Cambridge LC'da bepul tahsil oling!
Cambridge LCβ‘οΈ Yoshlari ishlari agentligi va "Kelajak kasblari" loyihasi yoshlarni zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga o'qish xarajatlarini qoplash maqsadida subsidiya ajratadi.
π Shu ajratilayotgan subsidiya orqali siz endilikda Cambridge o'quv markazida ingliz tilini eng yaxshi sharoitlar va kuchli ustozlar qo'l ostida bepul o'rganish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
β Ushbu ta'lim granti doirasida quyidagi toifalarga kiruvchi yoshlar uchun subsidiya ajratiladi:
1. Kam ta'minlangan oila farzandi;
2. Ishsiz yosh;
3. Jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan shaxs;
4. "Mehribonlik uyi", Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan yosh;
5. Temir daftardagi oila farzandlari;
6. Yetim (chin, yarim, ijtimoiy);
7. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan;
8. 1 yoki 2 guruh nogironligi bo'lgan yosh;
9. Muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan yosh;
10. Ayollar daftariga kiritilgan oila farzandi.
π Yuqorida ko'rsatilgan 10 ta toifaga kiruvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar 6 oy davomida Cambridge'da ingliz tili bepul o'qishlari mumkin bo'ladi.
βοΈ Grant uchun ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
β Pastdagi havola orqali ro'yxatdan o'tib, o'z ma'lumotlaringizni qoldirasiz;
β Kelib tushgan arizalar bizning menejerlar tomonidan "Kelajak kasblari" portali talablari bo'yicha saralab olinadi;
β Sizga yo'riqnoma taqdim etiladi va shundan so'ng o'qishni boshlashingiz mumkin bo'ladi.
Ushbu imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Ingliz tili eng yaxshi o'quv markazlaridan birida sifatli tarzda o'rganing va maqsadlaringiz sari yana bir qadam tashlang! π