Chempionlarning navbatdagi g‘alabasi!

Chempionlarning navbatdagi g‘alabasi!

Lobar Turayeva Khiso PR manager
Khiso o'quv markazi

Inson qachonki oldiga o‘zi uchun muhim qaror qo‘ya olsa,albatta natijaga erishadi. Biz bilgan muvafaqqiyat formulasi ham aynan maqsad,harakat va bilimdan iborat. Bugun oramizda millionlab maqsadli insonlar bor. Ularning ko‘pchiligi harakat qilib,eng katta xazina-bilimni qo‘lga kiritishmoqda. Siz qadam qo‘ygan zinadan keyingi pog‘ona, hozirgisidan ancha baland. Demak,har doim harakat ko‘rsatkichimiz tepaga qarab intilishi lozim.

Har birimizda borliqning bir jumbog‘iga bir yechim mavjud. Faqatgina hayot teoremasiga asoslanib,eng to‘g‘ri javobni topa olish darkor. Bizni o‘rab turgan jamiyatdagi o‘rnimizni o‘zimiz, salohiyatimizga asoslanib belgilaymiz. Barcha sohalar kabi ta'lim ham o‘zining cho‘qqisini belgilayotgan bir davrda, yaratib berilayotgan shart-sharoitlardan vaqtida oqilona foydalanish,g‘alabaga bo‘lgan imkonni ikki hissa oshiradi. Jahon hamjamiyati qatorida o‘z so‘zimiz, kuchli zehnimiz va salohiyatimizning borligi,tinimsiz mehnatimiz samarasidir.

Khiso o‘quv markazi

Ushbu so‘zlarning isboti sifati joriy yilning mart oyida o‘tkazilgan 5-Xalqaro Kavkaz Matematika Olimpiadasida O‘zbekistonlik ishtirokchilarimiz erishgan yutuqlarini aytishimiz mumkin. O’zsanoatqurilish aksiyadorlik tijorat banki homiyligi yordamida KHISO o’quv markazimizning 8 nafar tinglovchilari kuchli bilimi va ko‘nikmalari tufayli 3 ta bronza va 3 ta kumush medallarini qo‘lga kiritishdi.

Khiso o'quv markazi

Albatta g‘oliblarimizni faxr bilan tanishtirib o‘tish maqsadga muvofiqdir:

Xolmatov Jaloliddin(kumush medali sovrindori)
Bo‘riyev Iskandar(bronza medali sovrindori)
Majidov Mukhammadrizo(bronza medali sovrindori)

Eslatib o‘tamiz,yuqorida ismi qayd etilgan ishtirokchilarimiz musobaqaning kichik yoshlilar(juniors) o‘rtasida g‘olib deb topilgan.

Khiso o'quv markazi
Mahmudov Farrux(kumush medali sovrindori)
Ismatov Abdulla(kumush medali sovrindori)
Ibrohimov Najmiddin(bronza medali sovrindori)

Ushbu qatnashchilarimiz kattalar(seniors) o‘rtasida g‘oliblik shohsupasini egallash baxtiga muyassar bo‘lishdi. Shu qatorda, Butayev Abror va Abdullayev Muhammadaminlar ham o‘zining faol ishtiroki uchun munosib taqdirlandilar.


Khiso o‘quv markazi

Bilamizki,ota-ona farzandi muvafaqqiyatidan qanchalik xursand bo‘lsa, faxrlansa, bugun butun O‘zbekiston ushbu chempionlarimizning navbatdagi g‘alabasi tufayli quvonchga to‘lmoqda. Biz zukko, intiluvchan, bilimli yoshlarni o‘zimizdan, oramizdan kashf etamiz. Balki, shu qatorda siz ham bo‘lishingiz mumkin. Kunlar ketma-ketligi singari, maqsadlar va marralar jadvalini ham aniq tuzing. Va start chizig‘ini bilim bilan boshlab, finishga g‘alaba bilan yetib boring. Bugun bizning safda bo‘lishning ayni vaqti!

Lobar Turayeva

Khiso O‘quv markazi matbuot kotibi

Khiso o'quv markazi


Report Page