CSS bilan FizzBuzz
BrogrammistEng mashxur intervyu savollaridan biri bo'lgan FizzBuzz masalasini deyarli hammamiz har xil dasturlash tillarida ishlab ko'rganmiz. Keling o'sha tillar qatoriga CSS'ni ham qo'shamiz.
Disclaimer: Qila olasiz degani, qilishingiz kerak degani emas!
Kecha Slack'dagi muhokamada intervyu savollari mavzusi ochilib qoldi. Jiddiy gaplar tugagandan so'ng muhokama ancha hazilomus tus oldi.
Implement FizzBuzz in CSS
Shu masala taklif qilinishi bilan, menda uni yechish uchun qandaydir kutilmagan istak paydo bo'ldi. Deamk, masala sharti bunday:
"1 dan 100 gacha sonlarni ekranga chiqaruvchi dastur tuzing. Agar son 3 ga karrali bo'lsa Fizz, 5 ga karrali bo'lsa Buzz yozilsin. Agar son ham 3 ga, ham 5 ga karrali bo'lsa FizzBuzz yozilsin."
<ol> elementi sonlarni chiqarish uchun eng to'g'ri tanlov bo'lib ko'rindi. :befrore ichida esa "Fizz" yozish kerak edi:
li:nth-child(3n):before {
content: 'Fizz';
}
Va "Buzz"ni ham:
li:nth-child(5n):after {
content: 'Buzz';
}
Keyin esa o'sha elementlarda sonlarni ko'rsatmaslik kerak:
li:nth-child(3n),
li:nth-child(5n) {
list-style: none;
}
Natija esa bunday bo'ldi:

Maqola Trys Mudford blogidan tarjima qilindi.
Original maqola linki: https://www.trysmudford.com/blog/fizzbuzz-in-css/