📌Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov boshchiligida tuman hokimining oʻrinbosarlari va mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda "Gʻayrat" mahalla fuqarolari yigʻinida aholi murojaatlariga asosan uchrashdi.
Alisher Mavlonov♻️Uchrashuv davomida "Gʻayrat" mahallasi aholisi ichimlik suvi hamda tomorqalarini sugʻorishlari uchun ariq suvi taʼminotini yaxshilash masalalarida murojaat qilishdi.
♻️Hozirgi kunda "Toshkent viloyati suv taʼminoti" MCHJ tomonidan "Gʻayrat" mahallasida ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash uchun qoʻshimcha ichimlik suv qudugʻini qazdirish va burgʻilash ishlari boshlangan boʻlib, burgʻilash ishlarini yakunlash sentabr oyining oxiriga rejalashtirilgan.
♻️Qoʻshimcha suv qudugʻi ishga tushirilishi natijasida "Gʻayrat" mahalla aholisi toʻliq ichimlik suvi bilan taminlanadi.
✅Shuningdek tuman hokimi aholiga tomorqalarini sugʻorishlari uchun reja-grafik asosida ariqlarga suv berilishini qatʼiy nazorat qilish boʻyicha "Chinoz suv yetkazib berish xizmati" Davlat muassasasi rahbariga topshiriq berdi.
Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.