Chashma – har tomchisida ma’rifat!

Chashma – har tomchisida ma’rifat!

💧 CHASHMA – har tomchisida ma’rifat!

“Alloh taolo har bir insonni o‘ziga xos xususiyatlar bilan yaratgan. Bu xususiyatlar ichida o‘zgalardan o‘rnak olish, kimgadir o‘xshashga intilish, ibratlanish kabilar ham bor. Buning hikmati esa insonning yaxshilik, go‘zallik va kamolot sari intilishiga layoqatli bo‘lishi hamda bundan manfaat olib, ikki dunyo saodatiga erishishidir.”

  Odinaxon Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Go‘zal o‘rnak" kitobidan

🩵 CHASHMA NIMA?

 CHASHMA — bu ayollar uchun oylik pullik obuna asosida ishlaydigan yopiq Telegram kanali bo‘lib, har bir kuningizni ma’noga to‘ldirish, ruhingizni oziqlantirish va fikringizni teranlashtirishga xizmat qiladi.

🎯 LOYIHANING ASOSIY MAQSADI:

  • “Chashma” ijtimoiy kanalining bosh maqsadi ayol-qizlarimiz orasida ilm-ma’rifatni targ‘ib qilish
  • Shaxsiy va ruhiy rivojlanish yo‘lida ularni qo‘llab-quvvatlash
  • Ularning qalbini ilm nuri bilan yoritish
  • Ustoz Odinaxon Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ilmiy va ish faoliyatlari misolida go‘zal o‘rnak bo‘lish
  • Ayollarning e’tiborini moddiyat va o‘tkinchi havaslardan haqiqiy qadriyat – ilm tomon burish
  • Ko‘pchilik ayollar aziyat chekadigan ma’naviy bo‘shliq muammosini to‘g‘ri kontent bilan to‘ldirish

Chashma cho‘lni obod qilgani kabi, bu loyiha ham ayollarning qalbi va ongini yangilaydi. Kanaldagi har bir post, har bir rubrika va har bir lahza ma’rifat tomchilaridir.


💠 NIMA UCHUN “CHASHMA”?

Chunki har bir ayol ich-ichidan toza, chuqur, ishonchli bir manba – haqiqat ilmiga intiladi.

CHASHMA — bu ichki ovozga javob!

Bu barakali, sof, tuganmas ilm manbai.

Bu ayollarni haqiqatga eltuvchi yo‘l.

💠 KANALDA SIZNI QANDAY KONTENTLAR KUTMOQDA?

🔹 Kun fikri – sizni har kuni o‘ylantiradigan, ruhlantiradigan, hayotingizga yo‘l ochadigan iboralar.

🔹 Odinaxon Bintu Sodiq faoliyatlari haqida – ko‘pchilik havas qiladigan ustozning ish va ilmiy faoliyatlaridan yangiliklar, ma’lumotlar.

🔹 Kitob va film tavsiyalari – hayotingizda tub burilish yasaydigan, o‘zingiz va yaqinlaringizga nisbatan munosabatingizni o‘zgartirishga qaratilgan manbalar.

🔹 Savol-javoblar – ayollar hayotidagi eng dolzarb, ammo ko‘p hollarda ochiq aytilmaydigan savollarga ilmiy asoslangan javoblar.

🔹 Hayotiy hikoyalar – o‘zgarish yo‘lida qadam tashlagan opa-singillarning yurakdan chiqqan hayotiy kechinmalari va ilhombaxsh yutuqlari.

🔹 Audiokitoblar, jonli darslar, vazifalar – tinimsiz rivojlanishingizga mo‘ljallangan, siz uchun qulay paytda ilm, tarbiya va ruhiy yuksalishdan bahramand bo‘lishingizga qaratilgan imkoniyatlar.

🔹Ustoz tavsiyalari – ko‘pchilik havas qiladigan ustozning o‘z xodimalari va ayollarga beradigan tavsiyalaridan bahramand bo‘lish imkoniyati.

🔹Farzand tarbiyasi – ko‘pchilik onalarimizni o‘ylantiradigan farzand tarbiyasi borasidagi tavsiyalar, ilmiy maqolalar va hayotiy tajribalar jamlanmasi.


💳 A’zo bo‘lish shartlari qanday?

📌 Kanalga obuna bo‘lish – oyiga atigi 59 000 so‘m

Bu mablag‘ nafaqat ilmingizga kiritgan sarmoyangiz, balki u jamiyatdagi ko‘plab ayollar hayoti o‘zgarishiga turtki bo‘ladigan kontentlar va loyihalar rivoji uchun sarflanadi.


💬 Nima uchun siz aynan CHASHMAga qo‘shilishingiz kerak?

🔹 Chunki siz zamonaviy hayotda o‘rningizni yo‘qotmasdan yashamoqchisiz.

🔹 Chunki siz onalik, rafiqalik, qizlik burchingizni chuqur anglab yetmoqchisiz.

🔹 Chunki siz haqiqat ilmiga tashna, qalbida buyuk muhabbat bilan yashayotgan ayolsiz.

CHASHMA – bu sizni kutayotgan o‘sha manba.


📥 Obuna bo‘lish uchun quyidagi botga murojaat qiling: @ChashmaGoBot

📌 Loyiha yuzasidan qo‘shimcha savollar bo‘yicha adminga murojaat qiling: @Chashma_Admin

🫧 CHASHMA – har tomchisida ma’rifat!


Diqqat! Ushbu loyiha ustoza Odinaxon Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ilmiy faoliyatlari bo'yicha ish olib boruvchi ta'lim bo'limi tomonidan yuritiladi.








Nilufar Turopova


Report Page