📌Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov tumandagi umumtaʼlim va davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

📌Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov tumandagi umumtaʼlim va davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

Alisher Mavlonov


♻️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabrdagi PQ-404-sonli qaroriga asosan "2024-2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish" dasturiga asosan Chinoz tumanida 3 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabi (9- umumtaʼlim maktabida 500-oʻrinli qoʻshimcha bino qurish, 41- umumtaʼlim maktabida 80 -oʻrinli qoʻshimcha bino qurish, 45-umumtaʼlim maktabida 300-oʻrinli qoʻshicha bino qurish) va 1 ta (9-DMTT-180 oʻrinli yangi bino qurish) davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida rekonstruksiya va qayta qurish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 


♻️Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov hamda tuman hokimining o‘rinbosari T.Tojiboyev bilan birgalikda umumta'lim maktablarida va davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida qayta qurish va rekonstruksiya ishlari oʻrganib chiqildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish toʻgʻrisida qurilish tashkiloti rahbarlariga tegishli koʻrsatmalar berildi. 

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.

Report Page