CBDC — raqamli pullar rivoji

CBDC — raqamli pullar rivoji

HODL

Bitcoin ajoyib, to’g’rimi? Lekin nega undan qahva sotib olish yoki soliq to'lash uchun foydalanilmaydi? Bitcoin va shunga o’xshash boshqa kriptovalyutalar raqamli pul bo'lsa-da, ulardan kundalik valyuta sifatida foydalanish to’g’ri qaror bo’lmaydi chunki kriptovalyuta bozori doimo o’zgaruvchan. Shu o’rinda foydalanuvchilarga fiat pullarning raqamli shakli bo’lgan steyblkoinlar kerak bo’ladi. Ular USDC, USDT yoki markaziy bank raqamli valyutalaridir (CBDC - Central Bank Digital Currency).

Aksariyat mamlakatlar raqamli valyuta g'oyasini o'rganmoqda, boshqalari esa allaqachon ularni sinab ko'rmoqda. Keling CBDC va boshqa steyblkoinlar bilan tanishamiz. 


Markaziy bankning raqamli valyutasi (CBDC) nima?

Markaziy bankning raqamli valyutasi (CBDC) fiat valyutaning raqamli shaklidir. U davlat tomonidan tartibga solingan pul hisoblanadi.

CBDC’ni loyihalash yondashuvi chiqariladigan mamlakatga qarab farq qilishi mumkin. Ba'zi ilovalar, ehtimol, blokcheyn yoki boshqa turdagi taqsimlangan ledjer texnologiyasiga (DLT) asoslangan bo'lishi, boshqalari esa, shunchaki markazlashtirilgan ma'lumotlar bazasiga asoslangan bo'lishi ham mumkin. Blokcheynga asoslangan steyblkoinlar fiat valyutasining raqamli shaklini ifodalash uchun tokendan foydalanadi va ular davlat tomonidan chiqariladi hamda hukumat tomonidan qonuniy to'lov vositasi deb tan olinadi. 

Bitcoin kabi kriptovalyutalar chegarasiz va hech qanday davlat yoki markazlashtirilgan tashkilot tomonidan chiqarilmaydi. Albatta, siz CBDC bilan bemalol transchegaraviy to'lovlarni amalga oshira olasiz. Bu esa davlatlar o’rtasidagi pul tashish xarajatlarini ham kamaytiradi. 

Ko’pgina davlatlarning markaziy banklari shu kabi steyblkoinlar ustida muntazam ishlamoqda. Xususan Xitoy 2014-yildan beri Raqamli Valyuta / Elektron To‘lovlar deb ataluvchi DC/EP nomli loyiha ustida ishlamoqda. Raqamli yuan esa allaqachon turli shaharlarda tarqatilib sinovdan o‘tkazilgan. Yevropa Markaziy banki (ECB) esa 2020-yil oktyabr oyida raqamli yevroni taklif qilgan.

Yurtimizda ham bu borada izlanishlar olib borilmoqda. Oʻzbekiston Markaziy bankining raqamli valyutasi qogʻoz va naqd boʻlmagan summalarga muqobil boʻlgan yangi pul shakli bo’lishini, bu esa elektron shaklda chiqarilgan va maxsus platformada tarqatiladigan qonuniy toʻlov vositasi ekanligini O’zbekiston Markaziy banki e’lon qilgan edi. Uning qachon muomilaga chiqishi haqida aniq ma’lumot mavjud emas.

Shu bilan birga AQSh Federal zaxirasi (FED) ham, AQSh markaziy banki Kongressga potensial markaziy bank raqamli valyutasini (CBDC) qanday ilgari surish bo'yicha tavsiyalar berishni rejalashtirmoqda.

Milliy raqamni valyutani chiqarishga dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlari, jumladan Xitoy, Yaponiya, Niderlandiya, Qozogʻiston va Rossiya tomonidan ham qiziqish bildirilgan.


Markaziy bank raqamli valyutalarining (CBDC) afzalliklari

Siz ilgari kriptovalyutalar bilan bog'liq banklarsiz ishlash tizimi haqida eshitgan bo'lishingiz mumkin. G'oya jozibador bo'lsa-da, CBDC bu maqsadga Bitcoin kabi markazlashtirilmagan kriptovalyutalarga qaraganda tezroq erishishi mumkin. Arzon bank xizmatlari va qulay foydalanish imkoniyati har qanday foydalanuvchini oson jalb qilishi mumkin.

