Citadel Episod 8
YozuhhaEP8|ππ’π³π§π’π§π π‘ππͺπ’πͺπππ’π¦π’π³
|3 kundan keyin|
Yotoqxona kravatida ko'zlarini ocharkan biroz sovuq havo Akiraning etini jimilatdi.Huddi qish ob-havosi kabi atmosfera sabab vujudini quchgan ko'yi o'rnidan qo'zg'alarkan kravat chetiga joylashib atrofni biroz kuzatdi.
Negadir bugun bir necha kundan buyon ko'rayotgan qo'rqinchli tushlari uni tark etgan.O'sha yordam so'rab azob chekayotgan Yeonjunning qiyofasini boshqa ko'rmadi u tushlarida.
Sekin kaftini yaralangan bo'yniga bosarkan soppa-sog' teridan bo'lak hech narsani sezmadi.Achimsitgan og'riq tugul bir dona chandiq ham qolmagan.Hayrat qizni qoplab olarkan bir on tushunib yetdi.Demak,muzliklarning Valiaxd shahzodasi qizni yana bir bora davolagan.
Qiziq...o'sha tushlar rostan ham lanatmidi yoki Moran aytgan g'alati qobiliyat haqidagi gaplari rostan ham haqiqatmidi.O'yga tolarkan hona eshigi ochilishi qizning hayolini bo'ldi
Honaga qadam qo'ygan Florel hayrat va quvonchdan chinqirib yuborarkan Akiraning yuzini hafsalasizlik egalladi
-Sekinroq..Hozir o'ldirib qo'yasan]Akirani maxkam quchib olgan Florelni ogohlantirarkan
-Axvoling yaxshimi?Yeonjun seni yiqilib tushgan dedi.Hozir hech qayering og'rimayabdimi?Aniqmi?]Florel qizni bag'ridan chiqarib so'roqlarkan
-Yaxshiman..Nima?Yiqilib tushgan dedimi?]Hayratlandi Akira
-Ha.Ammo qayerda ekanini aytmadi.U hozir EVIS lideri shu sababdan guruxda sening yo'q ekaningni o'qituvchilarga u aytgan]Yeonjunning yolg'on gapirgani sababini tushunib yetdi Akira.Maktabda sodir bo'lgan g'ayritabiiy holatlar albatta sir saqlanishi lozim
-Tushunarli...Sen nega darsda emassan?
-Men..Sendan habar olgani har tanaffusda kelib turibman.Hozir tanaffus vaqti.Shu sababdan sening ahvolingni bilishim kerak edi
-Tushunarli..Darsga borishing mumkin.Men ham hozir sinfimga boraman
-Ishonching komilmi?Aniq yura olasanmi?]Havotirlandi Florel
-Albatta.Seni chalg'itishni istamayman.Boraver
-Yaxshi.Ehtiyot bo'l,Akira]Qizni yana bir bora bag'riga bosdi-yu sekin honani tark etdi.
Akira esa sekin o'rnidan qo'zg'alarkan nigohi deraza ortiga qadaldi.Maktab hovlisini sovuq atmofera va quyuq tuman qoplagan.Qiziq..ahir endi sentyabr oyining boshi..lekin huddi qish kelgani kabi..Aytgancha,Yeonjun bu yerda vaqt nisbiy harakatlanadi degandi.Demak hozir..qishmi?
Akira kiyimlari joylashgan shkaf tomon qo'l cho'zishi bilan yana o'sha ovoz quloqlari ostida beixtiyor jarangladi
~Uni Muzliklarning Valiaxd shahzodasidan asray olasanmi,Yeonjun?~
Moranning o'sha tushunarsiz so'zlarini yana yodga olarkan o'yga toldi.
