OSCE Akademiyasi tadqiqot yordamchisi lavozimiga ishga taklif etmoqda; oylik – 700 yevro

OSCE Akademiyasi tadqiqot yordamchisi lavozimiga ishga taklif etmoqda; oylik – 700 yevro


Qayerda: Qirgʻiziston, Bishkek

Kim uchun: Tadqiqotchi, olimlar uchun

Ariza topshirish muhlati: 2021-yilning 11-iyuligacha

Asosiy maʼlumot

Qirgʻiziston poytaxti Bishkekda joylashgan OSCE Akademiyasi qisqa muddatli tadqiqot yordamchisi (Research Assistant) lavozimiga talabgorlarni taklif etmoqda. Tadqiqot yordamchisi “Markaziy Osiyoda inson huquqlari” sohasidagi tadqiqot mashgʻulotlari va akademik tadbirlarda doktor Anja Mihrga koʻmaklashishi kerak boʻladi.

Taklif etilayotgan ish qisqa muddatli hisoblanib, 2021-yilning 15-avgustidan 15-dekabrigacha (4 oy) davom etadi.

Taklif etiladigan imtiyozlar

Ushbu lavozimga qabul qilingan yordamchi quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • 700 yevro oylik maosh toʻlanadi.
  • Ofis, kompyuter va OSCE Akademiyasida mavjud barcha sharoitlardan foydalanish imkoniyati bilan taʼminlanadi.
  • Viza va ish ruxsatini rasmiylashtirishda koʻmak beriladi.

Talablar

Nomzodga quyidagi talablar qoʻyilgan:

  • Huquqshunoslik yoki Ijtimoiy fanlar boʻyicha magistrlik darajasiga ega boʻlgan yosh tadqiqotchi/olim boʻlish. Xalqaro inson huquqlari rejimlari haqida chuqur bilimga ega boʻlish tanlanishga ijobiy taʼsir qiladi.
  • Mustaqil tadqiqot va intervyular olish tajribasiga ega boʻlish.
  • Tadqiqot subyektlari bilan munosabatga kirishish tajribasiga ega boʻlish.
  • Konferensiyalar tashkillashtirishda tajribaga ega boʻlish.
  • Tadqiqot yordamchisi sifatida kamida 1 yillik tajribaga ega boʻlish.
  • Ingliz, rus va Markaziy Osiyo tillaridan birini (oʻzbek, qirgʻiz, tojik yoki turkman tili) aʼlo darajada bilish.
  • Samarali muloqot olib borish koʻnikmalariga ega boʻlish.
  • Markaziy Osiyo boʻylab chekka hududlarga safar qila olish qobiliyati.

Tadqiqot yordamchisi bajarishi kerak boʻlgan vazifalari roʻyxati (key duties and responsibilities) bilan BU YERDA tanishing.

Ariza topshirish jarayoni

Ushbu lavozimga arizalar 2021-yilning 11-iyuligacha qabul qilinadi. Qiziquvchi nomzodlar quyidagi hujjatlarni yuqorida koʻrsatilgan sanagacha vacancies@osce-academy.net elektron manziliga yuborishi lozim:

  • CV. CVʼda nomzodni tavsiya qiluvchi 2 nafar kishining kontakt maʼlumotlari ham boʻlishi kerak.
  • 600 soʻzdan oshmagan biriktirilgan xat (Cover Ltter).

Emailni yuborishda mavzusiga (Subject) “Research Assistant (Professor Mihr)” deb yozish kerak.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin lavozim haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Kanalimizga obuna boʻling: @Grantlar

Report Page