#Captive
- 만월 🍓#EP3
Pov Mila
Sovuq suv ostida sovuq qottim. Ammo negadir turgim kelmasdi. Sovqatsamda suv meni o'ziga tortardi. Yana o'z hayollarim ichiga kirib ketdim. Qanday labim ko'karganiyu , qanday 2 soat o'tib ketganini bilmayman. Lekin boshimni tizzamdan olganimda menga qarab turgan vaxshiyni ko'rdim. Bilmadim nega , lekin uning ko'zida qo'rquv bor edi. Men o'rnimdan turmoqchi bo'ldim , lekin suvda ivib tanamga yanada yopishgan va og'irlashgan ko'ylagim bunga izn bermadi. Boshimdagi og'riq bilan qo'shilib ular meni yiqitti , so'ngi ko'rgan narsam meni ushlab qolgan yashil ko'zli Kim edi..
- Axvoli ancha yahshi. Tezda o'nglanib ketadi. - Yoqimsiz ovozdan uyg'ondim. Menimcha bu shifokor ovozi bo'lsa kerak.
- Ertagacha tuzalishi shart! - Kimning yoqimli , ammo qo'pol ovozidan tanidim. - Ertaga to'y! Men kasalmand qizga uylanibdi degan malomatlarni eshitishni hoxlamayman! - Ha nimani ham kutgandim? U menga havotirli qaraganda yana nimani kutgandim? Hamma boyvachchalar shunaqa..
Eshik yopilib shifokor xonadan chiqib ketdi. Pas Kim! Shifoxonaga olib borsa nima qilardi?
- Nega bunday qilding? - U meni yotog'imga kelarkan.
- Men bilmay qoldim.. - Miyyamga yana jazo olishim mumkinligi keldi. Ahmoqman!
- Mila..men senga bu yerga kelgan kuning nima degandim? Hatti harakatlaringa e'tiborli bo'l. Yo'qsa har safar jazolanasan deganmidim? - Kim yotoqqa ikki qo'lini tirab menga egildi. - Aytganmidim?!
Kimning bir tonga ko'tarilgan ovozidan titrab , arang bosh silkidim.
- Mendan hatto kichkina hatolaring uchun ham shavqat kutma! ..Bugun yengil jazo bo'ladi. Ammo , ammo nikohdan so'ng bunaqa xato qiladigan bo'lsang , meni obro'yimni to'ksang va'da beraman itni kuni boshinga tushadi. - Kim shunday deya men uning gaplarini analiz qilishga ulgurmay ustimdagi ko'rpani tortib oldi.
- Tur! - U buyruq ohangida baqirdi. Men voqealar yanada yomonlashmasligi uchun turdim. - Devorga qara! - Men o'zim devorga qarashga ulgurmay u tirsagimdan siqib devorga qaratib tiradi.
Ustimda bitta ipak ko'ylak , nima bo'lishini kutarkanman , ko'ylagimning tezda ko'tarilgani va to'satdan dumbamga* kelib tushgan zarbadan ingrab yubordim.
Bu nima ekanligini sintez qilmasimdan yana bitta zarba keldi. Lekin bu safar aniqroq va qattiroq.
- Aaa - Jonim shirin , baqirib yubordim.
- O'zingni aybing - Kim yelkamdan qattiq siqdi. Demak u qo'li bilan urmayapti. Ha , albatta , kamar! - Yana bitta zarba.
Xonani har safar kamar kelib dumbamga* urilganida baland ovozlar tutar , bu ovozlar bilan mening qichqiriqlarim Kimga turgan gapki yoqayotgandi. Men buni har safar baqirganimdan so'ng u yelkamni ushlagan qo'li bilan uni silab qo'yishidan payqayotgandim.
Men tishimni tishimga qo'yib yig'lab yubormaslikka harakat qilarkanman , bu narsa menga yoqa boshlaganini sezdim. Tanam lovullab yonar , ammo keyingi zarbadan rohatlanardi. Bilmadim , bu og'rinchi tuyg'u qanday qilib miyamga kirib qoldi?
- Keyingi safar ayash yo'q. - Taehyung keyingi zarbani o'zi qo'li bilan berdi. - Ertagacha biror ishkal chiqarma! - Zo'ravon tez tez yurib xonani tark etdi.
Men holim qolmay yotoqqa o'tirmoqchi edim , ammo keskin og'riqdan sakrab turdim. - Yaramas! Zo'ravon! - Dumbamni silab yig'lamsirab gapirdim..
POV AV.
