CoreCourse
@FastCoreCouseBoshlang'ich dasturlash ilmlarini o'rganing. Istalgan dasturlash sohasiga yengil kirib boring.

CoreCourse'ning maqsadi
Aytaylik siz Data Science, Artificial intelligence (Sun'iy Intelekt), Mobile Development, Front-End/Back-End Development yoki Game Development sohasidan ketishni istaysiz. Ushbu soha vakillari Software Engineer'lar deyiladi. Kursning maqsadi Software Engineer bo'lishingiz uchun dastlabki dasturlash ko'nikmalarni berishdan iborat.
CoreCourse kimlar uchun?
Kurs Ctrl + C va Ctrl + V larning farqiga boradigan, biroq dasturlashdan umuman habari yo'q odamlar uchun. Kurs darsliklari faqat nazariy bo'lib qolmasligi uchun, shaxsiy kompyuteringiz (yoki noutbuk) bo'lishi kerak.
CoreCourse'da qanday o'qiladi?
Darslar Online shaklda Zoom orqali 1 oy davom etadi. Bu orada biz 10 ta dars o'qiymiz. Telegramda Private (Yopiq) guruh tashkil qilinadi. Shoshilmaymiz. Chunki CoreCourse mavzulari dasturlashdagi eng muhim mavzulardan iborat. Uni puxta o'rganishingiz umringiz davomida boshqa tillarni yoki texnologiyalarni o'rganishingizda muhim ro'l o'ynaydi. Har kungi dars mazvulari video ko'rinishida bir kun avval tashlab beriladi. Ertasi kuni Zoom da o'sha mavzu yoritilib beriladi. Mavzu yoritilgan kunda, alohida shug'ullanish uchun vazifalar beriladi. Ertasi kuni vazifalar yuzasidan o'qituvchi tarafdan hisobot beriladi yoki yordam. Shu kuni yana yangi mavzu video'si tashlab beriladi. Demak shu tarzda aylanaveradi:

CoreCourse'da nimalar o'rganiladi?
Kursda istalgan sohaga kirishingiz uchun zarur bo'lgan ilmlar o'rgatiladi. Jumladan:
Nazariy (0-dars)
- Dasturlash tillari, ularning farqi, maqsadlari, yo'llari;
- Operatsion tizimlar, ularning faqri, maqsadlari
- Dasturlash sohalari
- IDE nima?
- Ubuntu nima?
- Git nima?
Yuqoriadi nazariy mazvular bepul va ular Zoom orqali amalga oshiriladi.
Nazariy/Amaliy
- 1-dars Ubuntu, Git, IDE o'rnatish va ular bilan ishlash
- 2-dars Variable
- 3-dars Primitive Data Type
- 4-dars Composite Data Type
- 5-dars Condition
- 6-dars Loop
- 7-dars Function
- 8-dars Masalalar ishlash
Yuqoridagi darslar Go, Swift va JavaScript dasturlash tillarida o'rgatiladi.
Nazariy/Amaliy (OOP)
- 9-dars Inheritance, Overriding, Overloading
- 10-dars Encapsulation, Polymorphism, Composition va boshqalar
Yuqoridagi darslar Swift yoki TypeScript dasturlash tilida o'rgatiladi.
Eng ko'p beriladigan savollar
Turli sohalar uchun boshlang'ich ta'lim berilar ekan, sohaning ichiga kirib ham ishlaymizmi? Masalan sun'iy intelekt yordamida nimadir qila olamizmi?
Yo'q. CoreCourse'ning vazifasi unga yo'naltirilmagan.
Unday bo'lsa CoreCourse'ni boshimga uramanmi?
Yo'q. Biror sohani chuqur egallash uchun sizga ko'proq vaqt kerak. Ko'proq ilm egallash talab etiladi. Hozirgi top o'quv markazlari sizga o'sha sohalarni chuqur o'rgatishadi. Biroq uning uchun ular self-study qilgan potensialli* (iqtidorli) o'quvchilarni saralab olishadi. CoreCouse'ni bitirishingiz istalgan top o'quv markaziga topshirishingizdagi shans* (imkoniyatingiz) yuqori bo'lishi ta'minlaydi. "Bez ochirit" deganday :).
