Codial Akademiyasi yo'nalishlari

Codial Akademiyasi yo'nalishlari

@codialuz

Codial - Zamonaviy Kasblar Akademiyasi 2021-yilning 18-yanvar kuni Muhammad Amin Naziraliyev tomonidan asos solingan.

Codial - Zamonaviy Kasblar Akademiyasi


Codial akademiyasida endi siz quyidagi yo'nalishlar bo'yicha ta'lim olishingiz mumkin:

• Kompyuter savodxonligi

• Python 

• Front End

• Back End

• Android dasturlash

• Grafik dizayn


Yo'nalishlarimiz bo'yicha to'liq ma'lumot berib o'tamiz:


Kompyuter Savodxonligi

Kompyuter Savodxonligi


Bu kurs 1 oyga mo'ljallangan bo'lib, bunda siz Microsoft kompaniyasining Windows operatsion tizimlari hamda Office dasturlarini o'rganasiz va hozirda dunyoda trendda bo'layotgan yana bir qancha yo'nalishlarni o'rgatiladi.

Bular quyidagilar: 

🔸Word

🔸Excel

🔸PowerPoint

🔸Google Sheets

🔸Google Docs

🔸Google Slides 

🔸Notion

🔸Typing Master

🔸Canva online platformalari

Kurs afzalliklari:
1. Kompyuter savodxonligi kursi dasturlashga yo'naltirilgan bo'lib, bu kursni o'qigan o'quvchi dasturlashda qiynalmay boshlay oladi.
2. Bu kurs 1 oy davom etadi.
3. Eng yangi texnologiyalar orqali dars o'tiladi.
4. Har bir dars videoga olinib guruhga tashlanadi.

Android dasturlash

Android dasturlash


Kurs davomiyligi umumiy 10 oy:

🔸Kotlin 3 oy

🔸Android 7 oy 

Kursimizning Kotlin qismida shu tillar sintaksisidan boshlab OOP, algoritmlarni tuzish usullari, ma'lumotlar tuzilmasi, konsul rejimida turli xil loyihalar qilish o'rgatiladi va o'quvchilar turli xildagi loyihalarni yarata oladi .

Android qismida esa Android studio dasturlash muhitida sodda va murakkab view elementlari, Layoutlar, Menu, Animation, Xotiradan foydalanish usullari, Permissions, Camera and gallery, database, (SQLite, ROOM, Realm ) service (REST API imkoniyatlari , firebase imkoniyatlaridan foydalana olish ) va h.k. lar o'rgatiladi.

Bundan tashqari git texnologiyalari, Dagger 2 kutubxonasi bilan ishlay olish ,Volley, Retrofit, bilan ishlash ko'nikmalarini ham shakllantiramiz.


Talablar: Tirishqoqlik, dars qoldirmaslik, intizom, matematikadan oz bo'lsa ham xabari bo'lishi kerak.

Kurs afzalliklari:
1. Kursni bitirayotgan o'quvchi eng kamida 10 ta loyiha bilan bitiradi.
2. Har bir dars videoga olinib guruhga tashlanadi.
3. Darslar eng yangi texnologiyalar orqali o'tiladi.

Python dasturlash

Python dasturlash


Bu kurs 3 oyga mo'ljallangan bo'lib, bu kursda quyidagilar o'rgatiladi:

🔸Algoritm (bir nechta sodda va murakkab algoritmlar)

🔸Ma'lumotlar tuzilmasi

🔸Kutubxonalar bilan ishlash 

kabi fundamental bilimlar, hamda


🔸OOP (obyektga yo'naltirilgan dasturlash)

🔸Fayllar bilan ishlash

kabi murakkab tushunchalarni o'rgatamiz.

Bundan tashqari, jamoa bilan ishlash, yaratuvchanlik, muammoga optimal yechim topish kabi dasturchi uchun muhim bo'lgan qobiliyatlarni shakllantirishingiz mumkin.

Talablar: Fundamental matematika, tirishqoqlik, mustaqil o'rganish qobiliyati, intizom. Qo'shimchasiga ingliz tili bo'lsa, o'rganish jarayoni osonroq kechadi.

Kurs afzalliklari:
1.Github va git bilan uzoqroq ishlaymiz, sababi buni nisbatan ertaroq boshlaymiz. Qilinadigan kichik, consoleda ishlaydigan loyihalar ham githubga joylab boriladi.

2. Fundament uchun qo'shimcha texnologiyalarni o'rgatamiz: leetcode, hackerrank.

3. Har bir dars videoga olinib guruhga tashlanadi.

4. Darslar eng yangi texnologiyalar orqali o'tiladi.


Back End

Back End


Backend kursi 6 oyga mo'ljallangan bo'lib, bu kursda:

🔸Ma'lumotlar bazasi (SQLite3, PostgreSQL)

🔸Flask microframework

🔸Django

🔸Django Rest frameworklari

🔸Docker

kabi backend texnologiyalari o'rgatiladi. O'quvchilar kurs uchun tayyorlangan loyihalarni bajarishadi va ularni test qilish bilan bir qatorda deploy qilishni ham sinab ko'rishadi. Kurs davomida yana:

🔸Git

🔸GitHub

🔸Frilans platformalari

haqida ham ma'lumot beramiz.