Yana bir afzallik — pul tizimini qayta tiklash mumkin bo'lgan texnologik yutuqlardir. Fiat pullarning ko’p qismi asosan ma'lumotlar bazasidagi raqamlar bo'lsa-da, infratuzilmaning aksariyati juda eskirgan. Shu bilan birga, hozirgi murakkab moliyaviy tizim tufayli pul jo'natish bir necha kun davom etishi ham mumkin.

COVID pandemiyasi paytida markaziy banklar har qachongidan ham tezroq harakat qilishlari kerak ekanligini ko'rsatdi. CBDC markaziy banklar va moliya institutlariga pul-kredit siyosatidagi o'zgarishlarni har qachongidan ham tez amalga oshirish imkonini berishi mumkin. Bu markaziy bank ishini tubdan o'zgartirish imkoniyatini taqdim etadi. Shuningdek, CBDC hukumatlar va markaziy banklar uchun noqonuniy pul aylanmalarini nazorat qilishni ham osonlashtiradi.


USDC/USDT

Ayni vaqtda kriptovalyuta bozorida ko’plab steyblkoinlar mavjud. Ulardan eng ommaboplari USDC va USDT hisoblanadi.

USDC

USD Coin (USDC) — AQSh dollari aktivlari bilan to'liq quvvatlanadigan steyblkoin. USDC tokenlashtirilgan AQSH dollari boʻlib, bitta USDC qiymati 1:1 nisbatda bir AQSh dollari qiymatiga bogʻlangan.

Narx barqarorligiga erishish uchun stabilkoinlar odatda dollar yoki yevro kabi aktivlar bilan ta'minlanadi. USDC AQSh hukumati tomonidan chiqarilmagan yoki qo'llab-quvvatlanmanmaydi. USDC xususiy, Center konsorsiumi tomonidan chiqariladi va uni Markaziy Bankning Digital Currency (CBDC) bilan adashtirib yubormaslik kerak.

USDT

Shu bilan birga, USDT (Tether) ham moliyaviy amaliyotlar uchun Bitcoin blokcheynidan foydalanadigan va fiat valyutalariga, xususan, AQSh dollari, yevro va yapon iyenasiga bog'langan steyblkoindir. USDT ham xususiy, Tether Limited kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Ba'zi ekspertlarning fikricha, Tether o’z xavfsizligini yo'qotishi mumkin. Chunki USDT tokenlari USDC’dan farqli o’laroq xaridorlarning AQSH dollariga emas, balki Tether’ga konvertatsiya qilinadigan boshqa kriptovalyutalar tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Kompaniyaning o'zi hamon mustaqil audit o'tkazish vaqtini kechiktirmoqda. Audit Tether aslida qanday zaxirani boshqarishini ko'rsatishi mumkin. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, kompaniyaning rezerv zaxirasi hozirda chiqarilgan tokenlarning ekvivalent valyutasining yarmidan kamini tashkil etadi. Bu esa Tether kelajagini shubha ostida qoldiradi.


Dunyo moliya tizimi yangi davrga o’tish bosqichida turibdi. Bu borada dunyoning rivojlangan davlatlari izlanishlar va sinovlar o’tkazmoqda. Yuqorida ta’kidlaganimizdek CBDC valyutasining chiqarilishi fuqarolar va davlatlar uchun ko’plab imkoniyatlar eshigini ochadi. Shu bilan birga, CBDC valyutasining muomilaga chiqarilishi pul revolyutsiyasining yangi bosqichga o’tishini ham ko’rsatadi. Nima bo’lgan taqdirda ham, kriptovalyutalarni pul deb qabul qilish xato fikr hisoblanadi. Yagona raqamli pul bu markaziy banklar tomonidan chiqariladigan va tan olinadigan valyuta hisoblanadi. Shu sababli biz steyblkoinlar va boshqa kriptovalyutalarni pul deya olmaymiz. Yuqoridagi ma’lumotlar siz uchun foydali bo’ldi degan umiddamiz. Kelgusida ushbu texnologiyalar haqida yanada foydali ma’lumotlar bilan bo’lishib boramiz.

💎 HODL — Web 3.0 olamini kashf eting!


Report Page