Chaqnash…

Chaqnash…

Namangan FVB Matbuot xizmati
Namanagn FVB Matbuot xizmati

Joriy yilning 12 dekabr kuni soat 03-20da Namangan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limini 101 qisqa raqamiga Namangan tuman G‘ayrat MFY Beruniy ko‘chasi 57-uyda chaqnash oqibatida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi.

Kelib tushgan ma’lumotga asosan  soat 03-24da Namangan shaxar va Namangan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in qutqaruvchilari voqea joyga yetib borgan va soat 03-26da yong‘in joyi o‘rab olingan.

Namangan FVB Matbuot xizmati

Chaqnash oqibatida yashash uyiniing shift va tom qismidan 20 kv.metr joyi hamda qisman uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan va xonadon egasi, turmush o‘rtog‘i, 3 nafar farzandi (2 nafar qiz va 1 nafar o‘g‘il) bolalar kuyib tan jarohati olgan.

Sodir bo‘lgan yong‘in Namangan shaxar va Namangan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limini yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan soat 03-34da o‘chirilgan.

Namangan FVB Matbuot xizmati

Chaqnash sababi; yashash xonadoniga tortib kelingan gaz trubasini jo‘mragi nosozligi sababli sizib chiqqan tabiiy gaz xonaga to‘planishi hamda uy egasining turmush o‘rtog‘i gaz hidini sezmagan holda elektr chirog‘ini yoqishi oqibatida sodir bo‘lgan.

Namangan FVB Matbuot xizmati

Hozirda sodir bo‘lgan chaqnash yuzasidan tegrovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Namangan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi OGOHLANTIRADI!!!

        Kuz-qish mavsumida davomida yashash xonadonlari va Halq xo‘jaligi maskanlarini isitish maqsadida nostardart qo‘lda yasalgan gaz, elektr isitish anjomlaridan foydalanman;

- ishlab turgan isitish anjomlarini qarovsiz qoldirmang;

- yashash xonadoningiz yerto‘lasida tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanmang;

-isitish pechini nosoz xoldagi dudburonlaridan foydalanmang(maxsus korxona mutuxassislari tomonidan tozalating);

-gaz ta’minoti tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanmang va gaz isitish pechiga rezina shlanglar ulab foydalanmang;

HURMATLI HAMYURTLAR yuqorida ko‘rastib o‘tilgan qoidalarga rioya qilish bilan birga o‘z uyingiz va oila a’zolaringni YONG‘IN, CHAQNASH, IS GAZIDAN ZAHARLANISH va boshqa FAVQULODDA VAZIYATLARDAN EHTIYOT QILING!!!

Namangan FVB Matbuot xizmati.

 




Report Page