Chiqindidan kelgan daromad: qanday qilib Amerika kompaniyasi chiqindidan katta pul qilmoqda

Chiqindidan kelgan daromad: qanday qilib Amerika kompaniyasi chiqindidan katta pul qilmoqda


Taxminan 10 yillarcha oldin McKinseyning yosh konsultanti Jon Vander Ark chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha kichkina kompaniya chiqindining har xil turlariga qo‘shimcha narx qo‘yib, qay tarzda ulkan foyda ola boshlashi mumkinligini tushundi. Bugungi kunda Republic Services — chiqindilarni boshqarish bilan shug‘ullanadigan, tushumi bo‘yicha AQShda ikkinchi o‘rinda turadigan kompaniya hisoblanadi, unga Bill Geyts sarmoya kiritgan, Vander Ark esa - uning bosh direktoridir.

Las-Vegasdan shimoldagi Qo‘y tog‘ida joylashgan Arex chiqindixonasi har kuni 280 ta yuk mashinasi olib keladigan 8000 tonna chiqindini qabul qiladi. Bu mashinalar federal yo‘ldan tushib, keyin ilonizi yo‘l bo‘ylab ishchi tomon deb ataladigan - g‘ildiraklarida tishlari bo‘lgan ulkan buldozerlar chiqindini bosayotgan va shibbalayotgan, taxminan 1,2 ga maydonni egallagan faol hududga ko‘tarilishadi. Chiqindi uyumlari ba’zi joylarda 150 metr chuqurlikkacha yetadi, lekin bu yerda hali ham Gunohlar shahrining chiqindilarini asrlar davomida ko‘mish uchun joy yetarli. Chiqindixona egasi, chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha pahlavon kompaniya Republic Services, butun Las-Vegas mintaqasidan chiqindi va ikkilamchi xomashyoni to‘plash bo‘yicha 15 yillik yakka huquqli kontrakt tuzdi.

«Biz buni franshiza deb atashni ma’qul ko‘ramiz», ― deydi Republic Servicesning kontrakt bo‘yicha tushumining 5%ini (yiliga $250 mln atrofida) eksklyuzivlik evaziga Las-Vegas okrugiga o‘tkazadigan, 47 yoshli bosh direktor Jon Vander Ark.

Republic har kuni mehmonxonalar va kazinolardan Arex chiqindixonasi yaqinidagi fermaga taxminan 28 tonna oxirigacha iste’mol qilinmagan taomlar va oziq-ovqat qoldiqlarini tashiydi — u yerda bu chiqindilarni cho‘chqalarni boqishadigan sariq-jigarrang tertga aylantirishadi. Boshqa organik chiqindilar vaqt o‘tib, chiriy boshlaydi va yashirincha “chiqindi gazi” deb aytishadigan metan ajratib chiqaradi — Republic uni to‘playdi va ustama narx bilan sanoatchi mijozlarga sotadi. Shu bilan birga, qazilma xomashyo kompaniyasi yangi chiqindiga joy ajratish uchun chiqindixonadan olib chiqib ketadigan, 150 yuk mashinasiga sig‘adigan maydalangan tog‘ toshi uchun Republicga royalti to‘laydi. Bu tosh Las-Vegasning yo‘laklari uchun betonga aralashtiriladi. Keyingi qadam — yangi “polimerlar markazi” bo‘lib,  u oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqaruvchilarining yangi materialdan ko‘ra, qayta ishlangan sifatli plastikka tayyorligidan pul ishlaydi.

Finkisda joylashgan Republic 41 shtatdagi 198 ta chiqindixona, 71 ta qayta ishlovchi markaz va chiqindi to‘plash yo‘nalishlarini boshqaradi. 2020-pandemiya yilidan keyin 2021-yilda hajmlar avvalgi qiymatlarga qaytdi, natijada kompaniyaning sof daromadi 17%ga oshdi va  $11,3 mlrdlik sotuvlarda $1,3 mlrdga yetdi. Uning hozir $131 atrofida savdo qilinayotgan aksiyalari, S&P 500ning indeksi o‘shandan beri 18%ga pastlagan bir paytda, 2021 yilgi rekord darajaga atigi 10% yetmay turibdi.

Vander Arkning siri nimada? U o‘zining ishida chiqindi - yuqori narxda sotilishi kerak bo‘lgan aktiv, degan g‘oyaga to‘iq amal qiladi. «Chiqindi siz qachonlardir o‘ylaganingizdan ko‘ra ancha qimmat turadi», ― deydi u zavqlanib. Har holda, ko‘p odamlar o‘ylaganidan ko‘ra qimmatroq. McKinseyning Garvard huquqshunoslik fakulteti diplomiga ega yosh konsultanti sifatida Republic bilan ishlay boshlagan 2009-yildayoq, Vander chiqindi qanchalik qimmat turishi turishi mumkinligini tushundi. «Pandemiya biz nazorat qila oladigan yagona narsa, bu ― narx ekanligini isbotladi. Biz hajmlarni nazorat qilmaymiz va talab yaratmaymiz».

