“Classroom Things” mavzusida ochiq dars o’tkazildi

“Classroom Things” mavzusida ochiq dars o’tkazildi


Xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risidagi 312-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro davlat universiteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi o’qituvchisi M. Ch. Fayziyeva tomonidan Buxoro viloyati Romitan tumanida joylashgan 1-IDUM bilan o’zaro hamkorlik shartnomasi o’rnatilib, universitet va maktab o’rtasida muntazam axborot almashinib seminarlar, ochiq dars va tadbirlar o’tkazib kelinmoqda. Xususan, kuni kecha bu maktabda seminar-trening va ochiq darslar o’tildi. “Ushbu ta’lim dargohida ilmga juda intiluvchan o’quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari va ingliz tilida ravon gapirishga harakat qilishlari har bir insonni lol qoldiradi” deya fikr bildirdi Malika Choshovna. Tashrif davomida Malika Choshovna “Classroom Things” mavzusida ochiq dars o’tdi. Maktabda metod birlashma rahbari Surayyo Qurbonovadek ilmli va malakali kadrlarning faoliyat olib borayotgani tahsinga loyiq. Bunday ajoyib hamkorliklar kelajakda yurtimizda xorijiy tillarni yanada ommalashishida o’z samarasini berishiga ishonamiz.


Report Page