CYBER

CYBER

ISFT

Tadbirda rektor maslahatchisi A. Shodmonov, Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Z.M. Norkuziyeva, institut prorektorlari, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i D. Xamidov, professor-o‘qituvchilar hamda 100 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida “Kiberxavfsizlik markazi” DM yetakchi mutaxassisi Mashhura Raxmanqulova Ruziboyevna tomonidan yoshlar o‘rtasida kibermadaniyatni shakllantirish, kiberjinoyat turlari, raqamli tahdidlardan himoyalanish, shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish hamda internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, fishing, soxta havolalar, internet firibgarligi, moliyaviy aldovlar, bank kartalari va onlayn to‘lov tizimlaridan foydalanishda ehtiyotkorlik choralariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Mutaxassis tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarilib, kiberxavfsizlikka oid amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur davra suhbati talaba-yoshlarning raqamli xavfsizlik bo‘yicha bilimlarini oshirish, internet muhitida uchraydigan xavf-xatarlarning oldini olish hamda axborot xavfsizligiga mas’uliyat bilan yondashish madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi.

Report Page