Chevrolet Cobalt, Lacetti va Damas avtomobillari sotuvda yangi komplektatsiyalarda 

Chevrolet Cobalt, Lacetti va Damas avtomobillari sotuvda yangi komplektatsiyalarda 

UzAuto Motors

UzAuto Motors ishlab chiqarish liniyalarida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari, shuningdek zavod faoliyati samaradorligining oshishi hisobiga 2023-yilda qo’shimcha 50 000 dona avtomobil ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi.

UzAuto Motors kompaniyasi ishlab chiqarish hajmining o'sishini hisobga olgan holda, Chevrolet Cobalt, Lacetti va Damas modellarining yangi komplektatsiyalari uchun kontraktatsiya ochilganini ma’lum qiladi. Shu bilan birga, avvaldan mavjud bo’lgan komplektatsiyalarning narxlari o’zgarishsiz qoladi.

Bundan tashqari, avtomobillarni yetkazib berish muddatini qisqartirish maqsadida kompaniya ishlab chiqarish jadvaliga muvofiq savdo tizimini joriy etmoqda.

Yangilangan komplektatsiyalar qo’shimcha opsiyalar bilan:

Damas D2 DLX Style Plus: 92 204 000                         

LABO LB2 Plus: 91 669 000

COBALT GS-Style Plus MT: 113 711 000

COBALT GX-Style Plus AT: 134 294 000

LACETTI  L-Style Plus MT CNG: 144 111 000

LACETTI  L-Style Plus AT: 160 868 000

Avtomobillar uchun shartnomani Chevrolet’ning vakolatli dilerlik markazlarida, shuningdek UzAutoSavdo ilovasida (iOS/Android) tuzishingiz mumkin.

Avtomobillar haqida batafsil ma’lumotni +99878 141 7777 telefon raqamiga qo’ng’iroq qilib bilishingiz hamda UzAuto Motors’ning rasmiy saytlarida www.uzautomotors.com va www.chevrolet.uz dan olishingiz mumkin.

UzAvtoSavdo_bot rasmiy Telegram boti orqali shartnoma boʻyicha avtomobil holatini tekshirishingiz mumkin.

Report Page