“Chirchiq shahrida maktab oʻquvchilari fuqaroga jarohat yetkazdi” izohi bilan tarqalgan video yuzasidan

“Chirchiq shahrida maktab oʻquvchilari fuqaroga jarohat yetkazdi” izohi bilan tarqalgan video yuzasidan

IIBB Axborot xizmati

Bugun, 23 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shaharda ikki nafar maktab yoshidagi bola 50-60 yosh orasidagi erkak kishini haqorat qilib, urganligi aks etgan video lavha tarqaldi va eʼtirozli muhokamalariga sabab boʻldi.

IIBB Axborot xizmati

Mazkur holat Toshkent viloyati IIBB nazoratida Chirchiq shahar IIB tomonidan oʻrganildi va jarayonda ishtirok etgan voyaga yetmagan shaxslar va ularning ota-onalari shahar IIBga taklif qilindi.

Aniqlanishicha, mazkur holat 2022-yil 21-may (shanba) kuni soat taxminan 17:30larda sodir boʻlgan. Voyaga yetmagan, 8-sinf oʻquvchilari 2007 y.t. N.L va 2007 y.t. E.A. jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, odob-axloq nomalariga zid ravishda Chirchiq shahar 4-kichik nohiya hududida 58 yoshli R.A. ni (Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi) hech bir sababsiz urib, bezorilik sodir etishgan.

IIBB Axborot xizmati

Oʻz navbatida voyaga yetmagan 2008 y.t. A.N. (7-sinf oʻquvchisi) mazkur jarayonni uyali aloqa vositasi orqali video tasvirga olgan. Keyinchalik video lavhani ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan.

Hozirda holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, bugunning oʻzida IIB masʼul xodimlari boshchiligida ushbu oʻquvchilar yashovchi mahallaga borilib, kelgusida bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida mahalla ahli, ularning ota-onasi va keng jamoatchilik ishtirokida muhokama oʻtkazildi.

IIBB Axborot xizmati

IIBB Axborot xizmati



Report Page