-Juda qiziq...Sunghoon aslida kim?Nega Moran unday dedi?Bugun..barchasining tagiga yetmay qo'ymayman!]Yana o'sha doim muammo keltiradigan qiziquvchanligi avj oldi Akiraning
Savollaridan chalg'ib maktab formasini javondan oldi Akira
~
Honadan chiqqan Florel hursandligidan mayin tabassum qilarkan nigohi bir necha metr uzoqda devorga suyangancha turgan oppoq sochli shahzodaga qadalishi bilan tabassumi so'ndi
-Uyg'ondimi?Axvoli qalay?]So'roqladi Leoren
-Senga nima?Nega qizlarning yotoqxonasi yaqinida o'ralashib yuribsan?
-Men Liderman!Menga mumkin!]Dedi Leo sovuqqonlik bilan.Florel indamay ensa qotirgancha yigitning yonidan o'tib ketarkan Leo qizning tirsagidan maxkam tutdi
-Menga qara,malika.Senga savol berildimi javob berishni o'rgan!Aks holda sen hech qachon ishlata olmaydigan qobiliyatingni o'z ongingda ishlatib o'rgataman]Florelni biroz qo'rquv bosarkan tirsagini yigitdan sug'urib oldi
-Ha u uyg'ondi!Endi yo'limdan qoch!]Leo indamadi,qiz yurishi uchun yo'l ochdi.Florel zal bo'ylab ketarkan Leo Akira uyg'onganini eshitgani bois yengillikdan nafas chiqarib o'zi ham sinf honasi tomon qadam tashladi
Akira yotoqxonadan sekin chiqarkan maktab yo'laklarida tarqagan qor isi sabab yengil tabassum qildi.Uzun yo'laklar bo'ylab qadam tashlarkan zinalar,naqshinkor eshiklar qizni yana bir bora hayratga solardi.
Tanish sinf honasi eshigi qarshisida turarkan kirishdan oldin chuqur xo'rsindi.Avval eshikni taqillatish uchun qo'l cho'zdi.Kutilmaganda ochilgan eshik sabab Akira muvozanatni yo'qotdi
Ortga qulashiga bir baxiya qolarkan belidan tutgan maxkam qo'llar sabab ko'zlari moshdek ochildi.Unga tikilib turgan Yeonjunning mayin ifodasiga tikilib qolarkan yana o'sha issiqlikni belida his qildi
-Y.Yeonjun?]Yeonjun qizni sekin qo'yib yuborarkan.Qizning yuziga havotir bilan tikildi
-Ahvoling yaxshimi?Bo'yning achishmayabdimi?Haligi..meni kechir
-Yaxshiman..Hech qisi yo'q.Bu sening aybing emasdi]Mayin jilmaydi Akira
-Hozir tanaffus vaqti.Oshxonaga ketdik]Yeonjun Akiradan oldin qadam tashlarkan.Akira ichki dunyosida darslarga kech qolgani va allaqachon tugab bo'lgan dars uchun formasini kiyishga vaqt sarflagani uchun o'zini koyidi
~
Maktab oshxonasi har doimgidek gavjum.Sehrli atmosfera kishini o'ziga jalb qilarkan,atrofda boshlangan betartiblik sabab gurux liderlari o'quvchilarni tinchlantirishga urunardi
-Jim bo'linglar]VESTA guruxi lideri tomonidan aytilgan sokin va yetarlicha sovuq ohang sabab guruxdagi barcha qo'rquv ila o'z joyiga tezda joylasharkan Sunghoon ularga bir bora jiddiy tikildi-yu o'zi ham joylashdi
Ammo AVADA guruxida butunlay boshqa vaziyat
-Yosh bola bo'lmanglar.Agar hozir tinchlanmasangiz barchangizni o'ldirishga majbur bo'laman]Leoren tomonidan mayin va judayam yoqimli tabassum bilan aytilgan daxshatli so'zlar sabab o'quvchilar jimgina joylashisharkan Leo qayta jilmaydi
EVIS guruxida esa
-Kimdir kuyishni istayabdi shekilli]Yeonjun hatto joyidan qo'zg'almagan holda biroz balandroq tovushda so'zlarkan guruxdoshlari jim qolishi uchun bu yetarli edi.Yeonjun o'quvchilardan sovuq nigohini yonidagi stulda joylashgan Akira tomon olib o'tarkan
-Aytgandim-ku sendan ajoyib Lider chiqadi deb]Mag'rur jilmaydi Akira
-Ha.Sharofating bilan]Yeonjun hafsalasiz so'zlarkan Akira yana jilmaydi
-Hoy.Menimcha bugun AVADA guruxidagilar tanaffusga chiqmasliklari kerak edi]Akira
-Ha.Haligi..ularni o'qituvchilari kecha tunda jaroxatlangan emish]Yeonjun
-Nima?Qanday?
