.


Tadbirga barcha investorlardan farqli oʻlaroq uncha xashamdor boʻlmagan ammo bir qarashda maftunkor koʻylak kiygan qiz ham tashrif buyurgandi.

Jiminning koʻzlari qizning tovlanib turgan sochlari va bir qultim suv bilan yutsa boʻladigan qomatiga qarab chuqur xoʻrsindi.

- Men bu qizni olding koʻrmaganman ?

Jimin oʻzini ortiq boshqara olmasligini bilib oʻrnidan turdi va qiz tomon shaxdam qadamlarini tashlab harakatlana boshladi.


Miyyamda turli xil hayol bilan qanday qilib bu tadbirga kelganimni ham bilmay qoldim.Oʻzimni juda noqulay xis qilayapman.Hammaning koʻzi menda. Odam koʻrmagandek tikilib qarashayapti. Ayniqsa mendan oʻn metrcha uzoqlikda joylashgan kursida oʻtirgan yigit bir laxzaga boʻlsa ham koʻzlarini mendan uzgani yoʻq.

Seul

- Nega oʻzingni bunchalik noqulay xis qilayapsan ? Bunday joyga birinchi marta kelishingmi ? - boyagina mendan koʻz uzmay tikilib turgan yigit birdan qarshimda paydo boʻldi.

- Buni senga kim aytdi . Men oʻzimni keragidan ortiq yaxshi xis qilayapman.

- Xoy ? Hozirgina meni sensiradingmi ?

- Bir qaraganda tengdoshimsan deb oʻyladim.Keyin yonimga kelib gap boshlagan oʻzingsan shunday ekan..

- Men 27 yoshman. Xoʻsh tillari burro oyimchaning yoshi nechchida.

*Jin ursin ! Oʻzimdan yetti yosh katta inson bilan oʻzimni tenglaganim nimasi ?

- Gap yoshda emas men senga aytsam. Oliftalikni yigʻishtirib oʻzingga oʻxshagan qizlarni boshini aylantirish bilan ovvora boʻlsang boʻlarmidi ? Sen uchun sarflaydigan bekorchi vaqtim yoʻq. - qoʻlimda turgan vinoni bir chetga qoʻyib unga aniq va ravshan nigoh bilan qaradim. Shu boqishimning oʻzi unga yetishi kerak edi .

- Xx.. Meni hayratda qoldirayapsan qizaloq. Yana uchrashamiz. - yigit bir koʻzini qisib hayrlashgandek menga qoʻl silkib boyagina oʻtirgan joyiga qaytib ketdi .

Jimin

- Kayfiyatimni ham buzib ketdi Olifta ? - yigitning ortidan bilinar bilinmas pichirladim.


Tadbir 3 soat davom etdi. Allaqachon qorongʻu tushishga ulgurgan Jimin esa hali ham dadasiga vada bergan qizni topganicha yoʻq.

*Oʻzimni oʻzga olamga tushib qolgandek xis qilayapman ammo nima ham qilardim. Barchasiga tishimni tishimga qoʻyib chidashga majburman . Hammasi onam va singlimning kelajagi uchun .

- Choi Soobin ? - koʻzim eshik yonida boyagi betayin bilan suxbatlashib turgan yigitga tushdi.

- Imkoniyatni qoʻldan boy bermaslik kerak..

Shaxdam qadamlar bilan jilmayganimcha Soobin turgan joyga yetib bordim.

- Hayrli kech..

- Sen ? Bu yerda seni uchrataman deb oʻylamagandim. - Soobin hayratini yashira olmay qoldi.

- Men ham ajablandim ochigʻi. Kecha sizga rahmat ayta olmagandim. Juda katta yordam berdingiz.

- Hech qisi yoʻq..

- Hozirgina *siz* dedingmi ? - shilqim yigit menga ajablanib qaraganicha jigʻibiyron boʻldi.

- Sizlar tanishmisizlar?

- Ha !

- Yoʻq !

_Ikkimizdan ikki xil javobni eshitkan Soobin kulib yubordi.

Soobin

- U meni sevgan qizim. - Jimin zumda belimdan qoʻlini oʻtkazib bagʻriga mahkamladi.Bu juda tez fursatda boʻlgani uchun ham hech nimani anglay olmay qoldim.

- Axir seni toʻying boʻlayotkan edi. Hyunjinning singlisi Aein bilan adashmasam.

*Hyunjinning ismini eshitishim bilan koʻzlarim qolipidan chiqar darajada kattalashib ketdi.

- Hyunjinning singlisi ?

- Ha lekin bu toʻyga boshidan rozi boʻlmaganman. Axir qalbimning goʻzal malagi turganda qanday Hyunjinning jodugariga uylanishim mumkin.

*Choi Soobindan manfaatliroq insonni uchratkanimdan quvonib ketdim. Endi hammasini oʻz iziga tushira olaman.Hyunjin meni hayotimni barbod etgani kabi men ham uning singlisini hayotini barbod qilaman.

- Bundan xabaring bormi ishqilib Kim xonim? - men tomon boshini biroz eggan yigitga qarab qoldim.

- Biz Jimin bilan uch oydan beri birgamiz. Faqatgina munosabatlarimizni koʻpgina sabablar tufayli yashirib yurishga majbur boʻlganmiz.

_ Soʻzlarimdan soʻng Jimin biroz oʻylanib qoldi soʻng lablariga keng tabassum ilib yanogʻimdan zumda boʻsa oldi.

- Makkoram...

