Chalalik...

Chalalik...

Eldorbek Yo'lchiyev

Ertalabdan bitta o‘ylantiradigan fikr:

Bamdodni Guliston shahrida o‘qidim. Onamlar qo‘yarda qo‘ymay va dadam buyrug‘i bilan bitta men umuman tanimagan amakini ta‘ziyasidan bir kun keyingi ibodat xalqchasiga : "Pataha" ga olib keldilar. Ya‘na qizig‘i u odamni bizga qarindoshligini shajaraviy tushuntirishganda miyam: connecting...Error! bo‘lib qolganiga e‘tibor qaratmoqchi emasman.

Hozir sizga savol beraman va bu savolni ota-onamga bera olmadim, qurbim ham haqqim ham yo‘q edi chunki.

1. O‘lgan odamni uyiga borib tilovat qilish shartmi? Ho‘p eshitishi uchun desak, qabriston 2-3 km narida bo‘lsa.

2. Nega alohida ayollarga eshik yoki yo‘lak qilamiz? Vaholanki xuddi o‘sha ayollar boshqa payt satri avratda yurmaydiku. Va nega yana ayollar ko‘milayotganda faqat mahramlari mayyitni ushlasin yoki qabr ustidagi matoni tort ochilib qolmasin deb "donolar" baqiradi. Aslida bular o‘lgandan keyin emas tiriklikda e‘tibor qaratilishi kerakku. Meni asabimni chiqaradigani "donolar":

3. Nega umuman ilmsiz odamlar shunaqa paytda aqllilik qilib jilovni olgisi keladi. Vaholanki undan ming chandon taqvodor yoki ilmsiz odam borku o‘sha joyda va paytda.

4. Nega janoza bo‘lgan xonadonni sharoitini inobatga olmay o‘sha "hassakash", "shep" lar tanqid, savol, buyruq yomg'irlarini yog'diradi. Vaholanki ahl oilasi qayg'uda bo'ladiku.

5. Nega hamma kelib bu musibat deb ketadi. Bu aslida mo'minga ne'matku.

6. Olovda kuygan, qorni og'rib o'lgan va hokazolarni eshitsak "Ha, jazosini bu dunyoda olibdi" yoki "Shunga yarasha gunoh qilganda" deymiz. Vaholanki! Rasululloh alayhissalom 7 toifa shahidni sanaganda ushbularni zikr qilganku. (Abu Dovud 2704. Misr Fatvo hay'ati fatvosi ham dalilku: 14.11.2019).

Ushbu savollarni bekorga bermadim 21 yoshga to'lib rivojlangan va Islom Svilizatsiyasi Markazi deb olqishlangan Poytaxt va unga yondosh xududlarda ko'rganlarimga tayanib yozdim bularni.

Jamiyatimiz o'ta parodaksal.

Xatto rahbariyat ham.

Islom Svilizatsiyasi Markazi deb nom berib, binolar, masjidlar qurib tashlashadi ammo "suffacation" (bo'g'ish) avjida. Tushundinglarku a? Va madrasalarga esa e‘tibor juda past. Ishoninglar juda past! Chunki asli musulmon jamiyatni aksari shunday.


Men sekulyar yo konservativ yo allambalo liberal ham emasman. Men islomchiman. Aslida ozgina liberal va ozgina konservator shaxs ekanim rost. Ammo 20 yoshimda tavba qilgandim.


Insonlar biz qandaydir chala jamiyatmiz. Chala islomchilar, chala liberallar, chala konservatorlar. Chunki jadidchilik ham chala qoldi.

G'arb chalalikni kechirmadi va kechirmaydi. Shunga ham rivojlanishdi. Masalan: LGBTQ+ ni avvalo yoqlab chiqqan jamiyat (aslida 70 % ga yaqini qarshi chiqqan. Namoyish uyushtirgandi)

hozir qarasa chala aholi paydo bo'lishi va chala mafkura xato ekanini anglab yetmoqda.