-Menimcha yana bo'rilar Citadelga xujum qilgan
-Bo'rilar?Anavi Nefrit maktabidagilarmi?
-Ha.O'sha maktabdagilar.Ammo nega kelishayotganini hech kim anglab yetmadi
-Lekin.Axir tunda Liderlar navbatchilik qilishadi.Va Sen,Sunghoon va Leo maktabni bo'rilardan ximoya qila olasiz deb o'ylagandim]Akira hayratini berkitmadi
-Gap faqat bizda emas,Akira.Bo'rilar bizga kuchlari yetmasligini yaxshi bilishadi.Shuning uchun ham navbatchilik tugaganidan so'ng xujum qilishayabdi
-Ular nega kelayabdi deb o'ylaysan?]Yeonjun biroz jim qoldi.Qizning yuziga tikilib turdi-yu
-Bilmayman]Yolg'on gapirdi u.Yeonjun aslida bo'rilar Akira uchun kelayotganini yaxshi biladi ammo u qizning havotirlanishini istamaydi.U Akirani himoya qilishni istaydi
Yana bir stul surildi.Akiraning yoniga kelib joylashgan yigitga Yeonjun ensa qotirgancha tikilib qoldi.
-Akira,ahvoling yaxshimi?]Leoren qizning yuziga tikilarkan
-Yaxshiman.Ammo mening betob ekanimni sen qayoqdan bilding?
-Aftidan xabaring yo'q.Men ham o'sha kuni seni olib kelishga unga yordamlashgandim-Yeonjunga ishora qildi-Va deyarli eng muxim ishni men bajardim]Leoren jilmayarkan Yeonjunning yuzini hafsalasizlik egalladi
-Shu rostmi?]Akira Yeonjunga tikilarkan,Yeonjun chuqur xo'rsindi
-Ha.Rost]Dedi Yeonjun erinib
-U holda senga rahmat]O'ylanib so'zladi Akira so'zi ohirida kichik tabassum qilarkan.
Leoning yonidagi surilgan yana bir stul tovushi barchaning etiborini tortdi.Stulga joylashgan Sunghoon Yeonjun va Leorenga bir bor nazar tashladi-yu Akiraga tikildi
-Sunghoon..Haligi..Senga rahmat aytmoqchi edim]Akira o'ylanib so'zlarkan.Qizning ikki yonidan joy olgan Yeonjun va Leo deyarli baqirib yuborishdi
-NIMA?Nega aynan unga raxmat aytishing kerak?]Leoren
-Chunki meni o'sha kuni u davolagan,shunday emasmi?]Akira sokin so'zlarkan
-Ammo men undan ham ko'proq ishni qildim]Yeonjun asabiylasharkan Akira jilmaydi
-U holda uchovingizga ham raxmat
-Arzimaydi]Dedi Sunghoon biroz mayin tabassum qilarkan
-Haligi..Sunghoon,men sen faqatgina muzni boshqara olasan deb o'ylagandim]Akira yigitga tikilarkan
-Bizga o'xshaganlarda asosiy qobiliyatdan ham ko'ra yana bir qo'shimcha qudrat mavjud bo'ladi]Sunghoon
-Rostanmi?]Hayratlandi Akira
-Albatta.Mening muzni boshqarish qobiliyatim tug'ilganimdan buyon mavjud.Shu bilan birga davolay olish kuchim ham mening ikkinchi qobiliyatim]Sunghoon kaftini sekin harakatlantirib kichik qor parchalarini qizning kaftiga socharkan Akira yoqimli hisdan jilmaydi
-Yeonjun..Senda ham shunday qobiliyat bormi?]So'roqladi Akira yuzida jiddiylik aks etgan Yeonjundan
-Albatta.Men..inson ongini boshqara olaman...
