CHIROQCHIDA “VOLKSWAGEN”, “MALIBU” AVTOTRANSPORT VOSITALARI SOLIQ QARZI UCHUN JARIMA MAYDONCHASIGA JOYLASHTIRILDI

CHIROQCHIDA “VOLKSWAGEN”, “MALIBU” AVTOTRANSPORT VOSITALARI SOLIQ QARZI UCHUN JARIMA MAYDONCHASIGA JOYLASHTIRILDI

• 23 мая в 19:00

     Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soliq qarzdorligini majburiy undirish yuzasidan xatlov tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Tadbir boshidan  1774 ta avtotrasport vositalari Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda jarima maydonchalariga joylashtirildi.

Natijada, 3,9 mldr. so‘m soliq qarzdorligining undirilishi ta’minlandi.

Shundan,  46 tasi Chiroqchi tumani hisobiga to‘g‘ri keladi.

Xususan, tumandagi “Abduvayit Berdiyevich” fermer xo‘jaligining 40 mln. so‘m soliq qarzi hisobiga  “Volkswagen” avtotransport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Shuningdek, “Malibu”  avtotransport vositasi ham jarima maydonchasidan joy oldi. Ushbu avtomobil tumandagi  “Dilshod Industries” xususiy korxonasining rahbariga tegishli bo‘lib, 50 mln. so‘m soliq qarzi uchun xatlandi. 

Tumandagi “Yangiobod” xususiy korxonasining 8,5 mln. so‘m soliq qarzi uchun korxona rahbariga tegishli “Malibu” avtotransport vositasi  jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Xatlov tadbirlari viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom etmoqda.

 

Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi

 




Report Page