CLIL metodi tilni o'qitish markaziga emas, muloqot vositasiga aylantiradi.

CLIL metodi tilni o'qitish markaziga emas, muloqot vositasiga aylantiradi.


CLIL (Content and Language Integrated Learning) -bu o‘quvchilar bir vaqtning o'zida fan va ikkinchi tilni o'rganishiga asoslangan yondashuv bo`lib unda bolalar  fizika, matematika, tasviriy san’at, geografiya, tarix kabi fanlarni o’rganish davomida  tegishli lug'at va til ko'nikmalariga ega bo'lishadi. Nemis tilida esa bu yondashuv qisqacha CLILiG deyiladi.

Seminarning 3-4 kunlari CLILiG metodiga bag’ishlandi.  Trener B.Menzlova ishtirokchilarga Gyote institutning vebsahifasida mavjud KinderUni va JuniorUni loyihalarini tanishtirib, u yerda mavzular yuzasidan berilgan didaktik-metodik yo’riqnoma, dars materiallari va tarqatma materiallardan turli sinflarda qanday foydalanish borasida ko’rsatmalar berdi.



Ahamiyatli jihati CLILiG konsepsiyasi yordamida nemis tili darslarida mayiz gazlangan suvga solinsa, cho’kadimi yoki suv yuzasida turib qoladimi? Sharni puflamasdan qanday shishirish mumkin degan turli qiziqarli savollarga javob topishlari va bu jarayonda nemis tilini o'rganishlari mumkin. O’z o’rnida bu yondashuv ularga boshidanoq muloqot qilish qobiliyatini yaxshiroq va erkinroq his qilish imkonini beradi.

KinderUni – Nemis bolalar onlayn universiteti – Gyote institutining 8 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun bepul ta'lim loyihasi. U bolalarga atrofdagi olam hodisalari haqidagi savollarga javob topishda yordam beradi va parallel ravishda ularni xilma-xil o'yinlar yordamida nemis tili bilan tanishtiradi.


JuniorUni – Nemis onlayn yoshlar universiteti – Gyote institutning yoshlar uchun bepul ta’lim loyihasi. U robotexnika, fazogirlik, texnologiyalar, tabiatshunoslik, energiya va barqaror rivojlanish sohalariga oid nihoyatda qiziqarli savollarga javob topish va shu tariqa nemis tilini o’rganish imkoniyatini beradi.


CLILning qanday qiyinchiliklari bor?

 CLIL fanga yo'naltirilganligi sababli, til o'qituvchilari ham darsni samarali tashkillashtirishlari uchun yangi fanlar bo'yicha o'z bilimlarini rivojlantirishlari kerak bo'ladi. Shuningdek, ulardan o'quvchilar dars mazmunini va ma'lumot uzatilayotgan tilni tushunishlarini ta’minlash talab etiladi.

CLIL tamoyillari ya’ni o'quv dasturida tildan foydalanish va kontentni ikkinchi tilda yetkazib berish   an'anaviy til o'rgatish strategiyalaridan farqli o'laroq, aniqlikka emas, ravonlikka asoslangan.


Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇

Telegram |Facebook |Instagram



Report Page