Chim ustida xokkey: terma jamoamizni xorijlik mutaxassis shug‘ullantiradi

Chim ustida xokkey: terma jamoamizni xorijlik mutaxassis shug‘ullantiradi


Chim ustida xokkey bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasida xorijlik mutaxassis – Osiyo xokkey federatsiyasi vakili, xalqaro toifadagi trener Zohid Ali ish boshlaydi.

Ushbu qarorga O‘zbekiston Chim ustida xokkey federatsiyasi raisi Bahodir Ahmedovning Zohid Ali bilan uchrashuvi davomida kelishib olindi.

Maʼlumot uchun, Osiyo xokkey federatsiyasi vakili, xalqaro toifadagi trener Zohid Ali O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro xokkey federatsiyasi va O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasining hamkorligi asosida taklif etildi.

Xorijlik mutaxassisning yurtimizga tashrifidan ko‘zlangan maqsad mamlakatmizda xokkey sport turini yana-da rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik ko‘lamini kengaytirish hamda xalqaro sport musobaqalarining sralash bosqichlarini mamlakatimiz mezbonligi ostida o‘tkazish kabi masalalarni muhokama etishdan iborat edi.

Shuningdek, xorijlik mutaxassis ishtirokida 17-18-noyabr kunlari Andijon viloyatida, 20-21-noyabr kunlari Samarqand shahrida mahalliy murabbiylar uchun tajriba almashish, ularning malaka va mahoratini oshirish maqsadida seminarlar tashkil etildi.

Tashrif yakunida Zoxid Ali federatsiya raisi B.Ahmedovni joriy yilning 14-20 dekabr kunlari Bangladeshda o‘tkaziladigan “Champions Trophy” halqaro musobaqasiga taklif qildi.


Report Page