Barcha paradoksal fikr va illatlarimiz hayotga bog'lanmaganimizda. Bu uzuqlik esa chalalikni bolalatadi.


Vatslav Gavel aytgan: Real hayotga bog'lanmagan tezisga bog'lanadi.

Men Qur'onni tafakkur qilib o'qiyman demayman ammo shuni anglab yetyapmanki Qur'onni hammasi bu hayot, hayot bo'lganda ham real hayot!

Tezis bu illatlar va chala fikrlar. G'arb ko'p jabhada Qur'onga nochala amal qilgani uchun Gegemon va Super Power bo'ldi (Imperalizm, ekspluatatsiyalarni hisobga olish ham kerak tabiiy).

Xitog va AQSh o'rtasidagi ziddiyat haqida ModernDiplomacy sayti maqolasi.

Rossiya yoki Xitoy ham borku: xato. Rossiyada antimigratsiya kayfiyati va islomofobiya avjida. Isbot rus yoshlarini 78 foizi agnost yoki ateist. Xitoy desa ko'nglim ayniydi. Globalizm davrida Gegemonlikka da'vogar bu davlatni Iqtisodiy o'sishiga nima sabab bo'ldi:

1. AQSh kiritgan invistitsiyalar.

2. Aholi.

Bu esa "oniy kayf" beradi xolos. SSSR ga kelgan AQShlik iqtisodchi SSSR iqtisodiy o'sishini ko'rib bu tizimni sevib qolgandi. Va shu iqtisodchini yurtiga havas qilib 20 yil o'tgach Brejnev "Ular kommunizm qurib bo'lishibdi-ku "degandi.

Na Xitoy va na Rossiya Islomga zig'ircha amal qildi, illo "O'qi" degan buyruqni o'rnak qilib olishdi. Rossiya Islomga parda ortida qarshi kurashsa(Islomni Kadirovchilar kabi "jasurlar" ta'siri bilan, Islomofobiani yoyish bilan) Xitoy ochiqchasiga qilyapti (Sharqiy Turkiston).

Moskvada 4 ta masjid bor...


Pekinda esa Moskvadagi masjidlardan ko'p masjid bor yana biz Putin akani musulmon bo'lishini orzu qilamiz. Qur'onni ushab bir og'iz gapirganini trend qilamiz.

Pekinda 200 000 musulmon va 72 ta masjid bor ekan. Birgina Pekinda. Toshkentda 3 million aholi bor nechta masjid bor?


G'arb ham dushman...Ammo u darajada emas.

G'arb Peshqadamlikni hech kimga berib qo'ymaydi agar Qur'onni yanada mahkam ushlagan iymonsiz yoki iymonli qavm kelmaguncha.


G'arbni dushmanligini tiyib turuvchi va muvofiqlashtiruvchi richag bu erkinlik. Umuman olganda erkinlik Islomni gullatdi va erkinlikni Islom mukammal ta'minlab berdi. G'arb va AQSh ham erkinlikni targ'ib qiladi.


Qur'onni yuziga amal qilgani uchun oldinda bo'lganlarda iymon yo'q endi iymonlilar shunday yo'l tutsa nima bo'lar ekan?

Qur'onga to'lig'icha kirsak g'alaba bizda.


{ یَـٰۤأَیُّهَا ٱلَّذِینَ ءَامَنُوا۟ ٱدۡخُلُوا۟ فِی ٱلسِّلۡمِ كَاۤفَّةࣰ وَلَا تَتَّبِعُوا۟ خُطُوَ ٰ⁠تِ ٱلشَّیۡطَـٰنِۚ إِنَّهُۥ لَكُمۡ عَدُوࣱّ مُّبِینࣱ }

Surah Al-Baqarah: 208

Chalalikdan saqlanish kerak...


Fikr cho‘zilib ketgan bo‘lsa uzr.

Report Page