Chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlab ketilishini oldini olish maqsadida reyd tadbirlari o‘tkaziladi

Chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlab ketilishini oldini olish maqsadida reyd tadbirlari o‘tkaziladi


Baʼzi yurtdoshlarimiz tomonidan chiqindini belgilanmagan joyga, koʻcha-koʻyga, daraxt tagiga, ariq ichiga, umuman, duch kelgan joyga tashlab ketilmoqda. Eng yomoni, koʻplab fuqarolar oʻz xonadonlarida hosil boʻlayotgan maishiy chiqindilarni avtotransport vositalari yordamida belgilanmagan joylarga chiqarib tashlash holatlari kuzatilmoqda.


Yangiyo‘l shahar dehqon bozori hududidan o‘tgan "Kurkuldak" kanal bo‘ylariga va “Fayzobod” MFY, Registon (Shermatov) ko‘chasining belgilanmagan joylariga tashlab ketilgan chiqindilar bugun "ZANGIOTA OBODON" MCHJ Yangiyo‘l shahar filiali tomonidan maxsus texnikalar yordamida olib ketilib, hududda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.


Hurmatli shahrimiz fuqarolari hamda shahrimiz mehmonlari Sizlardan chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamaslikni so‘rab qolamiz.


Shuningdek, joriy yilning 17-iyul kunidan chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlab ketish holatlarini oldini olish hamda bozor hududi yaqinidagi "Kurkuldak" kanali ustidan o‘tgan ko‘prik ustiga avtomobillarni qo‘yilib ketishini oldini olish yuzasidan reyd tadbirlari olib borilishini ma'lum qilamiz.

Report Page