CoreCourse'ni bitirib biror sohaga mustaqil kirishim mumkinmi?
Albatta! Biroq biror ilmni mustaqil o'rganishingiz sizdan o'zingizga bo'lgan qat'iyat, sabr va ko'proq vaqt talab etadi. Agar ular sizda mavjud bo'lsa, tavakkal qiling! Shaxsan o'zim biror o'quv markazda o'qishni tavsiya qilaman. Chunki siz bosib o'tmoqchi bo'lgan yo'llardan, o'quv markazlari mutaxasislari yurib bo'lishgan...
CoreCourse uchun matematika kerakmi?
Mental arifmetikani (qo'shish, ayirish, bo'lish, ko'paytirish) bilsangiz yetarli. Xatto Bo'lish yoki ko'paytirishni qog'ozdagi ko'rinishini bilmasangiz ham CoreCourse'da o'qishingiz mumkin.
CoreCourse'da o'qish narxi qancha?
Kurs narxi 300.000 + 700.000 UZS (umumiy bir million so'm). Qimmat deysizmi? Shoshilmang. CoreCourse sizga dasturlashga yetarli ko'nikmalarni beradi. Bu kurslar asli qimmat baholanadi. Chunki qachonlardir siz ham ishga kirganingizda qimmatga ishlaysiz! Ya'ni sohaning o'zi qimmat! Eng asosiysi kurs boshlanganida 300.000 (uch yuz ming so'm) to'laysiz (to'liq emas). Qolgan qismini kurs yakunida, va faqat va faqat kursdan ko'nglingiz to'lsagina to'laysiz.
Kursning qolgan qismini qanday holatlarda to'lamayman?
Aytatlik siz bir oylik kursni bitirdingiz. Kurs so'ngida bildingizki dasturlash sohasi siz uchun emas. Boshqa holatda siz uni davom ettirishni, ya'ni biror mutaxasislik kursida o'qishni istamaysiz. Undan tashqari siz kursning sifatidan qoniqmagan bo'lishingiz mumkin. O'qituvchi tarafidan qandaydir kamchiliklarni ko'rgan bo'lishingiz mumkin. Demak shunday hollarda siz qolgan 700.000 (yetti yuz ming so'm) ni to'lamaysiz. Boshlang'ich 300.000 (uch yuz ming so'm) esa kurs mobaynida boshqa odamning joyini olganingiz uchun to'lanadi. Agar siz kursning sifatini baholay olmasangiz, biror joyda o'qituvchi bo'lib emas, aynan dasturchi bo'lib ishlayotgan tanishingizdan so'rashingiz mumkin.
Kursda nechta o'quvchi bo'ladi va qachon boshlanadi?
20 ta. Qachon 22 odam yeg'ilsa yangi guruh boshlanaveradi. Kursga faqat 0-darsdan qo'shilishingiz mumkin. Kurs yarmida yoki oxirlarida emas.
Kursda hamma (20 odam) bir guruh bo'ladimi?
Yo'q. Ular bilim sa'viyalariga qarab alohida kichik guruhlarga ajralishi mumkin. Bunda o'sha kichik guruhlarga odam yeg'ilishi kutilmaydi. Aksincha o'sha 20 odam 2 yoki 3 guruhga ajratiladi.
O'qituvchi kim?
Muhammadxon Najimov - Dasturlash tillari nazariyasi, konseptsiyalar* bo'yicha chuqur bilim va tajribaga ega professional o'qituvchi (Ex-Najot Ta'lim). Kurs yakunidan keyin ham +1 oy muddatda siz o'qituvchiga savollar yo'llashingiz mumkin. Yordam va maslaxatlar olishingiz mumkin.
Umumiy xulosalar
- 15 video dars
- 20 jonli suhbat (online dars)
- 4 ta dasturlash tili (Go, Swift, TypeScript, JavaScript)
- Dasturlashga oid asosiy tushunchalar va OOP tushunchasi
- Mavzularga doir masalalar ishlash (Algoritmlar)
- 1 + 1 oy qo'llab quvvatlash
Omad tilaymiz!
© 2021 CoreCourse