Climate Science Olympiad 2024

Climate Science Olympiad 2024

Mamlakat Akramova

Umumiy maʻlumotlar

Climate Science tashkiloti dunyo boʻylab iqlim fanlariga qiziquvchi barcha yoshlar uchun Climate Science Olympiad 2024 tanlovini taqdim etadi. Ushbu olimpiadada 25 yoshgacha boʻlgan barcha yakka tartibda yoki 2 kishidan iborat jamoa tarzida ishtirok etishi mumkin.

Olimpiada 3 xil yosh kategoriyasida oʻtkaziladi:

·        16 yoshgacha boʻlganlar;

·        17-19 yoshdagilar;

·        20-25 yoshdagilar.

Lekin yoshidan qatʼi nazar barcha ishtirokchilar bir xil saralash bosqichida raqobatlashadilar.

Olimpiada onlayn tarzda boʻlib oʻtadi. Qatnashchilar 12 tildan birini (ingliz, ispan, fransuz, portugal, yapon, xitoy, rus, italyan, nemis, polyak, golland, rumin tili) tanlab qatnashishi mumkin. 

Gʻoliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Umumiy mukofot jamgʻarmasi – $15,000. Eng yaxshi jamoalar BMTning Iqlim boʻyicha Bakuda oʻtkaziladigan 2024-yilgi sammitida tоʼliq mоliyalashtirilgan hоlda qatnashadilar!

Maqbullik shartlari

Tanlovda ishtirok etish uchun talablar:

·        Tanlovda 25 yoshgacha barcha davlat fuqarosi qatnasha oladi;

·        Yakka tartibda yoki 2 kishilik jamoa sifatida ishtirok etish mumkin;

·        Iqlim fanlari oʻzgarishi (Climate Science) yoʻnalishiga katta qiziqishga ega boʻlishi kerak;

·        Qatnashchilar ushbu tillardan birini bilishi kerak: ingliz, ispan, fransuz, portugal, yapon, xitoy, rus, italyan, nemis, polyak, golland, rumin.

Tanlov shartlari bilan batafsil ushbu havola (https://climatescience.org/olympiad) orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

·        1-oʻrin uchun – $3,000;

·        2-oʻrin uchun – $2,500;

·        3-oʻrin uchun – $2,000;

·        4-5-oʻrinlar uchun – har biriga $1,500;

·        6-10-oʻrinlar uchun – har biriga $1,000;

·        Har bir final ishtirokchilari bronza medal bilan taqdirlanadi;

·        Eng yaxshi 11-20 nafar ishtirokchi kumush medal bilan taqdirlanadi;

·        Eng yaxshi 10 nafar ishtirokchi oltin medal bilan taqdirlanadi.

Bundan tashqari, eng yaxshi jamoalar BMTning Iqlim boʻyicha Bakuda oʻtkaziladigan 2024-yilgi sammitida tоʼliq mоliyalashtirilgan hоlda qatnashadilar!

Tanlov mukofotlari bilan batafsil ushbu havola (https://climatescience.org/olympiad/cso24) orqali tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Olimpiada 4 bosqichda boʻlib oʻtadi. Ishtirok etish uchun avval onlayn roʻyxat (https://account.climatescience.org/signup?redirect=https%3A%2F%2Fcso22.climatescience.org%2Fsignup) dan oʻtish zarur.

·        1-bosqich – Saralash bosqichi (Qualifiers). Bu bosqichda ishtirokchilar 25 daqiqalik onlayn test bajarishlari kerak. Ishtirokchilardan 10 savolga javob berish soʻraladi. Saralash bosqichida 8 yoki undan ortiq toʻgʻri javob olganlar chorak finalga yoʻl oladi;

·        2-bosqich – Chorak final (Quarter Finals). Chorak finalda 15 ta savolga javob berish soʻraladi. 13 yoki undan ortiq toʻgʻri javob olganlar yarim finalga yoʻl oladi.

  • 3-bosqich – Yarim final (Semi-Finals). Yarim finalda qatnashchilarga quyidagi 3 mavzudan biriga asoslangan murakkab muammolar toʻplami (namuna) (https://docs.google.com/document/d/1QJaIKQEADyNJrMrycmS8mhYjXnbbqyjkOOK6SF_d9XI/edit)  beriladi va 3 soat ichida ushbu muammоlarning bittasini hal etishga qaratilgan ijtimoiy adolatli, real, iqtisodiy jihatdan va tez amalga oshirilishi mumkin boʻlgan 1000 soʻzdan ibоrat taklif (рrороsal) yozishlari talab qilinadi:
  1. Energiya — toza energiya, barqaror transport, sanoat;
  2. Rivojlanish — Barqaror rivojlanish, Barqaror iqtisodiyot, aylanma iqtisodiyot;
  3. Tabiiy tizimlar — Barqaror qishloq xoʻjaligi, biologik xilma-xillik, suv resurslari.

Yarim finalda internetdan maʼlumоt izlashga ruxsat beriladi. Tayyorgarlik qilishga yordam berish uchun mavzular yarim finaldan 10 kun oldin maʼlum qilinadi. Yarim final оʼtkazilish tartibi va qоidalari haqida batafsil maʼlumоtni ushbu havоla (https://docs.google.com/document/d/1c6yjFoimfHYpLatvM-MC8JVtExAwsF1kifTBsgWGmoM/edit#heading=h.ndkp6ttqb7ks) оrqali оlish mumkin. Qatnashish bоʼyicha maslahatlar va bahоlash tartibi bilan esa ushbu havоla (https://docs.google.com/document/d/1c6yjFoimfHYpLatvM-MC8JVtExAwsF1kifTBsgWGmoM/edit#heading=h.ndkp6ttqb7ks) оrqali tanishish mumkin.

Tanlov uchun rоʼyxatdan оʼtishning eng yaqin оxirgi muddati: 2024-yil 31-may; Eng оxirgi muddat esa 2024-yil 16-iyun.

Tanlovda ishtirok etish haqida batafsil ushbu havola (https://climatescience.org/olympiad/cso24) orqali maʼlumot olish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

·        Tanlovda ishtirok etish mutlaqo bepul;

·        Olimpiadada pul mukofotiga ega boʻlgan jamoalar sovrinni barcha jamoa aʼzolari oʻrtasida teng taqsimlaydilar.

·        Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: olympiad@climatescience.org

 

Report Page