“CREATIVE KIDS CENTER” NODAVLAT TA’LIM MUASSASASIDA “IXTISOSLASHTIRILGAN FANLAR OLIMPIADASI”
TO‘G‘RISIDA NIZOMI
I. Umumiy qoidalar
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan o‘quvchilarning iqtidorini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ularning qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida o‘tkaziladigan olimpiadalarni tashkil etish va o‘tkazishning umumiy qoidalari tartibini belgilaydi.
II. “Ixtisoslashtirilgan fanlar olimpiadasi”ning maqsad va vazifalari
“Ixtisoslashtirilgan fanlar olimpiadasi”ning maqsadi: Fanlar bo‘yicha iqtidorli, qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilarni aniqlash, ulardagi ijodiy, intellektual qobiliyatlarni ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash va moddiy rag‘batlantirish
“Ixtisoslashtirilgan fanlar olimpiadasi”ning vazifasi:
1) Iqtidorli iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashni takomillashtirish va rivojlantirish, ularni yanada yuqori bosqichlarga ko‘tarish;
2) oʻquvchilarning fanlarni yuqori saviyada va samarali o‘zlashtirishlariga erishish;
3) mustaqil fikrlash, qaror qabul qila olish qobiliyatini rivojlantirish orqali katta hayotga tayyorlab borish;
4) oʻz-oʻzini boshqara olish, taqdiriga daxldorlik va shaxsiy namuna boʻla olish masʼuliyatini shakllantirish;
III. “Ixtisoslashtirilgan fanlar olimpiadasi”ni o‘tkazish muddati va tartibi
1. “Ixtisoslashtirilgan fanlar olimpiadasi” 2024-yil 12-oktyabr kuni o’tkaziladi va ushbu olimpiadadad 3-9 sinflar ishtirok etadi.
• 3-4-sinflar uchun - 12-oktyabr, soat 9:00da;
• 5-6-sinflar uchun – 12-oktyabr, soat 9:00da;
• 7-8-9-sinflar uchun – 12-oktyabr, soat 11:30 da;
1. “Ixtisoslashtirilgan fanlar olimpiadasi” test savollari topshiriqlari og‘zaki va boshqa topshiriqlar hamda ularni baholash mezonlari davlat umumta’lim standartlari talablari asosida yaratilgan, amaldagi o‘quv dasturiga mos kelishi shart.
2. “Ixtisoslashtirilgan fanlar olimpiadasi” test savollari topshiriqlariga quyidagicha talablar qoyiladi.
· savollar va topshiriqlarning DTS va o‘quv dasturiga muvofiqligi;
· savollar va topshiriqlarning fanga kiritilgan so‘nggi yangiliklar asosida tuzilganligi;
· mazmun va mohiyatiga ko‘ra savollar va topshiriqlar xalqaro olimpiada talabiga mos kelishi;
· topshiriqlar mazmun va mantiqan ishtirokchining bilimini, qobiliyatini va ijodiyotini oshirishga qaratilganligi;
· matematika fanidan test savolarida muammoli masalalar va tanqidty fikrlash fanlaridan ham kiritilganligi;
· test savollarida mazmunan va mantiqan murakkablikning ta’minlanganligi.
3. Talabgorlar matematika, ingliz tili va ona tili fanlari dan bir bosqichli imtihon topshirishadi:
4. Nomzodlarga sinf kesimidan kelib chiqib matematika fanidan 30 ta, ingliz tili fanidan 30 ta, ona tili fanidan 30 ta terst savollari beriladi.
5. 1-10-savollar 0,9 ball, 11-20-savollar 1,5 ball, 21-30 savollar 2,6 ballik tizimda baholanadi. (Har bir fan uchun makimal 50ball, umumiy 3 ta fan 150 ball etib belgilanadi)
6. O‘quvchilarga testlarni ishlash uchun 2 soat 30 daqiqa vaqt ajratiladi:
7. “Ixtisoslashtirilgan fanlar olimpiadasi” javoblari varaqasi qalam yoki ruchka bilan belgilanadi.
8. “Ixtisoslashtirilgan fanlar olimpiadasi” tarkibiga kiritilgan fanlar bo‘yicha dasturlariga mos holdagi test variantlari 48 soat oldin ko‘p variantli qilib tuziladi va tashkiliy qo‘mitaga topshiriladi. Tashkiliy qo‘mita mavjud variantlarni sharoitdan kelib chiqqan holda qog‘oz yoki komyuter ko‘rinishda talabgorlar sonidan kelib chiqib tayyorlaydi.
9. Qog‘oz ko‘rinishidagi test variantlarini maxfiyligini ta’minlagan holda ta’lim granti imtihonning tegishli turi boshlanish vaqtiga qadar maxsus seyfda saqlanadi va olimpiadaning tegishli turi boshlanishidan oldin hakamlar Hay’atiga topshiradi. Ushbu test variatlari imtihon boshlangach ishtirokchilar ko‘z olida ochiladi.
10. O‘quvchilarning ishlari EvalBee dasturi asosida tekshiriladi va natijalar 3 soat ichida e’lon qilinadi.
IV. “Ixtisoslashtirilgan fanlar olimpiadasi”ni boshqarish
1. “Ixtisoslashtirilgan fanlar olimpiadasi”ga umumiy rahbarlikni maktabi direktori buyrug‘i bilan tasdiqlangan Tashkiliy qo‘mita amalga oshiradi.
