Chevrolet Captiva: Sizning oilaviy hamrohingizni tez kunda yangi ko'rinishda kutib oling

Chevrolet Captiva: Sizning oilaviy hamrohingizni tez kunda yangi ko'rinishda kutib oling


Barcha uchun sevimli avtomobilga aylangan Chevrolet Captiva’ning avvalgi muvaffaqiyatli modellaridan so‘ng, Chevrolet yangilangan Chevrolet Captiva'ni taqdim etgan holda yuqori marraga erishdi. Mazkur avtomobil Chevrolet rusumlarini ishlab chiqarishda to'plangan boy tajriba asosida yaratilgan bo'lib, o'zida SUV ''3S'' ya'ni Stylish, Spacious, Smart (o'ziga xos uslub, shinam va aqlli) kabi zamonaviy konsepsiyani mujassamlashtirgan.

Yangi Chevrolet Captiva SUV-C oilasiga mansub avtomobillarning qanday bo'lishi kerakligi haqidagi taxminlarga munosib javob bo'la oladi. Butunlay yangi Chevrolet Captiva o'zining zamonaviy dizayni va uslubi bilan Chevrolet oilasining bizga tanish bo'lgan avtomobillaridan farq qiladi. O'ziga xos tashqi ko'rinishidan tashqari, mazkur yetti o'rindiqli avtomobil yurtimiz an'analariga mos tarzda katta oilalar qolaversa, ularning barcha a'zosini sig'dirishga mo'ljallangan.

Qulaylik

Ko'proq qulaylik yaratish maqsadida o'rindiqlar ''soft touch'' charm matosi bilan qoplangan.

Panorama lyuki salon ichki qismini yanada tabiiy yorug’lik bilan ta’minlaydi. Tomga o'rnatilgan relslar esa piyoda sayr hamda velosipedda sayohat qilishni xush ko’ruvchi oilalar uchun juda mosdir. 

Multimediya tizimi

10.4 dyumli sensorli ekran avtomobil axborot-ko‘ngilochar tizimining yuragi bo‘lib, yon-atrof yoki orqa kuzatuv kamerasi yordamida 360 darajada to'liq nazorat qilishni ta'minlaydi.

  • Chevrolet Infotainment Bluetooth ®, AM / FM radio va AUX tizimi
  • 10,4 dyumli sensorli ekran
  • Apple CarPlay ™ va Android Auto ™ tizimlarining birlashuvi
  • 6 dinamik
  • Har bir o'rindiq uchun USB-portlar.

Xavfsizlik tizimlari:

- 4 ta xavfsizlik yostiqchalari ( 2 ta old va 2 ta yon)

- ABS va EBD tormoz tizimi

- StabiliTrak ® stabilizatsiya tizimi. 

Yo’lovchilar uchun himoya tizimi:

- Bolalar o’rindiqlari (ISOFIX).

- 3 tomonlama himoya kamarlari

- Kamarlardan foydalanish ko’rsatkichlari.

Baxtsiz hodisalarning oldini olish tizimi:

– Avtomobilni olib qochishga qarshi signal

– Orqa kuzatuv kamerasi

– Old va orqa parkovka datchiklari

– Shinalar bosimi monitoringi tizimi (TPMS)

– Kruiz-kontrol.

Avtomobil LT1 , LT 2, va Premier komplektatsiyalarida taqdim etiladi. 

Yangilangan Chevrolet Captiva avtomobilini xarid qilish uchun shartnomani tez kunda Chevrolet rasmiy dilerlik markazlarida tuzishingiz mumkin.

Chevrolet Captiva narxlari:

  • LT1 (5 o'rindiqli): 299 900 000 so'm;
  • LT2 (7 o'rindiqli): 319 900 000 so'm;
  • Premier (7 o'rindiqli): 349 900 000 so'm.

*Narxlar QQSni hisobga olgan holda ko’rsatilgan. 

Batafsil ma’lumot olish uchun kompaniyaning rasmiy dilerlariga yoki “UzAuto Motors” call-center telefon raqamlariga murojaat qiling: (+998) 78–141–77−77.)










Report Page