🎉 «Zikr va duolar» ilovasi boʻyicha chaqiriqqa marhamat!

🎉 «Zikr va duolar» ilovasi boʻyicha chaqiriqqa marhamat!

Hilol dasturlari

Tonggi va kechki zikrlarni kunlik vird(vazifa)ga aylantirib olish maqsadida «Zikr va duolar» ilovasi boʻyicha chaqiriq eʼlon qilamiz.

Chaqiriq davomida har kuni ertalab va kechqurun ushbu ilovadagi tonggi va kechki zikrlarni toʻliq aytish kerak boʻladi. Toʻliq aytilganini tekshirish uchun «Siz tonggi zikrlarni tugatdingiz» yoki «Siz kechki zikrlarni tugatdingiz» yozuvi chiqqan skrinshot izohlarga yuboriladi.

Bundan tashqari hafta davomida ilovaning funksiyalari, ilovaga bildirilgan fikrlar hamda ilovaning targʻiboti sahifamizda eʼlon qilib boriladi.

✅ Chaqiriqda ishtirok etish uchun «Zikr va duolar» ilovasidagi tonggi va kechki zikrlarni har kuni aytib borishingiz kifoya.

📆 Chaqirigʻimiz 10-iyuldan 16-iyulgacha davom etadi.

🎁 Bir hafta davomida ilovamizdan eng koʻp foydalangan va eng koʻp yaqiniga ulashgan 10 tadan foydalanuvchiga shayx hazratlarining elektron kitoblari bir donadan hadya qilinadi.

Ilovadan qancha foydalanganingizni hisoblash uchun Action Dash (Android uchun) yoki Screen Time (iOS uchun) kabi ilovalarni oʻrnatib olishingiz kerak boʻladi.

🟢 Ushbu chaqiriq koʻpchilikka yetib borishi uchun yaqinlaringizga ulashing.

@hiloldasturlari

Report Page