"Jazodan" so'ng Taehyung uyda xonasi ko'rsatmadi. Mila esa xonasidan chiqmadi. Uyda faqat ertangi kun uchun tayyorgarlik ko'rayotgan hizmatchilar kezib yurishardi.
* Erta tong *
Erta tong pardalar ochilishidan uyg'onib ketgan Mila hizmatchi qizga norozi nigoh tashladi.
- Tezroq tur! Bugun to'ying , seni qarayu! Agar men Janob Tae ga tegsam o'zim bilardim. - yana o'sha asab buzar qiz! Nima dedi? Tae?
- Ol o'sha Taeyingni! ..Men seni o'rningda bo'lganimda tilimni kalta qilgan bo'lardim! - Bilmadim , lekin qayerdandir xonimlik hissi uyg'ondi. U indamadi shunchaki qovog'ini o'yib xonadan chiqib ketti.
- Tavba! Ilon. - Men unga gapirib behostan qo'llarimni ko'zimga olib bordim. Achishib og'ridi..bu kechasi bilan to'y haqida o'ylab yig'lab chiqanimdan bo'lsa kerak..
Mila yotoqdan turib oyna qarshisiga bordi. Ko'zlari qizargan , shishkan. Vanna xonaga kirib yuzini endi yuvib chiqgan edi hamki eshik taqqilladi. Kiring deyishiga ulgurmay bir guruh qizlar kirib kelishdi :
- Annyeong Mila xonim! - ko'rinishidan salonchi qiz Milaga qarab. - Sizni tayyorlashni bizga topshirishdi. Hozirdan ishimizni boshlasak! Biror kamchilik sezsangiz tortinmay aytavering! Ha aytkancha men Dahyun! - Bu yoqimtoy qiz qolganlarga bosh silkib anjomlarini joylashtira boshladi. Men hang-u mang bolib bir chekkada turarkanman , qizlardan biri kelib meni pardozlash stoli oldiga olib kelib o'tqazdi.
Mila hayron-u lol nima bo'layotkanini kuzatar ekan , uning yuziga umrida ishlatib ko'rmagan narsalarini chaplashdi.
- Siz shusiz ham chiroyli ekansiz! - Dahyun Milaning sochini tog'rilar ekan.
- Raxmat..- Milaning ikki yuzi lovullab yona boshladi.
- Yana uyatchang ham! Janob Kim baxtli bo'lsalar kerak-a? - Dahyung kulib qo'ydi.
- Aa...- Mila Dahyunning so'zlaridan o'yga botdi. Nima Taehyung baxtlimi? Unga nima uchun xotin kerak edi? Kuni kelib u Milani sevib qolarmikan?
Mila bular haqida o'ylab boshqa stilistlarga ro'yxushlik bermadi. Ular hatto Milaning tanasiga teginib unga ishlov berishayotkanda ham gapirmadi. Soatlar o'tdi. Oyna qarshisida Kelin ko'ylakda Mila turardi...
- Tayyormisan? - Eshik ochilib Kim kirib keldi. Unga o'girilar ekanman miyamda bo'lmag'ur fikrlar o'ralay boshladi. U juda kelishgan..U bilan baxtli bo'la olamanmi? Qani edi..U bilan boshqa vaziyatda uchrashganimizda edi..
Taehyung xonaga kirib kelarkan huddi farishtani ko'rgandek bo'ldi. U hozirgina sezdi , Mila uning raxmatlik buvisiga o'xshaydi..
- Kimgadir nimanidir churq etsang Mila! - Taehyung Milani qo'lini qattiq siqib.
- Bilaman , jazolaysiz! - Mila ichidagi iliq tuyg'ularni o'ldirgan bu insonga qaragisi kelmay qoldi.
- Aqlli qizaloq , ancha aqling kiribti! Bu uchun nima va'da qilsam ekana? ..- Taehyung o'ylayotkandek qo'lini iyagiga olib bordi. Keyin Milaning qulog'iga yaqinlashib :
- Bugungi kechamizni iliqroq qilishga va'da beraman. - Mila Taehyungga qarab qotib qoldi. Hali to'y boshlanmasidan go'shankaga* kirishni o'ylayapti! U Taehyungga qarab turarkan Taehyung uning bo'yniga egilib , qizil iz qoldirib bo'sa oldi.
U nima qilyapti? Sevgan odam shunday qiladi! U sevmaydiku! Kim Taehyung nimalarni o'ylayapsan? Hayolingda nimalar bor?
Eshik taqqillashidan so'ng Taehyung Milaning qo'lidan tutdi.
Bizga pasga tushib borar ekanmiz hammaning nigohi bizga qaratildi..
#Lika
@dream_fanfic