Corne keyboard yasadim

Corne keyboard yasadim

Jamshid
Corne Keyboard

Oktabr boshlarida split keyboard (ikkiga ajralgan klaviatura) yasashni xoxlab qoldim. O'zi aslida bunaqa keyboardga birinchi marta Shahzod akani kanalida duch kelganman, lekin bu xoxish Youtube videoda bittasi xuddi shunaqa keyboardni 0 dan boshlab yasaganini kurganimda boshlandi, lekin u yasagan keyboard o'ta custom bulgani uchun, chindan ham 0dan yasagan edi, shuning uchun anchagina qiyin tuyildi. Keyin xuddi shunaqa videolar Youtube pageda chiqaverdi, keyinchalik esa Redditda ajoyib communitylar topib oldim (1-link, 2-link). Har kuni har xil odamlarni keyboardlarini kuraverib, oxiri o'zim yasashga qasd qildim. 

Jarayon

Xo'sh, birinchi navbatda, aynan qanaqa keyboard yasashni tanlash kerak edi. Marketda juda ko'p turlari bor, lekin ba'zi birlari qolganlaridan ko'p topiladi, masalan corne, lily58 yoki Kinesis.

Lily58
Kinesis
Corne v3

Lily58 va kinesis ni tugmalari juda ko'pdek kurindi, menga esa yangilik kerak edi, shuning uchun ham "corne v3" ni yasashni tanladim. 

Mahsulotlar

Kit

Keyboarda yasash uchun ko'pchilik tayyor kit(to'plam)larni olishar ekan, chunki hamma detallarini topib chiqish anchagina qiyin.

O'zbekiston marketida bunaqa kitni topa olmagandan keyin, AliExpress va Taobao (yoki Baotao deyiladi, anig'i esimda yo'q) kabi marketlardan qidirdim. AliExpressnki ishonchli tuyilsada, Taobaoniki ancha arzon ekan (adashmasam deyarli yarmi edi), shuning uchun TaoBaodan aytdim.

Switch and keys

Kitni ichida faqat PCB, MicroController va boshqa mayda detallari kelsada, keyboard uchun sizga yana kamida 2 ta narsa kerak buladi: switchlar va key (tugma)lar. Menimcha jarayondagi eng qiyin bosqich aynan shu yerda keldi: switch tanlash

Switchlar

Switch bu sizni tugmangizni keyboardni boardiga (platasiga) ulaydigan vosita, va u siz boshgan keylariz qanaqa ovozda chiqishini aniqlaydi (o'lay agar o'zbekcha yozishni bilmayman). Switch tanlayman deb, men haqiqiy rabbit holega tushib ketdim. Oldin faqat 4-5ta rangli switch bo'lsa kerak buladi deb yurardim, lekin keyinchalik bilsam ranglar shunchaki boshlanishi ekan. Shunaqangi ko'p turlari borki, ularni videoda kurib, ovozini eshitib tanlashiz bu xuddi, perfume magazinda atir tanlaganday holatga o'xshaydi: 5 ta switchni ovozini eshitgandan keyin, qolgan hammasi bir xil eshitilaveradi. Lekin, menga silent (past ovozli) switchlar yoqdi, chunki undan oldingi ikkita keyboardimni ovozi allaqachon jonga tekkandi. Shuning uchun, Silent yellow switch tanladim

Penguin Silent

Keylarga keladigan bulsak, men qanaqadir minimalistik keylar kerak edi, shuning uncha ikkilanib utirmasdan, "DSA blank black x 4o" ni tanladim.

DSA Blank black

Agar ozroq ikkilanganimda, keysni tanlashda ham rabbita holega tushib ketardim. Switchni ham Taobaodan, va key larni esa AliExpressdan aytdim. 

Case (qolip)

Keyboardga oxirgi bulib kerak buladigan narsa bu case edi. Men kurgan video va o'qigan bloglarimda, menga yasovchilarni hammasi 3d Printerdan chiqarishgan ekan caseni. Va 3d printerim chang bosib yotgani uchun, unga qilinadigan ish topilgandan xursand buldim. 


Yasash

Payat qilish

Birinchi bo'lib keyboardni board(plata)sini yigishdan boshladim (boshqa qayeridan ham boshlayman). Men ataylab payat (shundey yozilsa kerakda, yana bilmadim) qilinmagan kit tanlagandim chunki payat qilishni o'rganmoqchi edim. Lekin kitni dadamga olib borib kursatganimdan keyin, payat qilinishi kerak bo'lgan narsalar (diode va led switchlar) kichkinaligini ko'rib, "qilolmaysan, undan ko'ra, biladigan odamga qildirganing yaxshi" dedilar.

Diode

Disappointmentni birinchisi shundan boshlandi. Kelishini shuncha kutgan narsamni endi kimgadir yasatamanmi deb o'yladim, lekin bir tomondan dadam ham to'g'ri, umrimda biror marta ham payat qilmagan. Shundan keyin esa elektronikani yaxshi tushunadigan, payatniki bor qarindoshimdan yordam so'radim. Keyin ko'rsam, payat qilish o'ylaganimdek qiyin ish emas ekan. Keyboardni bittasini u kishi ikkinchisini esa o'zim qildim, keyin men qilganni boshidan o'zlari qilib chiqdilar. Umuman olgan eng qiziq joyi shu bo'ldi.