-Huddi Leo kabimi?]Hayratlandi Akira
-U kabi emas.Ammo men olovni boshqarishim va insonlarni uxlata olishim,hushidan ayirishim yoki xotirani o'chirishim mumkin]Akiraning hayratlangan tuziga bir on tikilib turdi-yu barmoqlari ila havoda olovli naqshlar yaratdi Akira ularga hayrat bilan tikilarkan jilmaydi
Qizning bu ifodasini kuzatib turgan Sunghoon va Leo esa asabiylashayotgani aniq edi
-Senchi?Menimcha sen ham shahzodasan.Senda ham ikkinchi qobiliyat bormi?]Leoga yuzlanarkan Leoren bir on jim turdi.Keyin soniyalar ichida bir bora barmoqlarini shiqillatarkan butun zalda sokinlik turdi.Barcha o'quvchilar joyida haykal kabi qotisharkan Akira hatto polga to'kilayotgan sharbatning ham havoda muallaq qolganini ko'rdi.Ikki kafti bilan hayratdan lablarini berkitarkan unga tikilgan Leo jilmaydi
-Bu mening ikkinchi qobiliyatim]Dedi u biroz g'urulanib
-Qoyil.Senga gap yo'q,Leo]Akiraning ko'zlari hayajondan porlarkan Leoren qizga qarab yana jilmaydi.Barmoqlarini yana bir bora shiqillatarkan zal yana o'z holiga qaytdi.Yana shovqin suron boshlanarkan Yeonjun asl holiga qaytishi bilan bir on Leoga termulib qoldi
-Vaqtni to'xtatdingmi?]Dedi Yeonjun
-Ha]Bosh irg'adi Leo mag'rur tabassum bilan
-Uning qobiliyati judayam ajoyib ekan]Akira hayratini berkita olmadi
-Ha.Natijalari ham shu kabi ajoyib]Sokin so'zladi Sunghoon
-Nega unday deyabsan?]Akira
-Chunki agar bu kuchni meyordan ko'p ishlatsa Leo hatto o'lib qolishi mumkin]Yeonjun javob berarkan Akira hayrat bilan Leorenga tikildi va "Shunaqa" degandek sokin ifodada unga tikilgan yigitga duch keldi
~
Tushlik vaqti uch yigit va Akiraning noodatiy mavzudagi suxbat ila yakunlanarkan bu orada yigitlar bir-biriga o'lim nigohida qarab Akiradan yetarlicha koyish eshitishga ham ulgurishgandi
|Darslar yakunlanganidan so'ng|
-Yeonjun.Bu yerda kutubxona bormi?]So'radi Akira yo'laklar bo'ylab yurayotgan yigitga ergasharkan
-Nega so'rayabsan?
-Shunchaki...Citadel haqida ko'proq bilishni istayman]Yeonjun Akiraga biroz shubxalangandek tikilib turdi
-Kutubxona bor.Ikkinchi qavat,o'ng tarafdagi birinchi eshik]Javob berdi Yeonjun
-Hozir borishim mumkinmi?
-Ha.Bugun darslar erta tugadi.Hozir tush payti.Shunday ekan borishing mumkin
-Yaxshi.Rahmat senga]Akira yigitdan uzoqlashib yuqori zinalar tomon tez qadam tashlab ketarkan unga Yeonjun biroz tikilib qoldi
~
Huddi maktabning tashqi ko'rinishi kabi maxorat bilan qurilgan naqshinor devorlar bo'ylab yurarkan Akira nixoyat
~Citadel Kutibxonasi~
deya naqshinkorbyozilgan eshik qarshisida to'xtadi.
