ChO‘MILISh QOIDALARINI BILASIZMI?

ChO‘MILISh QOIDALARINI BILASIZMI?

☆☆☆F☆☆☆

Yoz mavsumida katta-yu kichik anhor, suv havzalari va ariqlarda cho‘milib, hordiq chiqarishga harakat qiladi. Mana shu holatlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik va belgilanmagan joylarda cho‘milish turli ko‘ngilsiz holatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda uning shahar va tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan cho‘milish bilan bog‘liq favulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, quyosh isitib turgan, ammo oftob urishi xavfi bo‘lmagan vaqtda cho‘milgan ma’qul. Suv harorati kamida 18-19 gradus C, havo harorati esa 20-25 gradus C bo‘lishi kerak. Suvda qancha vaqt bo‘lishligingiz suv va havoning haroratiga, namlik va shamol tezligiga bog‘liq. Suv harorati 18 gradus C bo‘lganda 6-8 daqiqa davomida cho‘milish mumkin. 20 gradus C haroratli suvda 10 -12 daqiqa, 20 gradus C dan yuqori haroratli suvda uzog‘i bilan 15-20 daqiqa cho‘milish tavsiya etiladi. Ko‘karib, qaltirab qolguncha cho‘milish organizmda salbiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Sovuq qotish natijasida tomirlar tortishishi, nafas to‘xtab qolishi yoki hushdan ketish kabi holatlar ro‘y berishi mumkin.

Agar qo‘l va oyoqlarda tomir tortishishi holati kuzatilsa, vahimaga tushishga hojat yo‘q. Bunday vaziyatda chalqancha yotib suzish zarur. Barmoqlaringiz tortishsa, quyidagi mashqni bajarish zarur: tezda kuch bilan barmoqlarni musht qilib tugish, keyin qo‘l bilan tashqi tomonga keskin harakat bilan mushtni ochish.

Boldir tomiri tortishsa, bukilib, ikkala qo‘l bilan jabrlangan oyoq tovonini ushlab o‘zingizga torting. Son qismida tortishish sezsangiz, oyoqni tashqi tomondan tizza ostidan ushlab, tizzalarni bukkan holda orqaga torting.

Titroqni bosish uchun suvdan chiqib, sohil bo‘ylab tez va qisqa masofaga biroz yugurish, sochiq bilan yaxshilab artinib quyoshda toblanish yaxshi samara beradi. Quyoshda uzoq muddat toblangandan so‘ng, suvga tushish yaramaydi.

Agar doimiy ravishda suzish bilan shug‘ullanib yurmagan bo‘lmangiz, uzoq masofaga suzish tavsiya etilmaydi. Suzish davomida charchab qolishingiz mumkin, shuning uchun suvda qanday "dam olish"ni o‘rganib olish zarur. Buning uchun chalqanchasiga, kaft va oyoqlarni ishlatgan holda kam kuch sarflab suzish mumkin. Shu tariqa kuchingizni tiklab olasiz.

Unutmang! Cho‘milish qoidalariga rioya qilish, belgilanmagan jolylarda cho‘milmaslik va bolalarni qarovsiz qoldirmaslik cho‘kish bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. 



Report Page