Chiroy - Qulaylik effekti
Abdulaziz Bekturdievhttps://lawsofux.com/aesthetic-usability-effect/

Odatda foydalanuvchilar chiroyli dizaynni ishlatishga qulay deb o'ylashadi. Estetik tomondan jozibador va tartibli chizilgan dizayn qulaylikdagi mayda muammolarni foydalanuvchilar tomonidan kechirilishiga sabab bo'ladi. Chunki dizaynning go'zalligi uni kichik muammolarga e'tibor bermaslikka sabab bo'ladi. Bu jarayon dizaynerlar uchun juda yoqimli, chunki qilingan mehnat foydalanuvchilar tomonidan yaxshi qabul qilinishi va maqtalishi juda yoqimli bir holat. Ammo bu effektga aldanmaslik kerak, chiroyli degani qulay degani emas.
Bu effektning kelib chiqishi 1995 yilda, Hitachi Dizayn Markazi tadqiqotchilari Masaaki Kurosu va Kaori Kashimura o'tkazgan tajribaga borib taqaladi. Tadqiqotchilar ATM interfeysining 26 xil ko'rinishini 252 ta foydalavchilarda sinab ko'rishadi. Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, interfeys qanchalik jozibador bo'lsa, shunchalik baland baholangan. Tajribada ishtirokchilari, jozibador dizaynni ham tashqi ko'rinishida va qulaylik punktlarida yuqori baholashgan, garchi jozibador dizaynlar aslida unchalik qulay bo'lmasada. Asli juda qulay lekin tashqi ko'rinishi unchalik jozibador bo'lmagan variantlar reytingda pastroq pog'onani egallashgan.
Bu effekt aslida yaxshi natija hisoblansada, uning chegarasi mavjud. Bu effektning ustunliklari bo'lgani kabi, uning o'ziga yarasha kamchiliklari ham mavjud. Bu effektdan unumli foydalana olish uchun uning kamchiliklaridan ham habardor bo'lish kerak. Chiroyli dizayn odamlarni mayda noqulayliklarga ko'z yumushga undashi mumkin, ammo katta muammolarni yashira olmaydi. Masalan, e-do'kon holatini analiz qilaylik. Mahsulotlarni savatga qo'shib, sotib olish jarayoni juda jozibador bo'lishi mumkin, lekin agar o'sha jarayon sodda va oson tuzilmagan bo'lsa, haridlar soni katta jabr ko'rishi mumkin. Bu esa o'z vaqtida biznesga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Jozibador dizayn odamlarni mahsulotga jalb qiluvchi mamba. ularni ushlab qolish va ulardan kutilgan ishlarni bajarishlari uchun jozibador dizaynning o'zi kamlik qiladi.
Bu effektni yana salbiy tomoni qulaylik testlarini o'tkazish jarayoni ko'zga tashlanadi. Test qatnashuvchilari odatda berilgan savollarga ijobiy javob berishga harakat qilishadi. Test jarayonida asosa kuzatiladigan 3 ta holat bor:
Ishtirokchilar fikr bildirishga majbur bo'lishadi - bunday vaziyatlarda ular qistov ostida fikr bildirishga majbur bo'lishadi va eng birinchi fikr albatta mahsulotning tashqi ko'rinishi haqida bo'ladi. Test jarayonida ishtirokchilarni qistamaslik va shoshiltirmaslik kerak. Yuz ifodalari va qo'l harakatlariga o'ta ehtiyot bo'lish kerak.
Ishtirokchilar ijobiy fikr bildirishga majbur bo'lishadi - bu holat asosan ishtirokchilarning salbiy fikr bildirishdan qo'rqishlari yoki moderator (test o'tkazayotgan shahs) ga achinish sababli bo'ladi. Ayniqsa bu holat moderator dizayn chizish jarayonida qatnashganini bildirib qo'ysa, yaqqol ko'zga tashlanadi. Moderator hech qanday holatda dizayn chizilishi jarayonida ishtirok etganini bildirib qo'ymasligi kerak. Aks holda test natijalarini kutmay qo'yavering.
Chiroy qulaylik effektining test jarayonidagi to'sqinligi - odamlar odatda test jarayonida pozitiv fikr bildirishga harakat qilishadi va eng birinchi bo'lib tashqi ko'rinish esga olinadi. Masalan, ishtirokchi test jarayonida undan kutilgan formani to'ldirish va saqlash tugmasini bosish uchun bir dunyo muammo va qiyinchiliklarga duch kelishi, hmada test ohirida undan so'ralganida o'sha formaning naqadar jozibador va qulayligi haqida gapirishi mumkin. Bu effektning salbiy tomonidan ehtiyot bo'lish uchun, test jarayonida ishtirokchining nafaqat gaplariga, balki hatti-harakatlari, yuz ifodasi va hamda o'zini tutishiga qattiq e'tibor berish kerak. Eng yaxshisi bir nechta moderator kuzatgani maqul, yoki ishtirokchidan ruhsat olgan holda video ga qayd qilish va uni sinchikovlik bilan ko'rib chiqish kerak.
Hulosa shuki, zo'r tanlangan ranglar, dizaynning go'zalligi, jozibador suratlar sizga savdoni ko'tarib bermaydi. Eng asosiy narsa bu dizaynning biznes maqsadlarigava odamlarning hohish-istaklariga monan bo'lishi. Jozibadorlik bu vaqtinchalik bir faktor bo'lib, u juda tez o'tib ketishi va tuzatib bo'lmas salbiy oqibatlarga olib kelishi ham mumkin. 3:30:3 qoidasini eslang, ijobiy birinchi ta'surot hosil qilish uchun 3 soniya vaqt bor holos, keyin foydalauvchini ushlab qola olish uchun 30 soniya va hamda uni mijozga aylantira olish uchun 3 daqiqa vaqt bor. Chiroy-qulaylik effekti o'sha jarayondagi 3 soniyani ko'rsatadi. Jozibadorlik qulaylik bilan hamnafas bo'lgandagina eng zo'r natijani ko'rsatadi. Qulaylikni chetga surib, faqat interfeysining jozibasiga etibor qaratgan mahsulotlar odamlarning hayotida joy topa olmaydi.