-17
MMMDAABugun ertalabdan bir haftadan beri o'chmagan gaz va svet yana o'chdi. Menimcha "kattalar" uy-uylariga qaytib ketishdi. Aslidaku menga gaz va svet deyarli muammo tug'dirmaydi. 25 yillik umrim davomida sovuq va zulmatdan ko'ra kattaroq muammolar meni ta'qib qilgan. Ammo kutilmaganda hayotimga kirib kelgan insonlar yani xotinim va ikki farzandim sovuq va zulmatga ko'nika olishmaydi. Ertalabdan telegram mesenjeri orqali tunda havo harorati -17 darajaga tushishi haqida habarlar tarqadi. Men esa habar feyk ekanligiga umid bog'ladim. Keyin esa ahvolimga qarab kulgim keldi. Men gaz yonishiga emas, balki 4 qatorlik habarning feyk bo'lishiga umid bog'layotgandim.
Odatiy qishloq uylaridek bizning uyda ham sandal bor. Shaharliklar ko'zlari "mo'ltirab" yoshligimiz deb sandal atrofida o'tirgan oilaning suratiga qarab qo'yishadi. Ular mening ukam 5 yoshida aynan sandaldan chiqqan gaz tufayli vafot etganini bilishmaydi. Ular sandalning oldida o'tirishmagan ham. Romantika deb o'ylagan narsalari aslida fojea. Ha uzr chalg'ib kettim. Hullas sandalga solish uchun ko'mir qolmagan. Aksiga olib ortiqcha pulim ham yo'q. 12 soatlik og'ir mehnatga ketayotganimni sezib turardimu hayollarim boshqa joyda edi. Endigina bir yoshdan oshgan o'g'lim kasal edi. Aslida ikkinchi farzand yaqin oradagi rejalarimizda yo'q edi. Lekin onam Farangiz birinchisini qiz tuqqani uchun unga kun bermasdi. Mana to'yimizdan 5 yil o'tar-o'tmas psixologik jarohatlar bilan o'sayotgan qizim, boshi kasaldan chiqmaydigan o'g'lim, bukchayib qolishni boshlagan hotinim bor edi. O'lganning ustiga tepgan qilib bugun -17 kutilayotgan edi. Nima qilishimni bilmay qoldim. Men bunday hayotni orzu qilmagan edim. Ishda ham hayollarim joyida bo'lmadi. Hech bo'lmasa svet kelishiga umid bog'layotgandim. Zulmat kechalarda ham bir oz yorug'lik topa olsangiz ko'nglingizda umid uyg'onadi va bir amallab tongacha yetib olasiz.
12 soatlik ish vaqti qanday tugaganini bilmayman-u chalg'ish uchun twitterga kirganim yodimda. U yerdagi insonlar "foxishalikni legallashtirish kerakmi yo'qmi?" deb tortishishardi. Avvalroq "geylar" keyin "pedofillar" haqida tortishib o'tirgan bu qatlam o'zini intelektual qatlam deb atashiga hayron qolardim. Twitterga chalg'ib boshliqdan tanbeh eshitdim lekin bu ham miyaga kirgani yo'q. Ishdan chiqib uyga shoshildim. Farangiz o'g'limni quchoqlab isitib yotgan bo'lsa-yu mening borlig'im, yashashga motiv berayotgan va hayotim ma'nosi bo'lgan qizim sovuqda o'tirishini xohlamasdim. Tezroq borib uni quchoqlab erkalashni va albatta isitishni xohlardim. Mahallalar qop-qorong'u edi. Kayfiyatim buzuldi. Uyga kirganimda qizim bilan o'zimizni tilda aytganda "acho'm-acho'm" qilib so'rashdik. Qizim sovuqqotardi. Ayolim va farzandlarim oldida men o'zimni aybdor his qilardim. Axir erning/otaning vazifasi oilani ta'minlash. Men esa taminlay olmasdim.
Sovuqda muzdek ko'rpaning ichiga kirib yottik. Og'lim onasi bilan men qizim bilan.
- Dada sovuq, - dedi qizim titrab
- Qizim biroz chida oz qoldi.
Qizimning bu gapi jon-jonimdan o'tib ketti. Men nima qilayapman? Qayerdaman? Kim uchun yashayapman? Nima uchun yashayapman? O'zi bu yashashni yashash deb bo'ladimi? Klassik kitoblarda qandaydir ruhan ezilgan, hayottan to'ygan, kimdir unga hiyonat qilgan insonlar nimadir jinnilik qilardi. Bu katta ehtimol bilan suidsid bo'lardi. Oradan 20 daqiqa vaqt o'tti.
- Dada sovuq, - dedi qizim bu safar yig'lamsirab.
- Qizim ozgina qoldi.
Meni ham ko'zimga yosh keldi. Erkak yig'lamaydi deydiganlar bekorlarni beshtasini aytibdi. Erkak mana shunday paytta yig'laydi. Yonimda Farangiz ham unsiz yig'lardi. Tanam o'zimga boysunmay qo'ydi. Nima qilarimni bilmasdim. Tashqarida esa -17 edi. Chalg'imoqchi boib "tepadagilar" ham mana shunday ahvolga tusharmikan deb o'ylashni boshladim. O'ylayverib aqldan ozayozdim. Mana shu bizga yetib kelmayotgan gazning javobini qachondir berishlariga umid qilardim. Bu dunyoda bo'lmasa u dunyoda. Balki shuning uchun ham Qiyomat meni qo'rqitmas. Axir har bir davlat pullarini yeb-yuborayotgan kimsalarning birma-bir javob berishini jonli efirda guvohi bo'lamiz.
- Dada sovuqqotib ketdim.
Endi men kulishni boshladim. Telbalardek kulardim. Hozirgi holatimdan, avvalgi 25 yillik umrimdan kulardim. Mana bu zulmatda ko'rinmayotgan kelajakdan kulardim. 2020-yilda birorta ham kambag'al inson qolmadi degan gapdan kulardim. Tong otishiga ishonmay kulardim. Jinni bo'lganimni his qildim. Qizimni bo'g'ib o'ldirdim keyin xotinimni keyin o'g'limni. Bu ishni telbalarcha kulib amalga oshirdim. Tashqariga chiqdim. Hovlida -17 hukum surardi. Molxonadan arqon olib chiqdim va oilam jasadlari yotgan honaga kirib sekinlik bilan arqonni tepadagi ustunga bog'ladim. Ichimda bir hotirjamlik hukm surardi. Sababi qizim o'g'lim va ayolim endi sovuqqotishmayotgan edi. Hotirjamlik bilan bo'ynimni dorga kirgazdim va...
Tashqarida -17 hukum surardi.
Azimbek Xushmamatov 2021-yil yanvar