“CENTRAL – ASIA-2024. Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII Xalqaro konferensiyasi yalpi majlisi bo'lib o'tdi

“CENTRAL – ASIA-2024. Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII Xalqaro konferensiyasi yalpi majlisi bo'lib o'tdi

https://t.me/natlibuz

2023-yil 16–may kuni Jizzax viloyati hokimiyati majlislar zalida “Central Asia – 2024. Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII Xalqaro konferensiyasi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori, Yevroosiyo Kutubxonalar Assambleyasi vitse-prezidenti Umida Teshabayeva raislik qilgan yalpi majlisning 1-qismida Rossiya Davlat kutubxonasi Bosh direktori, Yevroosiyo Kutubxonalar Assambleyasi prezidenti, Rossiya kutubxonalari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Vadim Duda “Rossiya kutubxona tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari”, Armaniston Milliy kutubxonasi direktori, Yevroosiyo Kutubxonalar Assambleyasi vitse-prezidenti Anna Chulyan “Armaniston Milliy kutubxonasiga alohida ta’limga muhtoj boʻlgan tashrif buyuruvchilar uchun xizmatlar: Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO)ning Armaniston Milliy kutubxonasi bilan hamkorligi“, Belarus kutubxonalari assotsiatsiyasi Kengashi raisi, Belarus davlat universiteti asosiy kutubxonasi direktori Vladimir Kulajenko “O‘zgarishlar sharoitida Belarus kutubxonalari Assotsiatsiyasini rivojlantirishning yangi strategiyalari”, Turkiya Milliy kutubxonasi kutubxonalar va nashrlar boshqarmasi Bosh direktor o‘rinbosari Mehmet Demir hamda Turkiya Milliy kutubxonasi axborot tizimlari direksiyasi menejeri Mehmet Laçinkayalar “Turkiya Milliy kutubxonasida axborot texnologiyalari va amalga oshirilgan sun’iy intellekt dasturlari”, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori, Yevroosiyo Kutubxonalar Assambleyasi vitse-prezidenti Umida Teshabayeva “O‘zbekistonda xususiy va mahalla kutubxonalarining ochilish istiqbollari”, Belarus Milliy kutubxonasi Bosh direktori Vadim Gigin “Kutubxona ishida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari”, Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir filiali Davlat jamoat ilmiy-texnik kutubxonasi direktori, tarix fanlari doktori Irina Lizunova “Ijtimoiy media davrida mutolaa: inqiroz yoki renessans”, Qozog‘iston Respublikasi Milliy akademik kutubxonasi rahbar o‘rinbosari Aliya Kojabekova “Qozog‘iston Respublikasi Milliy akademik kutubxonasi – maqsadli guruhlar va mutolaani targ‘ib qiluvchi dasturlar uchun yangi xizmatlar”, Moskva davlat madaniyat instituti rektori Yekaterina Kudrina “Moskva davlat madaniyat instituti hamda O‘zbekiston ta’lim va madaniyat muassasalari bilan kutubxona-axborot ta’limini raqamlashtirish va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari”, Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi I.Gandi nomidagi Markaziy ilmiy kutubxonasi direktori o‘rinbosari v.b. Yodgorbek Berdizoda “Akademik M. S. Andreev jamg‘armasining Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi I. Gandi nomidagi Markaziy ilmiy kutubxonasining shaxsiy to‘plamlari tizimidagi o‘ziga xos xususiyati”, Rossiya Davlat bolalar kutubxonasining fan va ta’lim faoliyati bo‘yicha direktor o’rinbosari Olga Mezenseva “Bolalar kutubxonasida koʻngillilik: tashkilot va loyihalar”, M.I.Rudomino nomidagi Rossiya davlat xorijiy adabiyotlar kutubxonasi Kutubxona ishi bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Mariya Belokolenko “Xalqaro ijodiy tanlovlar - kutubxonalar va hamdoʻstlik kitobxonlari bir maydonda birlashishi” va Rossiya Davlat yoshlar kutubxonasining ilmiy, uslubiy va loyihaviy faoliyati majmuasi rahbari Natalya Tretyakovalar “2024: Yoshlar kutubxonaga nega boradi?” mavzularida o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori Marat Raxmatullayev raisligida o‘tgan yalpi majlisning 2-qismida Rossiya kutubxonalari assotsiatsiyasining xalqaro hamkorlik boʻyicha bo‘limi raisi, V.V. Mayakovskiy nomidagi shahar ommaviy kutubxonasi ilmiy kotibi Svetlana Goroxova “Hamdoʻstlik kutubxonalari mutaxassislari uchun Mayakovskiy kutubxonasi dasturlari “tezkor” kasbiy ta’lim olish vositasi sifatida”, Istambul Rami kutubxonasi direktor o‘rinbosari Aktemur Ramazan “Meros va zamonaviylik o‘rtasidagi ko‘prik: Rami kutubxonasi misolida”, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori Marat Raxmatullayev “Axborot va kutubxona tizimlarida sun’iy intellekt”, Yuta universiteti kutubxonasi kutubxonachisi (AQSh) Anne Hedrich “Amerika kutubxonalari: istiqbollari va yo‘nalishlari hamda Markaziy Osiyo kutubxonalari uchun imkoniyatlar”, Sankt-Peterburg davlat madaniyat instituti Axborot-kutubxona fakulteti dekani Valentina Brejneva “Kutubxonalar uchun kadrlarni samarali tayyorlashda ta’lim tashkilotlarida hususiy sherikchilik”, Rossiya Milliy kutubxonasi Milliy adabiyotlar bo‘limi boshlig‘i Shushana Jabko “Rossiya Milliy kutubxonasi madaniyatlararo muloqot uchun ommaviy intellektual muhit sifatida va Rossiya davlat kutubxonasi Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi bosh mutaxassisi  Yelena Ivanovalar “Rossiya Davlat kutubxonasining virtual o‘qish zallari: imkoniyatlar va afzalliklar” mavzularidagi ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.


Report Page