CRM NIMA? MIJOZLAR BILAN ISHLASHNING QULAY USULI HAQIDA

CRM NIMA? MIJOZLAR BILAN ISHLASHNING QULAY USULI HAQIDA

ABC MARKETING | OSON MARKETING

CRM – bu (ingliz tilida Customer relationship management) bu kompyuter dasturi bo’lib, o’zbek tilida mijozlarni boshqarish ma’nosini beradi. U mijozlaringiz bilan kechgan suhbatlarni yozib boradi.

Customer relationship management

Odamlar CRM nima ekanligini tushuntirganda odatda kontaktlarni boshqarish, sotuvni boshqarish, agentlarning samaradorligi va boshqa biznes jarayonlarni tartiblashni nazarda tutadilar. CRMning maqsadlari oddiy: biznesingizni rivojlantirish uchun mijozlar bilan aloqalarni yaxshilash, ular bilan doimiy aloqada bo’lishga, jarayonlarni sodda va tez kechishiga yordam berish.

Customer relationship management

CRM nima uchun va kimga kerak?

Hozirgi kunda CRM tizimi har bir ishni yurg’izishda qo’llanilyapti:

➖ savdo;

➖ mijozlarga xizmat ko’rsatish;

➖ biznesni rivojlantirish;

➖ ishga qabul qilish (HR);

➖ marketing va boshqa biznes yo’nalishlarida.

amocrm.ru saytidan

CRM – bu shunday vositaki, mijozlar yoki hamkorlar bilan aloqa ma’lumotlarini saqlashga, sotish imkoniyatlarini aniqlashga, xizmat ko’rsatishdagi muammolarni aniqlashga va marketing kampaniyalarini boshqarishga imkon beradi. Dastur ishlab boshlaganda, barcha kontaktlar va aloqa ma’lumotlari, oradagi suhbatlar, kelishuvlar, sotuv samaradorligi va uning natijalari bitta markazda joylashadi, mijozlar bilan har qanday o’zaro aloqalar haqida ma’lumot kerak bo’lsa tez va oson topib ishlatib imkoniyati paydo bo’ladi.

amocrm.ru saytidan

CRM afzalliklari:

  • Bir sistema va bitta ma’lumotlar bazasi bilan baravariga ko’p hodimlarning ishlashi;
  • Barcha kerakli ma’lumotni qidiruv tugmasi bilan topish;
  • Vazifalarni to’g’ri taqsimla olish va yoddan chiqarmslik;
  • Vaqtni qo’g’ozbozlikdan natija keltiradigan ishga sarflash;
  • Sotuv hajmi va kirimlarni doimiy kuzatib nazorat qilish;
  • Hattoki mobil qurilmadan barcha ishni boshqarish imkoniyati.
Customer relationship management

Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish tizimlari sizga chuqur tushunchalar beradi, ularning ehtiyojini qondiradi va ko’proq sotishda yordam beradi. Natijada kompaniya ishlari tartibga kelib daromad ortishi boshlanadi.


Report Page