CG event

CG event

O'zbekistondagi birinchi kompyuter grafikasiga yo'naltirilgan loyiha

✅ Hafta oxirida bo'lib o'tgan uchrashuv ajoyib muhitda bo'lib o'tdi. Kechasi 23:00ga qaramay mehmonlar uylariga ketishga shoshilishmadi.

Umumiy 6ta mutaxassis tadbirni koʻtarinki kayfiyatda olib borishdi

Suratda Rustam Po'latov. 3D grafikada referenslar bilan ishlash mavzusida chiqish qildilar


Tadbir davomida va o'rtada bo'lib o'tgan kofe breyk vaqtida tajribali ustozlar bilan tanishishdi. O'zlari qiziqtirgan savollariga javob olishga ham ulgurishdi

🔥 Ustozlar Otabek Mahmudov, Sanjar Anvarov va Azamat Qodirovlar o'zaro fikr almashmoqdalar

Rasmda Sanjar Anvarov, Vizualizatsiyada ranglar va yorug'lik psixologiyasi mavzusida chiqish qilmoqdalar

4ta spiker chiqishlaridan so'ng tadbirni yakunlovchi qismi bo'lgan 30daqiqalik musobaqa bo'lib o'tdi. Bu orqali ishtirokchilar orasida 3ta g'olib aniqlab olindi. 

Suratda musobaqa sharhlovchisi sifatida ishtirok etgan 3D Generalist Aruz Arkani

Kelgan mehmonlar bo'lib o'tgan jarayonni o'zgacha hayajon bilan kuzatib turishdi

Ishtirokchilar orasida 3ta g'olib aniqlab olindi. Umumiy 6ta ishtirokchi esa Diplom esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

2- o'rinni egallagan ishtirokchimiz o'z sovg'alarini qabul qilib olmoqdalar

😎 Bundan tashqari tadbirdagi eng yosh mehmonimiz musobaqada ishtirok etib munosib 3-o'rinni egalladilar


Kompyuter grafikasiga oid foydali tadbirga o'z hissamizni qo'shganimizdan mamnunmiz.

Le'ts Animate kompyuter grafikasi maktabi
☎️ 78 140 07 00 | 78 140 07 02


Report Page