Chevrolet Tracker va Onix kontraktatsiyasining birinchi kun natijalari

Chevrolet Tracker va Onix kontraktatsiyasining birinchi kun natijalari

UzAuto Motors

Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining yangilangan komplektatsiyalar qatori sotuvi boshlangan kunning o’zida 24 878 dan ortiq shartnomalar imzolandi. Shundan 21 489 donaga yaqini Chevrolet Tracker avtomobil modeli uchun tuzilgan.

Ushbu sotuv tahlillari, o'z navbatida, mijozlarning avtomobillarga bo’lgan talabining ortganini hamda oddiysidan yaxshisiga intilishi oshib borayotganligini ko'rsatadi. Buni ularning tanlovidan ham ko’rish mumkin. Chevrolet Tracker avtomobilini xarid qilish uchun tuzilgan shartnomalarning aksariyati (65%i) avtomobilning Plus va Redline komplektatsiyalari uchun tuzilgan. Xuddi shunday holat Chevrolet Onix avtomobillarida ham kuzatilmoqda. Avtomobil sotib olish uchun tuzilgan shartnomalarning 75 %i aynan uning yangilangan komplektatsiyalari uchun tuzilgan.

Report Page