«Men McKinseyning konsultantlariga shubha bilan qarayman, ― deydi 2008 yildan beri chiqindidagi biznesni o‘rganayotgan baltimorlik Stifel Investments firmasining boshqaruvchi direktori Maykl Xoffman. ― Lekin Jon ularning o‘zlari o‘ylab yetolmaydigan qandaydir narsa olib kirdi. Chiqindilarni sanoat uchun to‘plash tarmog‘i hech qachon aktivlarga tanqislik sifatida o‘rin bermagan, hech qachon yo‘nalishlarni maksimallashtirmagan». Avvaliga yosh konsultant o‘sha paytdagi SEO (inglizcha qisqartma «si-i-ou», bosh ijrochi direktor) Don Slagerni Republic mustaqil chiqindi yig‘uvchilardan chiqindilarni kompaniyaning chiqindixonalariga tashlash huquqi uchun unchalik qimmat bo‘lmagan “komission” to‘lov olishiga ishontirdi. Chiqindixonadagi yana bir necha tonna chiqindining marjinal narxi, yangi chiqindixonalar yaratishga ketadigan katta xarajatlarni o‘z ichiga olmagani bois, yanglishtiradigan darajada arzon tuyulardi. Mohiyatan, Republic bo‘lg‘usi foydani juda arzon sotayotgan edi.

Vander Ark Republic narxlarni keskin ko‘tarishi kerak, deb ta’kidlardi. To‘lovni amalga oshira oladiganlar esa, Republic tomonidan sotib olishning potensial ob’ekti bo‘lish uchun, qanchalik foyda ko‘ruvchi deb hisoblashlarini o‘zlari belgilashdi. Xoffmanning so‘zlariga qaraganda, faqat 2019-yilda ularning Xyustondagi asosiy raqibi Waste Management (2021-yildagi sotuvlari — $18 mlrd) xuddi Republic kabi tajovuzkor narx siyosatiga erishdi.

Waste Management ham, Republic ham (tegishlicha, chiqindini olib chiqib ketish bo‘yicha reytingda birinchi va ikkinchi o‘rindagilar) — 2018-yilda vafot etgan milliarder Ueyn Xuizengning farzandlaridir. U chiqindini olib ketuvchi mashinalardan boshlagan, keyinroq esa yuzta raqobatchilarini sotib oldi va 1971-yilda Waste Managementni birjaga olib chiqdi. 1984-yilda u kompaniyani tark etdi va  xuddi shu tarzda 1999-yilda Blockbuster Video va AutoNation bilan raqiblarni sotib olish strategiyasini takrorladi.

10 yil o‘tgandan keyin Vander Ark kompaniyaga kelganida, Republic hali ham o‘zining hamma xaridlarini yaxlit holga keltira olmagandi. U Duncan Disposaldan tortib, Trash Taxigacha o‘nlab nomlar ostida faoliyat yuritayotgandi — va yuk mashinalarini ta’mirlash yoki avtoparkni boshqarish standartlariga ega emasdi. «Yuk mashinasini 165 ta har xil usullar bilan ta’mirlash kerak emas — bitta usul bo‘lishi shart. Uzoq vaqt davomida ishlatish, bu — foyda. Avtopark yurib turishi kerak», ― deydi yuk mashinalari yurishda davom etishi uchun hatto mexaniklarni ham butun mamlakat bo‘ylab xizmat safariga jo‘natayotgan Vander Ark.

Vander Arkning o‘sish va foydaga yondashuvini Republic yaqinda tuzgan bitim ham yaxshi tasvirlab beradi, bu kelishuv orqali Republic xavfli chiqindilarni utilizasiya qilish bozorining 36%ini egallagan va kimyoviy, tibbiy va past darajali yadro chiqindilari ko‘milgan beshta chiqindixonalarni boshqaruvchi U.S. Ecology kompaniyasini $2,2 mlrdga sotib oldi. U ikkilanib o‘tirmay, operasion marjinalligi Republicdan pastroq bo‘lgan kompaniya aksiyalarining dastlabki narxi ustiga 70% qo‘shib to‘ladi. Gap shundaki, xavfli chiqindilarning miqdori odatdagi chiqindiga qaraganda tezroq ortib borayotganligi, xavfli chiqindilarning yangi chiqindixonasini ochishning derli iloji yo‘qligi bois, u narxlarni ko‘tarishi va rentabellikni oshirishi mumkin.

Shunday investisyalarga qaramay, Republic barqaror ravishda dividendlar to‘lab bormoqda. Uning yirik aksioneri Cascade Investments (Microsoft hammuassisi Bill Geytsning shaxsiy xolding kompaniyasi) 34% ulushi tufayli, har yili $200 mlndan ortiq dividendlar olyapti. Xoffman bu Geyts uchun aktivlarni diversifikasiya qilishning yaxshi usuli, deb hisoblaydi. «Esingizda bo‘lsin, biz chiqindi haqida gapirayapmiz, ― deydi Xoffman.— U ko‘p kapital kiritishni talab qiladi va dasturiy ta’minot kabi yiliga 20%ga ko‘paymaydi, lekin yirik o‘yinchilar uchun bu endi g‘ayrioddiy barqaror va pul qadrsizlanishiga chidamli biznesdir».

Shunday ekan, jamiyat chiqindi ishlab chiqarishda davom etishiga dov tikish yutqazmaslik bo‘lib ko‘rinayapti. Agar odamlar yana ko‘chalarga chiqindi tashlay boshlasa, chiqindi tashuvchilar uchun bu ishonchli kelajak ta’milanganidir.

https://www.forbes.ru/biznes/472809-dohody-iz-othodov-kak-amerikanskaa-kompania-prevrasaet-musor-v-bol-sie-den-gi

Report Page