_Toʻsatdan boʻlgan ishdan nima qilishimni ham bilmay qoldim . Yolgʻiz boʻlganimizda aniq uning yuziga kamida uch marotaba tarsaki tushirgan boʻlardim . Telba ??

Seul



Time skip

- Hammasi tugadi. - yengil xoʻrsinib sumkamni yelkamga ilib kelgan mexmonlar bilan hayrlashib ketish uchun yoʻlga tushdim.

* Kompaniya ishi koʻzimga juda oson ishdek koʻrinardi. Aslida uning qiyinchiligi oldida boshqa kasblar qolib ketar ekan . Besh soat jilmayib yurishimning oʻzida ogʻzim ogʻrib qoldi.Yana tinmay ularga tilyogʻlamalik qilish..

_Poshnasi baland tuflida bemalol yura olmasligimni bilib past poshnali oyoq kiyim kiygan edim ammo qattiq charchaganimdan beoʻxshov harakatim bilan bir qizga urilib ketdim. Nima ham derdim ayb oʻzimda.

_Qizning qoʻlida turgan bir stakan shampan vinosi ustimga agʻdarildi. Oppoq kiyimim achinarli holatga kelib qoldi.

Xursandchiligim koʻpga bormaganidan mayus tortib mexmonxonaning yuvinish xonasiga bordim.

- Nega ketmayapti ? - jaxl bilan koʻylagimning etagini gʻijimlaganimcha qichqirdim.

- Kim nima desa desin ortiq bu yerda qola olmayman ! - kiyimimni tozalash fikridan qaytib tezda yuvinish xonasidan chiqdim.

Men chiqqunimcha mexmonxonaning yarmini egallagan investorlarning izi ham qommabdi. Faqatgina gʻinshigan tovushni eshitishim bilan yoʻlak boshiga qaradim.

Uzoqdan uncha anglay olmagan boʻlsam ham gandiraklab kelayotkan yigit Jimin deb taxmin qildim.

- Sarxushtmisan ? Sizlarning hammangiz ichkillikka rujov qoʻygan , oʻz hayotini oʻzi yeb bitirayotkan telbasizlar ! - ovozimni eshitkan Jimin quyi egib kelayotkan boshini koʻtardi va qadamini tezlatib bir zumda qarshimda paydo boʻldi.

Jimin

- Hozirgina meni nima deb atading ?

- Telba ??? Nima yolgʻonmi ?

Soʻzlarimni tugatishimga ulgurmasimdan Jiminning yelkasi barobarida koʻtarilganimni xis qildim.

- Meni tushur ! Nima qilayapsan ? Oʻzing zoʻrgʻa yurayotkan boʻlsang meni yiqitib yuborasan.

- Uningni oʻchir !! - Jimin xirrilab oʻshqirganicha avvalgidek gandiraklab yoʻlakning oxiridagi xonaning eshigini ochdi hattoki eshikni yopmasdan xonaga shiddan bilan kirib ketdi.

- Meni tushur dedim ovsar ?? - qoʻlim bilan uning yelkasini urishda davom etdim ammo uning kuchli muskullari urayotkan qoʻllarimni ogʻritib qoʻyishga ulgurgandi.

_🔞_

Birdan toʻshakka otilib tushganimni sezib qoʻrqqanimdan boshimni biroz yuqori koʻtarib ortga tisarilib yura boshladim.

- Xoʻsh uch oylik sevgilim nimaga qodir ekanligingni koʻrsat ? - Jimin Seulning oyogʻidan tutganicha oʻzi tomon tordi.

- Bu tun uzoq davom etadiganga oʻxshaydi... - Jimin soʻzlash davomida birin ketin kiyimlaridan xalos boʻla boshladi.

Koʻylagi tugmasini birin ketin yechar ekan men tipirchilab uning oyoqlari ostidan chiqishga urinardim. Ammo hammasi befoydadek.Koʻzlarim uning ulkan mushaklariga tushishi bilan oʻzimni gʻalati xis qila boshladim . Qorin boʻshligʻimda aylanayotkan gʻalati xissiyot meni telba qiladiganga oʻxshardi.

- Meni hattoki tanimaysan ham ? Jinni boʻldingmi ? Esini yegan.. - oʻshqirishim bilan yuzimga yuz tutgan yigitning vajohatidan jim boʻlib qoldim.

- Bu tun tanishishimiz uchun yaxshi imkoniyat emasmi ?

*Qarshimda bazor nafas olayotkan yigitning haroratini bemalol xis qiladigan darajada unga yaqinman.Uning qoʻllari belimning biroz teparogʻidan siqqanicha menga ogʻriq berishga urinardi.

_ Men shu vaqtgacha hech kimga boʻyin egmagan Kim Seul nahotki bir shilqim oliftaning olidida ojiz boʻlsa ? Hammasi shunday davom etsa men qotilga aylanaman.

- Qilar ishni qilib qoʻyib nega oʻzingni farishtadek koʻrsatayapsan ? Men seni oʻzgacha xislatingni koʻra oldim deb oʻylagandim. Nima uchun ichimligimga bunday dori qoʻshding ? Yoki hammasi... - Jimin boʻyinbogʻi bilan Seulning qoʻlini majburlab birlashtirib bogʻlab soʻng qayta uning koʻzlariga gʻazab toʻla nigohi bilan tilildi.

- Qanday dori haqida gapirayapsan ? Men hech nimani bilmayman.


1-chapter ended.

Author: Kim Yein

Report Page