🏎️ CEO – kompaniya rulidagi pilot.

🏎️ CEO – kompaniya rulidagi pilot.



 Eng qimmat bolidni qurish, kuchli injenerlar va mexaniklar armiyasini yig‘ish mumkin (ular biznesda kim ekanligini keyingi postlarda yozib chiqamiz). Lekin agar kokpitda pilot yo‘q bo‘lsa – bu mashina emas, bu eksponat bo‘ladi xolos. Bolid o‘zi-o‘zidan harakatlanmaydi.


 🎯 Formula-1da pilot soniyaning ulushida qaror qabul qiladi: xatar qilib "obgon" qilish yoki kutish, trayektoriyani o‘zgartirish yoki chiziqni ushlab turish. Bitta Xato – va Assalom, shag‘al tuzog‘i. 


Barchasini to‘g‘ri qilsa – butun jamoa podiumda turadi.


⚡ Biznesda bu rol CEOga tegishli.


 CEO faqat “raxbar” emas, u – kompaniyaning piloti. Uning mas’uliyati:


- bozorda kompaniya vektorini ushlab turish;


- noaniqlik sharoitida tez qaror qabul qilish;


- strategiya va taktikani uyg‘unlashtirish 


- butun trassani ko‘ra bilish, lekin burilishdagi mayda narsani ham o‘tkazib yubormaslik;


- aksionerlar va investorlar bilan muloqot (CEO ham pilot kabi jamoa egasiga hisobot beradi);


- moliya, marketing, ishlab chiqarish va sotuv uchun javobgar top-menejerlar bilan ishlash.


🧭 Agar biznes egalar kapital bersa, jamoa “bolid-biznes” tayyorlasa, CEO uni trassaga olib chiqadigan odam. Kuchli pilot resurslarni g‘alabaga aylantiradi. Kuchsizi esa – eng ideal mashina ham bo‘lsa, uni zanosga olib chiqadi.


 CEO – bu nomiga ishlatilgan lavozim emas. U – rulda o‘tirib, gazni bosadigan va jamoani xatarlar, inqirozlar va g‘alabalardan olib o‘tuvchi odam. Biznes podiumdami yoki shag‘aldami – bari unga bog‘liq.


 🏎️ Qaysi fazilatlar kuchli CEOni oddiydan ajratadi?


Formula-1da barcha pilotlar mashina haydashni biladi. Lekin chempionlar faqatgina sanoqli. Farq – tajriba bilan o‘rni bosilmaydigan sifatlarda.


📌 Biznesda ham xuddi shunday. CEO kresloda o‘tiradi, lekin faqat kuchli “pilot” kompaniyani olg‘a yetaklaydi.


Kuchli CEO fazilatlari:


1️⃣ Tezkor qaror qabul qilish.


 Trassada kechiksang – avariya. Biznesda – yo‘qotilgan imkoniyat. Kuchli CEO ma’lumotni tez tahlil qiladi va harakat qiladi, uzun-uzun yig‘ilishlarga “chalg‘ib qolmaydi”.


2️⃣ Bosim ostida xam sovuqqon bo‘ladi.


 Gonkada pilot 300 km/soatda, millionlab tomoshabinlar oldida. Biznesda esa – inqiroz, pul oqimining uzilishi, aksionerlar bosimi. CEO boshqaruvni yo‘qotmasligi kerak, hatto eng stress holatlarda ham.


3️⃣ Strategik ko‘z bilan qarash.


 Pilot faqat burilishni emas, keyingi aylanani ham o‘ylaydi. CEO biznesni faqat chorak yoki yil doirasida emas, balki 3–5 yillik manzarada ko‘radi.


4️⃣ Jamoa bilan ishlay olish.


 Formula-1da mexaniklarsiz va muhandislarsiz g‘alaba yo‘q. Biznesda CEO moliya, marketing va ishlab chiqarish rahbarlari bilan ishonch va hamkorlik qurishi kerak.


5️⃣ Egalar va aksionerlar oldida javobgarlik.


 Pilot – jamoa egasi oldida hisobot beradi. CEO – biznes egalari oldida. Kuchli CEO o‘z harakatini tushuntira oladi va ularni maqsadga yetkazishiga ishontira oladi.


💡 Xulosa qilsak:

 Kuchli CEO – bu “yolg‘iz qahramon” emas. U – strateg, lider va pilot. Uning vazifasi – kapital, odamlar va jarayonlarni yagona harakatga aylantirish. Kompaniya chempion bo‘ladimi yoki orqada qoladimi – shu odamga bog‘liq.

Report Page