CHALLENGE SAMARKAND 2026 qanday o‘tdi

CHALLENGE SAMARKAND 2026 qanday o‘tdi


12 va 13 sentyabr kunlari Samarqand to‘rtinchi bor butun dunyodan triatlonchilarni o‘ziga jalb qilgan markazga aylandi. Challenge Samarkand Markaziy Osiyoning qoq markazida 40 dan ortiq mamlakatdan 1400 nafardan ziyod sportchini birlashtirdi.

Musobaqa ortida yuzlab ko‘ngillilar, xavfsizlikni ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan o‘nlab tashkilot va idoralar, World Triathlon Level 1 sertifikatiga ega 60 ga yaqin hakam hamda mahalliy tashkilotchilar jamoasi va O‘zbekiston Triatlon Federatsiyasi turdi.

Dastur

-PRO atletlarning Middle masofasidagi ishtiroki

-Havaskorlarning Sprint va Middle masofalaridagi startlari

-Bolalar va ayollar yugurish musobaqalari

-O‘zbekiston ochiq triatlon chempionati

Masofalar:

Middle: 1,9 km suzish, 88 km velosiped, 21,5 km yugurish

Sprint: 750 m suzish, 19 km velosiped, 5 km yugurish

 PRO g‘oliblari

 Erkaklar:

🥇 Sam Laidlow (Fransiya)

🥈 Emil Holm (Daniya)

🥉 Will Draper (Buyuk Britaniya)

Ayollar:

🥇 Natalie van Coevorden (Avstraliya)

🥈 Daisy Davies (Buyuk Britaniya)

🥉 Sara Pérez Sala (Ispaniya)

Kamran Xodjayevning debyuti 🇺🇿

PRO toifasida Middle masofasida ilk bor Kamran Xodjayev ishtirok etdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining yosh va istiqbolli sportchisi uchun bu mazkur masofadagi ilk start bo‘ldi. Uy sharoitidagi musobaqada Kamran ajoyib natija qayd etdi. Ajoyib boshlanish!

O‘zbekiston triatlon chempionati

Elit, erkaklar

🥇 Kamran Xodjayev

🥈 Muhammad Yusuf Abduxalilov

🥉 Sulton Aliyev

  Elit, ayollar

🥇 Dayana Lukiyenko

🥈 Dilnura Xolniyozova

🥉 Shahribonu Absalimova

Ishtirokchilarning taassurotlari

Sportchilar musobaqaning yuqori darajada tashkil etilgani, Samarqandning barcha go‘zal maskanlarini qamrab olgan noyob yo‘nalish, mehmondo‘stlik va qadimiy shaharning betakror go‘zalligini alohida ta’kidladilar.

Musobaqa eng yuqori saviyada o‘tkazilib, ishtirokchilar va mehmonlar qalbida yorqin taassurot qoldirdi. Ko‘plab sportchilar O‘zbekistonga yana qaytishni rejalashtirmoqda. Samarqand esa 2027 yil 21–22 avgust kunlari Challenge Samarkand ishtirokchilari uchun yana o‘z eshiklarini ochadi. Sizni kutamiz! 🔥

Report Page