Bundan tashqari, jamoa bilan ishlash, yaratuvchanlik, muammoga optimal yechim topish kabi dasturchi uchun muhim bo'lgan ko'nikmalarni shakllantirishingiz mumkin.

Talablar: Python dasturlash tili bo'yicha fundamental va advanced bilim, tirishqoqlik, mustaqil o'rganish qobiliyati, intizom. Qo'shimchasiga ingliz tili bo'lsa, o'rganish jarayoni osonroq kechadi.

Kurs afzalliklari:
1.Github va git bilan uzoqroq ishlaymiz, sababi buni nisbatan ertaroq boshlaymiz. Qilinadigan kichik, consoleda ishlaydigan loyihalar ham githubga joylab boriladi.

2. Faqat bilim emas ish topishga, amaliyot qilishga foyda keltirishi mumkin bo'lgan texnologiyalarni o'rgatamiz: Linkedin, freelance uchun Upwork... va hokazo.

3. Har bir dars videoga olinib guruhga tashlanadi.

4. Darslar eng yangi texnologiyalar orqali o'tiladi.


Front End

Front End

Front End Development kursi 7 oyga mo'ljallangan bo'lib. Bu kurs davomida quyidagi texnologiyalar o'rgatiladi:

🔸HTML

🔸CSS

🔸SASS

🔸BOOTSTRAP

🔸JAVASCRIPT

🔸JQUERY

🔸REACT.JS                                                                                                       


Bu texnologiyalar yordamida o'quvchilar Web sahifalar hamda tezkor va havfsiz Web ilovalar yaratishlari mumkin. O'tiladigan darslarimiz barchasi amaliy loyihalardan tashkil topgan. Front End kursini tamomlaydigan o'quvchilarning har biri o'zlari yaratgan 30 ta loyihasi bilan bitiradilar. 

Talablar: tirishqoqlik, mustaqil o'rganish qobiliyati, intizom.

Kurs afzalliklari:

  1. O'quv rejasi ko'pchilik dasturchilar e'tirofiga sazovor bo'lgan.

2. Har bir dars videoga olinib guruhga tashlanadi.

3. Darslar eng yangi texnologiyalar orqali o'tiladi.

Grafik Dizayn

Grafik Dizayn

Grafik Dizayn kursi 4 oyga mo'ljallangan bo'lib, bu kursda siz quyidagilarni o'rganishingiz mumkin:

🔸Photoshop - 2 oy

🔸Ilustrator - 1 oy

🔸Corel Draw - 1 oy

Adobe Photoshop - tasvir tahrir qiluvchisi yordamida fotosuratlarga qo'shimchalar kiritish, fotosuratdagi dog'larni o'chirish, eski rasm-larni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo'shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi fotosuratga olib o'tish, suratdagi ranglami o'zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo'lib, u gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi.


Adobe Illustrator - vektorli grafik muharriri sifatida ishlab chiqilgan. Ammo dizaynerlar undan turli maqsadlarda foydalanadilar: reklama, tabriknomalar, plakatlar, kitoblar, grafik romanlar, syujetlar, jurnallar, gazetalar va boshqalar. Dastur rang va matnni boshqarish qobiliyatiga ega bo'lgan chizilgan va joylashtiradigan keng vositalarga ega. Unda ham koʻp ishlar qilsa bo'ladi.


Corel DRAW - bu illyustratsiyalarni vektor grafikasi printsipiga asoslangan holda yaratuvchi va tahrirlovchi dastur hisoblanadi. Corel DRAW dasturining imkoniyatlari unda turli hil grafik kompozitsiyalarni yaratishga yordam beradi.

Kurs afzalliklari:

  1. Portfolio qilishga amaliy yordam beramiz.
  2. Bu kurs bo'yicha freelancer orqali pul topish o'rgatiladi.
  3. Ishga kirishga amaliy yordam beramiz.
  4. Bitta yordamchi ustoz o'quvchilar bilan doimiy ravishda ishlaydi.
  5. Dars videosi yozib olinadi va guruhga tashlanadi.

Murojaat uchun:

👤 @codial_admin

📞 Tel: (99) 820-44-32


📍 Manzil: Farg'ona shahar, Sayilgoh ko'chasi

🏛 Mo‘ljal: “Emirates” restorani ro'parasida

https://goo.gl/maps/6yQ5BYPcxVgn4y3i7


E'tiboringiz uchun rahmat!

Hurmat bilan,

Codial — Zamonaviy Kasblar Akademiyasi


Report Page