@ControllerBot uchun ko‘rsatma

@ControllerBot uchun ko‘rsatma

Shukhrat Makhmudov
Controller Bot

Demak, boshladik:

1.   Boshlanishiga @BotFather’ni oching va START tugmasini bosish orqali botni ishga tushiring. Bot sizga o‘z menyusini taqdim etadi.

2.  Boshqa botlarni ulash uchun kerak bo‘luvchi yangi botni yaratish uchun matn kiritish maydoniga /newbot buyrug‘ini kiriting.

3.  Bot uchun ingliz/rus harflari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan ixtiyoriy nomni tanlang. Misol uchun: Test uchun bot. Yuborish tugmasiga bosing.

4.  Keyingi qadamda bot uchun foydalanuvchi nomini tanlash tavsiya etiladi, u albatta bot so‘zi bilan tugashi lozim. Misol uchun, itspecuzbot. Yuborish tugmasiga bosishdan so‘ng sizga 654526011:AAGqbR4TpsI_-3WWMBnDzhZTUCXXXX2123 ko‘rinishidagi shaxsiy token yuboriladi. Uni hech kimga ko‘rsatmang. U botni ulash uchun kerak bo‘ladi.

5.  Hammasi tayyor. Sizda bot mavjud! Endi uni @ControllerBot’ga ulashimiz lozim. @ControllerBot’ni ishga tushiramiz. U ham bizga o‘z menyusini taqdim etadi.

6.  Ochilgan menyuda /addchannel’ga bosasiz.

7.   Keyin sizda yana bir menyu ochiladi, u yerda Подключить бота ostki menyusini tanlashingiz lozim.

8.  Keyin yana Подключить бот’ni tanlaymiz va o‘z botimiz uchun berilgan tokenni kiritamiz. Botni kanal administratorlari safiga qo‘shishni unutmang! Agar bu amalga oshirilmasa bot shunchaki ishlamaydi!

Shundan so‘ng biz shunchaki kanalimiz username’ini kiritamiz va barchasi tayyor! Endi siz o‘z kontent-rejangizga binoan postlaringizni keyinga qoldirishingiz mumkin bo‘ladi. Buni qanday amalga oshirish esa quyidagi ko‘rsatmada keltirilgan.

Bu va boshqa maqolalarni kanalimizda kuzatib boring: @itspecuz

Report Page