“Central Asia – 2024. Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII Xalqaro konferensiyasi ochilish marosimi

“Central Asia – 2024. Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII Xalqaro konferensiyasi ochilish marosimi

https://t.me/natlibuz

 2024-yil 16-may kuni Jizzax viloyati hokimiyati majlislar zalida “Central Asia – 2024. Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII Xalqaro konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Konferensiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev konferensiya ishtirokchilarini qutladi va konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi. Konferensiya mohiyati haqida so‘zlar ekan, uning bugungi kunda kutubxonachilar oldida turgan dolzarb vazifalarni yechishda, soha taraqqiyotiga xissa qo‘shadigan loyihalarni ishlab chiqishda, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda tutgan o‘rnini ta'kidlab o‘tdi.

Shuningdek, ochilish marosimida Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari A.Sapurboev, Rossiya Davlat kutubxonasi Bosh direktori, Yevroosiyo Kutubxonalar Assambleyasi prezidenti, Rossiya kutubxonalari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti V.Duda, Armaniston Milliy kutubxonasi direktori, Yevroosiyo Kutubxonalar Assambleyasi vitse-prezidenti Anna Chulyan, Belarus Milliy kutubxonasi Bosh direktori Vadim Gigin, Qozog‘iston Respublikasi Milliy kutubxonasi Bosh direktori, Qozog‘iston kutubxonalar uyushmasi raisi Bakitjamal Ospanovalar so‘zga chiqib, axborot texnologiyalari rivojlangan hozirgi zamonda kitob, mutolaa, nashriyot va kutubxonalarning o‘rni, uning jahon tamadduniga qo‘shayotgan xissasini e'tirof etdilar.




Report Page