2. Tashkiliy qo‘mitaga maktab direktori raislik qiladi va a’zolari soni 9 kishidan oshmagan holda vakillar kiritiladi.(olimpiadaning holisligini ta'minlash uchun ota-onalardan ham vakillar kiritilishi mumkin)
3.Tashkiliy qo‘mita quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
· “Ixtisoslashtirilgan fanlar olimpiadasi”ni tashkil etilishi, o‘tkazilishini muvofiqlashtirish, boshqarish va nazorat qilish;
· “Ixtisoslashtirilgan fanlar olimpiadasi ishtirokchilarini kutib olish, joylashtirish, zarur hollarda tibbiy xizmat ko‘rsatish va kuzatishni tashkil qilish;
· ni ilmiy-uslubiy jihatdan yuqori saviyada, adolat va oshkoralik mezonlari asosida o‘tkazilishini ta’minlash;
· “Ixtisoslashtirilgan fanlar olimpiadasi” g‘oliblarini e’lon qilishni ta’minlash;
· “Ixtisoslashtirilgan fanlar olimpiadasi”ning o‘tkazilishini ommaviy axborot vositalarida yoritishni tashkil qilish.
V. Hakamlar hay’ati, Adolat komissiyasi komissiyasining vazifalari
1. “Ixtisoslashtirilgan fanlar olimpiadasi”da har bir fan bo‘yicha malakali o‘qituvchilar va tajribali mutaxassislardan iborat bo‘lgan Hakamlar hay’ati tuziladi hamda tarkibiga 5-7 kishi kiritiladi va maktabi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
2. Hakamlar hay’ati quyidagi vazifalarni bajaradi:
· olimpiada ishtirokchilari bajargan test sinovlari, og‘zaki va boshqa ishlarini tekshiradi hamda baholaydi;
· g‘oliblarni aniqlash maqsadida ularning egallagan o‘rinlarini belgilaydi;
· olimpiada yakunlari yuzasidan belgilangan tartibda qaror loyihalarini tayyorlaydi va tasdiqqa taqdim etadi;
· olimpiada topshiriqlarning mazmuni va dastur talablariga mos kelishligi aniqlanadi va yechimini tekshirib chiqadi;
· o‘tkazilgan olimpiada natijalari haqida Tashkiliy qo‘mitaga batafsil hisobot beradi, zarur hujjatlarni taqdim etadi.
3. Hakamlarning qarorlari, qatnashuvchilarning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (pasport) asosida to‘liq va aniq yozilishi shart.
4.Adolat komissiyasi tarkibi 3 kishidan iborat bo‘ladi va ular quyidagi tartibda tuziladi:
bir nafar boshqa maktab o‘qituvchilari, bir nafar ota-onalar va bir nafar maktabining malakali mutaxassisilari;
Adolat komissiyasi ishtirokchilarining shikoyatlarini imtihon natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 1 soat muddat ichida ko‘rib chiqadi va Hakamlar hay’atiga tegishli takliflar kiritadi. Adolat komissiyasi qabul qilgan qaror tegishli ravishda bayon etiladi va unga Adolat komissiyasi, Hakamlar hay’ati a’zolari imzo qo‘yadilar. Adolat komissiyasi ishlarni qayta tekshirish huquqiga ega.
VI. “Ixtisoslashtirilgan fanlar olimpiadasi” g‘oliblarini aniqlash
1.Tashkiliy qo‘mitasi qarori natijalariga asosan;
· olimpiada natijasiga ko‘ra bir xil ball to‘plagan talabgorlar soni belgilangan grant kvotasidan ortib ketgan taqdirda talabgorga quyidagi tartibda ustunlik beriladi:
· nomzodlar to‘g‘ilgan sanasi bo‘yicha saralanib, yoshroq nomzodga ustunlik beriladi.
· talabgorlar bir xil ball to‘plab, yoshlari (to‘g‘ilgan sanasi, oyi va yili) ham bir xil bo‘lsa
· boquvchisi yo‘q yoki boquvchisi nogiron o‘quvchiga ustunlik beriladi.
· yuqoridagi talablardan so‘ng ham tenglik saqlanib qolsa, xay'at a'zolari tomonidan qo‘shimcha topshiriqlar beriladi.
VII. “Ixtisoslashtirilgan fanlar olimpiadasi” g‘oliblarini taqdirlash tartibi
1. G‘oliblar ishtirokchilar, ota-onalar va mehmonlar ishtirokida tantanali ravishda imtihon o‘tkazilgan kunning o‘zida imtihon yakunidan so‘ng 3 soat ichida e’lon qilinadi va har bir sinfdan 1, 2, 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar maxsus sovg‘a va sertifikatlar bilan taqdrlanadi.
VIII. “Ixtisoslashtirilgan fanlar olimpiadasi”moliyaviy ta’minoti
Ta’lim granti imtihonning o‘tkazish xarajatlari “Creative kids Center” xususiy maktabi va homiylar hisobidan qoplanadi.