Biroz o'ylanib turdi-yu eshikni sekin ocharkan nazari butunlay boshqa olamga qadaldi
Ulkan zal butunlay kitoblar bilan to'lgan.Qavatlarida rangbarang kitoblar taxlangan hona markazida hatto kitoblar havoda muallaq harakatlanarkan Akira hayratini yashira olmadi.Tillarang hoshiyalar bo'ylab kitob javonlaridan sekin qadam tashlarkan eshik yonida,o'ng tomondagi kotib stoli qarshisiga keldi.Nimalarnidir tahlayotgan qora sochli biroz past bo'yli yigitning etiborini tortish uchun biroz tomoq qirarkan yigit tezda Akiraga nazarini qadadi
-Kechirasiz..Kelganingizni sezmay qolibman]Mayin so'zladi yigit
-Hech qisi yo'q]Akira ham kichik tabassum qilarkan
-Haligi sizni oldin bu yerda ko'rmagan ekanman Miss
-Men yaqinda keldim]Akira hijolatli jilmaydi
-Umuman olganda,men ham yaqinda bu yerda ish boshladim.Men ham yangiman]Jilmaydi yigit.Akira ham jilmayarkan
-Daniel]Yigitning so'zidan Akira tushunqiramas ekan
-Ismim shunday]Dedi yigit qizga tanishuv ramzi sifatida qo'l uzatib
-Akira]Qiz ham o'zini tanishtirib Danielning qo'lini siqimladi
-Tanishganimdan xursandman.Sizga qanday kitob kerak?]Daniel
-Haligi..Muzliklar Qirolligi haqida..
-Nima desam ekan...Qirolliklar haqidagi kitoblar juda sirli saqlanadi.Ammo endi siz bilan do'stlar ekanimiz sabab sizga kitobni berishim mumkin]Jilmaydi Daniel
-Juda hursand bo'lardim]Akira ham javoban jilmayarkan
-Faqat sizga kitobni berayotganim oramizda kichik sir bo'lib qolsin]Daniel jilmayarkan Akira ham bosh irg'adi
~
Daniel tomonidan berilgan judayam og'ir va ulkan kitobni arang kutibxona kursilaridan biriga joylashtirarkan Akira nafasini arang tartibladi
-Buncha og'ir bo'lmasa]Kitobni ochib sahifalarga ko'z yugurtirarkan butun boshli o'n ming uch yuz ellik sakkiz sahifali kitob ichidan o'ziga kerakli mavzuni topish uchun ancha ter to'kishini anglab yetdi
Muzliklarning tarixidan boshlab ilk qirolning vafotigacha o'qib ulgurgan Akira asab tolalaridan ayrila boshlagandi
-Jin ursin.Aholisi haqida umuman malumot yo'q..Shoshmachi..Bu nima?
-Muzliklarning qirol oilasi juda katta qudratni o'zida saqlashadi.Va asosan ushbu qudrat sir saqlanadi.Asrlar davomida afsun dunyosi ichra humkronlik qilgan Muzliklar saltanati qirol oilasi vakillari qondan-qonga o'tib keluvchi nasl egalari ichida asosiy merosxo'rlar:Malika Yelena,Valiaxd shahzoda Sunghoon va kenja shahzoda Sunoo.Va ularning barchasi Muzliklarning qirol oilasi vakillari kabi vampirlardir]Akiraning ko'zlari hayratdan kattalashdi kafti bilan lablarini hayratdan berkitarkan tanasi bir on muzlab qoldi
-D.Demak..Sunghoon vampirmi?
Akiraning nigohi keyingi satrlarda kezarkan
-Vampirlar asosan inson qoni bilan oziqlanishadi va ular inson qonisiz yashay olishmaydi.Bordiyu,inson qonini topa olishmasa...kuyib vafot etishadi..]Keyingi sahifaga nazari qadalishi bilan varoqlar birdan yonib yo'qolishni boshlarkan Akira hayratlanib kitobdan uzoqlashdi.Malumotlar joylangan harflar birin ketin o'chib ketarkan kitobning bir nechta varog'i yonib ketdi va olov o'z o'zida o'chdi
-B.Bu yana nimasi?..
#to_be_contiuned..