CHINNI ISHLAB CHIQARISH USKUNALAR LINIYASI

CHINNI ISHLAB CHIQARISH USKUNALAR LINIYASI

PX SERVIS

Tarixga nazar

Oshxona buyumlarini yaratishdagi eng ommabop xomashyodan biri chinni hisoblanadi. Eramizning 7-asrida vujudga kelgan bu material, saroylardagi eng muhim detallardan biriga aylandi.

Albatta, u paytlar Xitoy chinnisini ishlab chiqarish saroy tomonidan o'ta maxfiy sir sifatida saqlangan. Faqatgina 18-asrga kelib, chinni ishlab chiqarish Ovropada ham paydo bo'la boshlagan. Turli xil kimyoviy yutuqlar evaziga qo'lga kiritilgan texnologiya jahon bozori talablariga javob bersada, Xitoy chinnisi asrlar davomida sinalgan sifati sababli, dunyoda yetakchilardan hisoblanadi.

Ishlab chiqarish

Xitoy chinnisini ishlab chiqarish liniyasi sifatli mahsulot chiqarishni kafolatlaydi va mahsulot foydalanuvchining estetik va texnik xohishlariga mos keladi.

Har bir oshxona buyumi 2 martalik termik qayta ishlashdan o'tib, 1600 daraja haroratda ishlov beriladi. Ikki martalik quritish chinni mahsulotning yuzasini silliq qilishni ta'minlaydi. Ushbu uskunalar iloji boricha sifatli chinni mahsulotini tayyorlashga imkon yaratadi.

Chinni buyumga rasmlar 2 usulda solinadi:

1) Glazurostidagi rasm. Bo'yoq glazurlashdan oldin tushiriladi va har qanday tashqi ta'sirdan himoya qilingan.

2) Glazurustidagi rasm. Bo'yoq glazurlashdan keyin, oppoq chinni ustiga tushiriladi.

Bo'yalgandan so'ng mahsulot termik ishlov berilib, bo'yoq glazur bilan kirishib ketishi ta'minlanadi. Bunday rasmlar bir qadar yorqinroq, ixtiyoriy ravishda silliq yoki g'adir-budur bo'lishi mumkin.


Report Page