«CAMBRIDGE ASSESSMENT INTERNATIONAL EDUCATION» delegatsiyasi bilan uchrashuv

«CAMBRIDGE ASSESSMENT INTERNATIONAL EDUCATION» delegatsiyasi bilan uchrashuv

www.dtm.uz

2018 yil 15 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimovning «Cambridge  Assessment International Education» delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda «Cambridge Assessment International Education»ning Shimoliy va Markaziy Osiyo mintaqalari bo‘yicha dasturi rahbari janob Stiven King, Qozog‘iston va Malayziya hukumati hamda «Cambridge Assessment International Education»ning ta'lim bo‘yicha maslahatchisi Kristina Rimini xonim ishtirok etdilar. 

M.M.Karimov o‘z chiqishida Davlat test markazi tarixi, uning tarkibiy tuzilmasi, 2018 yilda oliy ta'lim muassasalariga qabul uchun o‘tkaziladigan test sinovlaridagi vazifalari to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Shuningdek, mehmonlarning Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan boshqa turdagi test sinovlari, xususan, Milliy test tizimi doirasida chet tilini bilish darajasini baholashda ingliz, nemis, fransuz, ispan, xitoy, yapon, koreys, arab va boshqa tillar bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlari haqidagi ma'lumotlarga qiziqishlari yuqori bo‘ldi.

Tomonlar hamkorlik imkoniyatlari va test topshiriqlarini tuzishning turli jihatlari, chet tilini bilish darajasini xolisona baholashda yangi imkoniyatlardan qoniqish hosil qildilar.

Uchrashuv ishtirokchilari Davlat test markazi va «Cambridge Assessment International Education» o‘rtasida kelgusida ham har tomonlama hamkorlik qilishga rozilik va bu hamkorliklar test topshiriqlari sifatini ko‘tarish hamda baholash xolisligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

 


 

Report Page