CURCED FOREST

CURCED FOREST

#M_blogger, Top movies kanali va Hacker_pran

Bu voqea yoz kunlarida bo'lib o'tgan edi.

Maktab tugashi bilanoq men chekka qishloqdagi Ramazon akamnikiga(ammamning o'g'linikiga) bormoqchi edim 

Peshinda yo'lga tushdim.

Yo'lni yarmini avtomobilda bosib o'tdim,

uyog'iga avtomobil bormas edi.

Bizning uyimizdan akamning uyigacha bo'lgan yoʻl juda uzoq edi va yoʻlning axvoli yaxshi emasdi

Ularni uyi qo'shnilarinikidan ancha uzoqda edi.

Men ularni uyiga yaqinlashib qolganimda deyarli qorongʻu tushib boʻlgandi

Akamnimg uyini qidirib oʻrmonda adashib qoldim. Aksiga olib hali akamning uyiga yetib borishimdan oldin uydagilarimga yetib keldim deb xabar yuborgan edim telefonimning quvvati oz qolgan ekan, koʻp oʻtmay oʻchib qoldi, shuning uchun adashib qolganimni ham ayta olmadim

Shunda ammamning boshqa oʻgʻliga koʻzim tushdi. U ammamning katta oʻgʻli edi. Uning ismi Shuhrat edi. Shuhrat akam uzoqdan menga qarab turdida huddiki ortimdan yur deganday men shu vaqtgacha sezmagan yoʻlakdan yurib ketdi, men uni ortidan bordim. Yetib borishim bilonoq Shuhrat akamdan Ramazon akam qayerda ekanini soʻradim. Akam menga narigi xonani koʻrsatib, Ramazon shu yerda dedi. Men Ramazon akam bilan ozroq suhbatlashdim, u negadir oʻziga oʻxshmas edi

CURTED

Men bunga etibor bermadim chunki juda charchagan edim. Hattoki kechki ovqatni yemasdan uxlagani yotdim. Men bilan Ramazon akam bir xonada yotdi

Sababi men begonalarning uyida bir o'zim yotishga oʻrganmaganman. Yotishdan oldin telefonimni quvatlagichga ulab yonimga qoʻyib yotdim va tezda uxlab qoldim

Yarim tunda qoʻngʻiroq ovozidan uygʻonib ketdim, Ramazon akamdan video qongʻiroq bulayotgan ekan. Uyqusirab telefonni kutardim, akam va uyidagilar meni qidirishayotgan ekan, mendan qayerda ekanligimni soʻrashdi, men hali ham gap nimada ekanligini tushunmay turgan edim, akam meni qidira yotgan boʻlsa meni, yonimda yotgan kim???



BU HIKOYANING DAVOMINI QISQA METRAJLI FILIMIMIZDA KOʻRASIZ (INSHAALLOH)

Loyiha muallifi: Top movies kanali

Montaj ustasi: #M_blogger

Hamkorimiz: Hacker_pran

https://www.youtube.com/channel/UC_mu0KLzUabfm0X7dsA5Wmg
https://www.youtube.com/channel/UC9OR1qM4JGfl27kl_ES4HAA
Ramon


Report Page