Chaqqonlar honimi ( 6-7 kishilik)

Chaqqonlar honimi ( 6-7 kishilik)


200 gr suv

1 ta tuxum

1 choy qoshiq tuz

Un

400 gr qiyma

2 ta piyoz

Tuz, murch,zira

Oʻsimlik yogʻi

3 ta pomidor

2 ta piyoz

Idishga suv, tuz, tuxum solib aralashturib un solib oʻrtacha yumshoqlikdagi hamir qorib tindirshga olib qoʻyamiz.

Nachinkasi uchun mayda toʻgʻralgan piyoz, qiyma, tuz, murch, zira oʻsimlik yogʻi solib aralashtib chetga olib qoʻyamiz.

Tovaga yogʻ solib toʻgʻralgan piyoz solib tilla rang boʻlgunicha qovurib olamiz. Mayda toʻgʻralgan pomidor va tuz solib qovurishda davom etamiz. Biroz qovurilgach suv solib past olovga qaynatishga qoʻyamiz.

Tingan hamirimizni yupqa qilib yoyib tayyorlab olgan nachinkamizni solib videoda koʻrsatilgandek oʻrab olamiz.

Qaynab turgan zirvagimiz ustidan oʻrab olgan honimni joylab ustki qismiga oʻsimlik yogʻi surtib past olovga 35-40 daqiqa dimlap qoʻyamiz.

Oson va mazali honim retsepti tayyor. Retsept yoqqan boʻlsa Nodirangizni duo qilishni unutmang.

Tass_cooking sahifasidan olindi

Kunlik_retseptlar

Report Page