Payat qilayabman
MicroController
Pro Micro controller

MicroController bu keyboarddagi signallarni bilan komputerga (yoki keyboardni nimaga ulasangiz ham) yuborib turuvchi micro komputerdir. Ikkita MicroControllerdan (keyboardni har bitta qismi uchun), bittasini ulab kuydirib quyib (2-disappointment), yangisiga buyurtma berib, 15 kun kutganimni aytmaganda, payat qilishda qiyinchilik deyarli bulmadi. Va men MicroControllerlarim bluetoothni support (qo'llab quvvatlash?) qilgani uchun, batareyka ulab qo'yvordim pasiga.

Flashing
Moments before flashing

Flashing bu MicroControllerga maxsus dasturni o'rnatishdir. Bu dasturlarni ham turlari ko'p ekan, lekin eng mashxurlardan QMK va ZMK bor ekan. Birinchi QMK urnatmoqchi bo'ldim, lekin negadir tayyor dasturi (QMK Toolbox) meni keyboardimni tanimadi. Keyin esa, ZMKni o'rnatishga harakat qildim, va bir nechta urinishdan keyin, dasturni yuklay oldim. Aynan shu payt eng ko'p kutilgan moment edi: shuncha payt payat qilgan diodelarim tugri qilinganmi yoki yo'q, haligacha bilmasdim, va uni bilish onlari kelgan edi. Switchlarni boardga o'rnatib, bosib kura boshladim va...... butun boshli keyboarddan 4ta DONA key ishladi. Yig'lavoray dedim (3-disappointment). Hamma diodelar 2-martadan tekshirib, to'g'irlanib chiqilgan edi. Deyarli 2-hafta keyboardga qaytib qaramadim. 

Keyin bir kun o'zimni majburlab, xatoni topishga harakat qildim. Bitta menda chiqmagandir deb redditdan qidirdim (u yerda hamma muammolarini yozadi), va searchni 1-resultni uzida yechim topdim: man ahmoq programma noto'g'ri versiyasini quygan ekanman. To'g'ri dasturni tanlab, qayta flash qilganimda deyarli hamma keylar ishladi (1-2tasini diodelari tushib qolgan ekan, ularni ham payat qilib ishlatvordim). 

Case

Men eng oson qismi bo'ladi deb o'ylagan, lekin aslida eng asab buzadigan qismiga ham yetib keldik. Caseni 3d printerdan chiqarish uchun menga model kerak edi, va internetda bunaqa modellar talaygina. printables.com dan o'zimga yoqqanini olib, print qilishga chiqarishga quydim. Keyin 5 soatdan keyin (ha, 5 soat oldi yaramas) qarasam, case kichkina keldi. Hayron bo'ldim: caseni o'lchamlari komputerimdagi dasturdagi modelni o'lchamlariga to'g'ri kelmasdi. Ba'zi bir test drivelardan keyin tushundimki, muammo 3d printerdan yoki unga yuborilayotgan model codeda (.gcode) ekan, negadir kichkina o'lchamlarga o'tqazib qo'yayotgan ekan. 3d printerimga yuborilayotga codelarni taxlab beradigan dasturni ichida qayerda xato ketayotganin topishim mumkin edi, yo'q undan ko'ra hozir qancha kichkina chiqarayotgan bo'lsa, shuncha foizga modellarni o'lchamini kattartirib, qayta print qilishga berishga qaror qildim. 

Because I am smart

Hisoblab chiqib, 131 - 140% ga kutarib, print qilishga berdim. Xo'sh tahmin qilinglarchi nechchi marta o'xshamadi: naqd 5 marta. Bir safar case kichkina kelsa, keyin safar 3d Printer oxiriga borganda to'xtab qoldi (4-disappointment). Va oxiri, bir amallab 2ta case chiqarib oldim.

Natija

Corne Keyboard
Bu ham Corne Keyboard, faqat yaqindan

Endi nima?

Keyboard ishlayotgani bilan, ba'zi bir joylari hali ham chala qolgan:

Oled ekranlar

Kitni olganimda, Oled ekranlari bilan birga kelgandi, lekin afsuski, men o'rnatgan ZMK ekranlarni halicha support qilmas ekan. Shuning uchun QMKni yana o'rinib ko'raman deb turibman.

Led chiroqlar

Diodelarga qo'shib, boardga led chiroqlarni ham payat qilgandim, lekin negadir faqat bitta donasigina yondi. Menimcha noto'g'ri payat qilganman. Shuni qarab chiqishim kerak.

Tenting

O'zbekcha tarjimasi topa olmadim, lekin qisqa qilib aytganda bu keyboardni pasida qo'lga oson bo'lishi uchun ozroq ko'tarib turadigan narsa. Aynan, qaysi bir turini tanlayman, bilmadimu, lekin tenting qo'yishim aniq.

Narxlar

Corne V3 Mx Choc Crkbd Split Keyboard kit -> ~$30

Akko Penguin yellow silent switches -> ~$15

DSA blank black keys x 40 -> $7

Caseni 3d print qilish uchun filament narxi -> N/A











Report Page