Chirchiq shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig’i Nazarov Shuxrat Xudayberdiyevichning sohada amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan MA’LUMOTNOMA

Chirchiq shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig’i Nazarov Shuxrat Xudayberdiyevichning sohada amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan MA’LUMOTNOMA

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati


Chirchiq shahriga davlat byudjeti daromadlari (kontingent) buyicha joriy yil uchun 172,7 mlrd.so‘m reja ko‘rsatkich belgilangan bo‘lib, 27-dekabr holatiga haqiqatda 171,1 mlrd. so‘mga yoki rejaga nisbatan 99,1 foizga tushum ta’minlandi.

Ma’lumot uchun: Chirchiq shahar bo‘yicha bugungi kunda jami 1790 ta korxona va tashkilotlar (QQS to‘lovchilari bilan 2647 ta) faoliyat yuritib kelmoqda. (QQS to‘lovchilar 857 tani tashkil etadi).

1790 ta (AOS to‘lovchilar 1399 ta ) faoliyat yuritayotgan korxona tashkilotlarga quyidagilar to‘g‘ri keladi. Bular;

Chakana savdo 825 ta, umumiy ovqatlanish 96 ta, dorixonalar 79 ta, AYoQShlar 15 ta, tibbiy xizmatlar 25 ta, transport xizmati 7 ta, to‘yxonalar 7 ta, oilaviy korxonalar 58 ta, dehqon bozori 1 ta, savdo komplekslari 3 ta, boshka pullik xizmat ko‘rsatish shahobchalari (paynet, aviakassa, avtoservislar va hokazo) 674 tani tashkil etmoqda. 

Jami faoliyat yuritayotgan YTTlar 1803 nafarni tashkil etadi. Bular asosan; Chakana savdo 761 nafar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni sotish 65 nafar, sartaroshxonalar 49 nafar, nonvoylar 47 nafar, davlat sherikchiligidagi bog‘chalar 11 nafar, oilaviy mehmon uylari 4 nafar, taksi xizmati 18 nafar, transport vositalarini ta’mirlash 27 nafar, mol so‘yish 1 nafar, boshqa faoliyat turlari 820 nafar.

O‘zini o‘zi band qilish, Chirchiq shahrida joriy yilning 27-dekabr holatiga 3183 nafar shundan fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinib, ular faoliyati qonuniyligi ta’minlangan.

Legalizatsiya, Chirchiq shaharda 2022-yil uchun belgilangan reja grafigi 2406 ta bo‘lib haqiqatda 27-dekabr holatiga jami 2412 tani norasmiy ishlayotgan ishchi hodimlarni aniqlanib, ya’ni o‘rnatilgan reja grafigi 100,2 foizga bajarilishi ta’minlangan.

Shuningdek, shaharda joriy yilning 27-dekabr oyi davomida 299 ta yangi tashkil etilgan (ro‘yxatdan o‘tgan) xo‘jalik su’bektlarning 28 tasi faoliyat ko‘rsatmayotgan bo‘lib, qolgan 271 tasida jami 302 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi va ular tomonidan byudjetga jami 351,7 mln.so‘m soliqlar hisoblandi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari bo’yicha jami ob’ektlar soni 51 776 ta, shundan noturar ob’ektlar 1 519 ta, hovli joylar 12 411 ta, kvartiralar 34 831 ta, dala hovlilar 1 015 tani tashkil etadi.

2022 yil uchun hisoblangan jami jismoniy shaxslarni mol-mulk va yer soliqlari summasi 12,6 mlrd.so‘mni tashkil etadi.

Shundan, noturar ob’ektlar 3,5 mlrd so‘m, turar ob’ektlar 9,1 mlrd. so‘mni tashkil etadi. 

2022-yil davomida undirilgan mol-mulk va yer soliqlari 11,9 mlrd.so‘mni tashkil etib, hisoblangan soliqqa nisbatan 94,1 foizga undirilishi ta’minlandi.

Report Page