Chinoz tumanida 9-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish tadbiri boʻlib oʻtdi.
Alisher MavlonovTadbirda Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov va sektor rahbarlari ishtirok etishdi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti "Yaxshi-niyat" mahallasida joylashgan boʻlib, bugun mahalla aholisi uchun quvonchli kun boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabrdagi PQ-404-sonli qaroriga asosan, "2024-2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish" dasturi doirasida, Chinoz tumanidagi 9-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining 180 oʻrinli yangi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Ushbu taʼlim maskanining ochilish marosimida tuman hokimligi vakillari, tuman deputatlari, mahalladagi keksa-nuroniylar, ota-onalar va koʻplab mehmonlar ishtirok etdilar.
Asosiy maqsad — bolajonlarning taʼlim olishiga qulay sharoitlar yaratishdir.