Chorvachilik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashning muammolari, yechimlari va rivojlantirish istiqbollari

Chorvachilik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashning muammolari, yechimlari va rivojlantirish istiqbollari


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Chorvachilik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashning muammolari, yechimlari va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Xalqaro anjumanni universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov ochib berdi va barcha mehmonlarni qutladi. Rektor konferensiya mavzusining ayni kundagi dolzarbligi, bu borada ta’lim maskanida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar xususida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi, shuningdek, hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan qilinayotgan hamkorliklar xususida so‘zladi.

Xalqaro konferensiyada Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Latviya, Ukraina, Polsha davlatlaridan soha mutaxassislari, yosh olim va tadqiqotchilar onlayn va oflayn tarzda ishtirok etishdi.

Xalqaro konferensiyada chorvadan olinadigan mahsulotlarni saqlash, ularni qayta ishlash va chorvachilik sohasida innovatsion texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Konferensiya sho'balarga bo'lingan holda davom etmoqda...


Axborot xizmati

Report Page